«Sharhlash» – lotincha «interpretation» iborasidan olingan bo‘lib, uni keng va tor ma’noda talqin etish mumkin. Sharhlashni keng ma’noda tushunishda, tabiiy yoki ijtimoiy hodisalarni tushuntirishga qaratilgan har qanday bilish jarayoni nazarda tutiladi. Tor ma’noda esa – so‘zlar, iboralar, formula va ramzlarni, ya’ni tabiiy yoki sun’iy til belgilarini aniqlashtirishni anglatadi. Ijti- moiy fanlarda «sharhlash» atamasi – «talqin qilish», «izohlash», «tushuntirish» kabi so‘zlarning sinonimi tarzida qo‘llaniladi.
Huquqni sharhlash tushunchasi adabiyotlarda turlicha talqin etiladi. Ba’zi bir mualliflar, huquqni sharhlash deganda – faqat huquq normasi mazmuni- ni aniqlab olishni tushunsalar, boshqalar esa, huquqiy norma mazmunini tu- shuntirishni sharhlash deb hisoblaydilar. Uchinchi yondashuv tarafdorlarining fikricha, huquqni sharhlash – huquq mazmunini ham aniqlash, ham tushun- tirib berishdan iborat. Huquqni sharhlash tushunchasini idrok etishda dastlabki ikki yondashuvda bir tomonlamalikka yo‘l qo‘yiladi. Aslida, sharhlash – huquq mazmunini aniqlash va uni tushuntirib berishdan iborat murakkab ijodiy ja- rayon bo‘lib, har ikki jihatning yagonaligida namoyon bo‘ladi.
Huquqni sharhlashning mazkur jihatlari quyidagicha ta’riflanadi:
Huquqning ma’nosini aniqlash va tushunish, ya’ni shaxsning huquq nor- masini anglash va o‘rganish jarayonidir. Bunda shaxs huquq haqidagi dastlabki tasavvurga ega bo‘ladi, u haqidagi mavjud ma’lumotlarni o‘zlashtiradi.
Huquq normasining mazmunini tushuntirib berish – vakolatli davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning normativ-huquqiy hujjatlarda mujassamlangan davlat irodasini huquqiy munosabatlarning boshqa ishtirokchi- lariga bayon etish va tushuntirishga qaratilgan maxsus faoliyatidir.
«Sharhlash – tushuntirish» faoliyati sharhlovchi shaxs «o‘zi uchun» huquq mazmunini aniqlab olganidan so‘nggina amalga oshirilishi mumkin. Tushuntirish, birinchidan izohlashning aqliy jarayoni sifatida, ikkinchidan, hujjatni (qaror, yo‘riqnoma va h.k.) tahlil etish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Tushuntirishning maqsadi – sharhlanayotgan normalarning mazmunini yoritish, huquq talabla- rini aniqlantirish yo‘li bilan ularning mazmunini og‘zaki yoki yozma talqin etishdan iborat. Biroq, huquqiy normani sharhlashni faqat tushuntirish faoliyati bilan cheklansa, sharhlashdagi aqliy fikrlash, mushohada yuritish, tafakkur qilish jarayoni chetda qolib ketadi. Demak, sharhlash uchun mutasaddi subyekt avval o‘zi huquqiy norma ma’nosini anglab olishi, keyin boshqalarga izohlab berishi lozim bo‘ladi.
Shunday qilib, huquq normalarini sharhlash deganda, davlat organ- lari, mansabdor shaxslar, jamoat tashkilotlari va alohida fuqarolarning huquq normalari mazmunini aniqlashga, ularda ifodalangan davlat hokimiyati irodasi mazmunini tushuntirib berishga qaratilgan maxsus faoliyati tushuniladi. Ayni vaqtda, – bu mushohada, tafakkur qilish jarayonidir.
Sharhlash eng umumiy va mavhum tabiatga ega bo‘lgan huquq norma- larini, jamiyatda vujudga keluvchi alohida munosabatlarga tatbiq etish ehtiyoji tufayli yuzaga keladi. Prof. S.S. Alekseevning fikricha, qonun chiqaruvchi ido- ra normativ ko‘rsatmalarni shakllantirar ekan, kelajakka, ijtimoiy hayotda vu- judga kelishi ehtimol tutiladigan o‘zgarishlarni nazarda tutadi. Shunday qilib, huquq normalarini, ayniqsa, yuksak normativ umumlashganlik darajasi bilan ajralib turuvchi normalarni amalga oshirishda, ularni alohida olingan hodisaga nisbatan qo‘llashda bu normalarni sharhlash zarurati yuzaga keladi. Huquqni sharhlash natijasida uning mazmuni, ijtimoiy vazifasi, amaliy ahamiyati aniqla- nadi, anglab yetiladi va tushuntirib beriladi.
Huquqni sharhlashning maqsadi qonun chiqaruvchi organning huquq normasida mujassamlashgan irodasini, ushbu norma bilan bog‘liq deb hisobla- gan tasavvurlar va tushunchalarni ifodalashdan iborat. Uning asosiy vazifasi qonun chiqaruvchi organ qonunchilik hujjatida bayon etgan qoidaning maz- munini ochib berishdir. Huquqning mazmunini aniqlash sharhlashning maxsus usul va yo‘llarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Qonun va boshqa normativ- huquqiy hujjatlar matnidagi so‘z va iboralarni savodxonlik, mantiqiy va yuri- dik jihatdan talqin etish sharhlovchi subyektdan ijodiy va ilmiy yondashuvni talab qiladi. Huquqni sharhlashning amaliy ahamiyati ko‘proq sud, prokura-
tura, ichki ishlar organlari kabi huquqni qo‘llash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi davlat idoralari uchun muhimroqdir, zero, ular kundalik faoliyatida huquqqa oid masalalar bilan bevosita shug‘ullanadi hamda huquq normalarini to‘g‘ri tatbiq etilishi uchun mas’uldirlar.
Huquqning mazmuni qonun sifatida rasmiylashtirishdan oldin tushunib olinishi; xuddi shuningdek alohida huquq normasining mazmuni, u tatbiq etilishidan oldin aniqlanishi shart1.
2-§.
Huquq normalarini sharhlash usullari
Huquqiy normalarni sharhlash o‘rga- nilayotgan hodisa to‘g‘risida obyektiv va il- miy asoslangan xulosa chiqarishga ko‘mak-
lashadigan, hayot sinovidan o‘tgan usullar orqali amalga oshiriladi. Huquqni sharhlash usullari orqali sharhlovchi subyekt huquq normasi haqida to‘liq tasavvur hosil qiladi va u haqida batafsil ma’lumotlar to‘playdi, huquqiy mu- nosabatlar ishtirokchilariga yetkazadi. Huquqni sharhlash usullarini yaxshi bi- lish huquq normalarining mazmunini to‘g‘ri anglash va tushuntirishga hamda ushbu normalarni kelajakda tatbiq etishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |