Dastlabki bosqich – tabiiy huquqni qonun darajasiga ko‘tarish (ijo- biy huquq), uni normativ shaklda ifodalash. Tabiiy huquqning o‘zagini inson huquqlari, uning inson va jamiyat tabiatidan kelib chiquvchi ijtimoiy-huquqiy talablari tashkil etadi. Bu talablarni qanoatlantirish uchun davlat ularni qonun yo‘li bilan, normativ darajada tan olishi kerak. Inson huquqlarini qonun dara- jasiga ko‘tarish: a) ularni konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yishni; b) ularni amaldagi qonunchilik hujjatlarida mustahkamlashni nazarda tutadi.
Ikkinchi bosqich – qonunni amalga oshirishning har xil mexanizmlari ishga solinadi. Bu mexanizmlar yordamida qonun qoidalarini subyektiv huquqlar va yuridik majburiyatlarning muayyan mazmuniga o‘tkazish amalga oshiriladi. Bu mexanizmlar rang-barangdir, chunonchi, unga qonunni hukumat, vazirlik- lar, idoralar, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qonun osti normativ hujjatlari- da va mahalliy ahamiyatga molik boshqa normativ hujjatlarda aniqlashtirish; qonun normalarini rasmiy sharhlash, hujjatlar orqali tushuntirish; qonunni qabul qilish, qo‘llash va majburiy ijro etish taomillarini tartibga soluvchi protsessual normalar; huquq normalarini qo‘llashga doir har xil hujjatlar kiradi. Davlat organlarining huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish borasidagi faoliyati ham shu bosqichga kiradi.
Yakunlovchi bosqich – huquqni bevosita amalga oshirishdan iborat. Aynan shu bosqichda huquqlar abstrakt imkoniyatdan real voqelikka aylanadi va bu huquq sohibining xohish-irodasiga ko‘ra yuz beradi, ya’ni huquqning amalga oshish-oshmasligi, agar amalga oshirilsa, bu qachon va qay darajada yuz berishi huquq subyektiga bog‘liq bo‘ladi.
Dunyo davlatlarida huquqni amalga oshirish o‘z xususiyatlariga ega. Masalan, anglo-sakson huquqi mamlakatlarida huquqni amalga oshirish ja- rayoni boshqacha kechadi. Huquqiy talablarni, ya’ni tabiiy huquqni majburiy norma darajasiga ko‘tarish sud tomonidan amalga oshiriladi. Sud muayyan yuridik ishni ko‘rib chiqar ekan, yuzaga kelgan nizoning haqiqiy holatlari, taraflarning da’volarini mufassal tahlil qiladi va ularning o‘zaro huquq va majburiyatlarini aniqlab, janjalni hal qiladi. Ishni hal qilish chog‘ida presedent – o‘xshash ish bo‘yicha ilgari chiqarilgan sud qarori normativ asos sifatida maydonga chiqadi.
Mazkur huquqiy tizimda huquqiy talabni amalga oshirish mexanizmi roman-german huquqiy tizimidagi shunday mexanizmga qaraganda soddaroq, chunki oldindan qonun yo‘li bilan mustahkamlab qo‘yishni taqozo etmaydi. Sudyaning o‘zboshimchaligi xavfini oshirib ko‘rsatish yaramaydi, chunki sud
qarori ustidan yuqori sudga shikoyat berish imkoniyati doimo mavjud bo‘ladi. Masalan, anglo-sakson huquqi vujudga kelgan Angliyada oliy sud instansiyasi vazifasini Angliya Parlamentining yuqori palatasi – Lordlar palatasi bajaradi.
Shunday qilib, huquqni amalga oshirish nimaligini tushunish uchun quyi- dagilarni anglab olish kerak: huquqni tatbiq etishdan amalda subyektiv huquqqa ega bo‘lgan shaxs, ya’ni huquq subyektigina manfaatdordir. Boshqa barcha shaxslar – majburiyat olgan taraf, huquqni qo‘llovchi, qonun chiqaruvchi organ pirovard natijada vakolatli shaxs manfaatlarini ko‘zlab ish ko‘radi. Ko‘rsatilgan shaxslar va organlar faoliyati, bu faoliyatni tartibga soluvchi yuridik norma- lar jamuljam holda huquqni amalga oshirishning murakkab va ko‘p jihatli mexanizmini tashkil etadi. Binobarin, huquqni amalga oshish-oshmasligi masala- sining yechimi bu huquq sohibiga bog‘liq bo‘ladi. Huquqni amalga oshirish mexanizmi faqat uning xohish-irodasiga ko‘ra ishga solinishi mumkin. Mazkur mexanizmning mavjudligi, uning sifatli va samarali ishlashga qodirligi muhim- dir. Subyektiv huquqni himoya qilish mexanizmlari, ya’ni yuridik javobgarlik mexanizmlari huquqni amalga oshirishning tarkibiy qismi hisoblanadi. Himoya qilish jarayonida huquq tiklanadi va yana uni amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Yuridik javobgarlik subyektiv huquqlarni g‘ayriqonuniy tajovuzlardan muhofaza qilishni muayyan darajada ta’minlaydi va shu tariqa ularni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoit yaratadi.
2-§.
Huquqni amalga oshirish usullari va shakllari
Avval ta’kidlanganidek, huquqni amal- ga oshirish murakkab jarayon bo‘lib, ma’lum muddat mobaynida bosqichma-bosqich amal- ga oshiriladi. Bu jarayonda subyektiv huquq
va majburiyat sohiblari bo‘lgan shaxslar bilan bir qatorda, davlat ham o‘zining huquq ijod qiluvchi, huquqni ijro etuvchi, huquqni qo‘llovchi organlari orqali ishtirok etadi. Huquqni amalga oshirish jarayoni huquqni hayotga joriy etish usullari va shakllarining uyg‘unligidir. Ma’lumki, huquq normalari – bu gi- poteza, dispozitsiya va sanksiyalarning birligi hisoblanib, uning mazmuni amalga oshirishning ikki darajasi yoki usulini talab etadi: birinchisi, normal tatbiq etish – huquqiy xatti-harakatda dispozitsiyani ro‘yobga chiqarish; ik- kinchisi, huquqbuzarga, davlat hokimiyati tomonidan majburiy xulq-atvor chorasini qo‘llash orqali sanksiyani tatbiq etish.
Huquqni ijobiy, risoladagidek amalga oshirish usullaridan biri – huquqiy xatti-harakat hisoblanadi. Bu huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining huquq normalariga mos keladigan, yuridik oqibatlarni keltirib chiqaradigan, ijtimoiy foydali ahamiyatga ega bo‘lgan, ongli ravishdagi xulq-atvoridir.
Normativ-huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilgan qoidalarni qo‘llanish darajasiga ko‘ra, huquqni amalga oshirishning to‘rt xil shakli farqlanadi:
huquqiy munosabatlar ishtirokchilari uchun umumiy vazifalar va prin- siplar o‘z ifodasini topgan qonunlarning muqaddimalarida ko‘zda tutilgan ta- lablarni ro‘yobga chiqarish;
huquq subyektlarining huquqiy maqomi hamda vakolatlari doirasini o‘rnatuvchi umumiy normalarni tatbiq etish;
muayyan huquqiy munosabatlarga tegishli bo‘lgan huquqiy normalarni joriy etish;
huquq normasini vakolatli davlat organlari tomonidan hokimona tarzda qo‘llash.
Huquqni amalga oshirish huquqiy munosabatlar subyektlari doirasiga ko‘ra ham tasniflanadi. Huquqni amalga oshirishda ishtirokchilarning juda ko‘p guruhi qamrab olinadi. Huquqni amalga oshirish subyektlariga ko‘ra, individual va jamoa tomonidan huquqni tatbiq etish farqlanadi. Huquq normalarining ishtirokchilar xulq-atvorida mujassamlanishi uchun davlat organlari, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning muayyan darajadagi amaliy faoliyati talab qili- nadi. Huquq normalari kishilarning muayyan munosabatlariga nisbatan tatbiq qilinadi va shunga ko‘ra muayyan huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi yoki to‘xtashi sodir bo‘ladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublika- sida huquqni amalga oshirishda O‘zbekiston xalqi, milliy davlat tuzilishi bilan bog‘liq munosabatlarda – millatlar va elatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat organlari, O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari, jamoat tashkilotlari, mansabdor shaxslar, fuqarolar ishtirok etadi. Huquqiy tartibga solish pirovard natijada ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilarining huquqda o‘z ifodasini topgan talablar va imkoniyatlar mujassamlashuvchi xulq-atvorida namoyon bo‘ladi. Huquqni amalga oshiruvchi subyektlar faoliyati xususiyatiga ko‘ra, huquqni amalga oshirishning uch xil shaklini ko‘rsatish mumkin – huquq normasiga rioya qilish, huquq normasini bajarish va huquq normasidan foydalanish:
Do'stlaringiz bilan baham: |