Birinchidan, ayrim normalarni amalga oshirish mexanizmida davlatning ishtiroki nazarda tutiladi. Bu, avvalo, moddiy ne’matlarni davlat tomonidan taqsimlash nazarda tutilgan normalardir. Masalan, pensiya huquqini amal- ga oshirish ijtimoiy ta’minot organi komissiyasining ayrim fuqaroga pensiya tayinlash to‘g‘risidagi qarorini zarur element sifatida o‘z ichiga oladi. Davlat yer fondidan yer uchastkasi ajratish tegishli davlat organining alohida hokimi- yat qarorini talab qiladi. Shu tartibda, ya’ni alohida hokimiyat qarori chiqarish yo‘li bilan fuqarolar va tashkilotlarga foydalanish uchun davlat mulkiga kiruv- chi yer uchastkalari ajratiladi.
24–18-8
Ikkinchidan, davlat apparati doirasida davlat organlari va mansabdor shaxslari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar asosan hokimiyat va bo‘ysunish xususi- yatiga ega bo‘ladi. Mazkur huquqiy munosabatlar zaruriy element sifatida ho- kimiyat qarorlarini, ya’ni huquqni qo‘llash hujjatlarini (masalan, Prezidentning vazirni lavozimdan olish to‘g‘risidagi farmonini) o‘z ichiga oladi.
Uchinchidan, huquq normasi huquq to‘g‘risida nizo chiqqan hollarda qo‘llaniladi. Agar taraflar o‘zaro huquqlari va majburiyatlari xususida bir to‘xtamga kela olmasalar, ular nizoni hal qilishni so‘rab vakolatli davlat or- ganiga murojaat etadilar (masalan, tashkilotlar o‘rtasidagi nizolarni xo‘jalik sudlari ko‘rib chiqadi).
To‘rtinchidan, huquqni qo‘llash sodir etilgan huquqbuzarlik uchun yuridik javobgarlik chorasini aniqlash, shuningdek tarbiyaviy, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash uchun zarur bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib, huquqni qo‘llash – vakolatli organlar va shaxslarning
yuridik ish bo‘yicha yuridik faktlar va muayyan huquqiy normalar asosida alo- hida qarorni tayyorlash va qabul qilish borasidagi hokimiyat mazmuniga ega bo‘lgan faoliyatidir.
O‘z ahamiyatiga ko‘ra huquqni qo‘llash huquqiy tartibga solishning huquq ijodkorligi- dan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi muhim institutdir. Qonunda belgilangan maxsus tarzda chiqariladigan qarorlar yuridik norma-
larni hayotga tatbiq etishni ta’minlovchi, ularni o‘z hukmi bilan mustahkamlov- chi yuridik kuchga ega va xulq-atvorning qonuniy vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Huquqni qo‘llash quyidagi xususiyat va belgilarga ega:
davlat hokimiyatini amalga oshirish vakolati berilgan organlar yoki mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi;
individual xususiyatga ega bo‘ladi;
muayyan huquqiy oqibatlar – subyektiv huquqlar, majburiyatlar, javob- garlikni keltirib chiqaradi;
maxsus belgilangan protsessual shakllarda amalga oshiriladi;
yuridik ahamiyatli alohida qaror chiqarish yo‘li bilan yakunlanadi.
Huquqni qo‘llash huquqni amalga oshirishning bosh funksiyasi – huquqiy tartibga solish jarayonida davlat majburlovidan foydalangan holda yuridik ta’minlash faoliyatining zarurligini ifodalaydi. Huquqni qo‘llash bo‘yicha max- sus faoliyatga bo‘lgan ehtiyoj asosan davlat majburlovidan foydalanish zaru- rati bilan belgilanadi. Huquq sohasida davlat majburlovi qonuniylik rejimi sha-
roitida o‘z-o‘zidan amalga kiritilmaydi. Huquq normalari davlat majburlovini qo‘llash imkoniyatinigina nazarda tutadi. Amalda u vakolatli organlar tomoni- dan qo‘llanilishi lozim. Bu organlar davlat majburlov choralaridan foydalanishning qonuniyligi, o‘rinliligi va maqsadga muvofiqligini tekshirishlari, zarur hollarda qonunda nazarda tutilgan doirada ularni muayyanlashtirishlari, ularni qo‘llash tartibini belgilashlari, ya’ni individual-huquqiy tartibga solishni amalga oshirishlari shart.
Shuningdek, huquqni qo‘llash huquqiy tartibga solish jarayonida (qat’iy qonuniylik sharoitida) davlat majburlovini amalga oshirishning birdan-bir yo‘li hisoblanadi. Bu huquqni amalga oshirishning huquqni qo‘llash amal qiladigan barcha shakllariga – foydalanish, rioya etish va bajarishga taalluqlidir.
Huquqiy tartibga solishni ta’minlovchi faoliyatni va shu munosabat bi- lan davlat majburlovining qo‘llanilishini belgilovchi haqiqiy holatlar qatoriga, odatda, quyidagilar kiradi: a) subyektiv huquqni amalga oshirishga monelik qi- luvchi holatlarning mavjudligi, yuridik majburiyatlarni bajarmaslik; b) yuridik javobgarlikka tortishni talab qiluvchi huquqbuzarlik sodir etilishi.
Hokimiyatning qonunchilik va ijro tarmoqlariga mansub organlari yozil- gan huquq normalariga asosan ish ko‘rishlari lozim. Huquqni qo‘llash – huquq ijodkorligi yoki ma’muriy organlarning davlat-hokimiyat vakolatlariga asoslan- gan yuridik normalarni hayotga tatbiq etish borasidagi harakatlaridir. Bu yer- da huquqiy tizimlarning o‘ziga xosligiga qarab muhim xususiyatlar mavjud bo‘lsa-da (avvalo, anglo-sakson guruhiga kiruvchi umumiy presedent huquqi tizimlari to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda), biroq huquqni qo‘llovchi organ yozilgan huquqning davlat tomonidan belgilangan yoki qabul qilingan (tasdiqlangan) amaldagi yuridik normalari bilan ish ko‘radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |