Odilqoriyev X. T


X bob. HUQUQNING SHAKLI (MANBAYI)



Download 1,16 Mb.
bet142/370
Sana01.01.2022
Hajmi1,16 Mb.
#297353
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   370
Bog'liq
777 (1)

X bob. HUQUQNING SHAKLI (MANBAYI)



1-§.
Huquq shakli (manbayi) tushunchasi


Demokratiya sharoitida xalqning iroda- si davlat amri darajasiga ko‘tarilishi, umum- majburiy qoidaga aylanishi, belgilangan shaklda o‘rnatilishi va mustahkamlanishi

lozim. Yuridik adabiyotda huquqiy normani o‘rnatish va ifoda etish shakli, odatda, huquqning manbayi eng umumiy ma’noda huquqning ifoda etilish shakli hisoblanadi. Biroq, «huquqning manbayi» va «huquqning shakli» degan iboralarga hamma olimlar ham aynan bir ma’noni beruvchi sinonim so‘zlar deb qaramaydilar.

Bir guruh olimlarning fikricha, huquqning manbayi deganda, huquqning ifodalanish shaklini emas, balki uning vujudga kelishi uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi moddiy manbani, iqtisodiy tuzumni, moddiy ne’matlar ishlab chiqarish usulini tushunish kerak1. Falsafiy ma’noda, gnoseologik nuqtayi nazardan bu fikr to‘g‘ri. Chunki ustqurma hodisalari, mafkuraviy va ma’naviy hayot voqe- liklari pirovardida o‘z ibtidosini, manbayini iqtisodiyotda topadi. Bu xulosani huquqqa nisbatan ham berish mumkin. Biroq, huquqni vujudga keltiruvchi moddiy manba sifatida davlatni, davlat hokimiyatini; uning yuridik manbayi sifatida esa – huquq ijodkorlik faoliyatini, qonunchilik jarayonini tan oluvchi olimlar ham bor2.

Ikkinchi guruh olimlar «huquqning manbayi» va «huquqning shakli» iboralari o‘rtasida hech qanday farq ko‘rmaydilar, ularni aynan bir ma’noda, sinonim sifatida qo‘llayveradilar3. Ayniqsa, huquqning muayyan tarmoqlari bo‘yicha mutaxassislar «huquqning manbayi» degan iborani, hech ikkilanmas- dan, huquqiy qoidalarni bayon etuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni anglatish uchun ishlatadilar.




1 Qarang: Кечекьян С.Ф. О понятии источника права. «Ученые записки МГУ», вып 16, кн.11.

– М., 1946. – 3–4-betlar.



2 Александров Н.Г. Понятие источника права. В кн.: «Учен.зап, ВИЮН, 1946, вып.8, – 49–51-betlar; М.С. Страгович. Теория государства и права, – М., 1940. – 173-bet.

3 Фаткуллин Ф.Н. Проблемы теории государства и права. – Изд. Казан. Ун-та, 1987. – 189–192-betlar.

Uchinchi guruh olimlar esa, «huquqning manbayi» iborasidan to‘la voz kechishni istamaganlari holda, uni ayrim izohlar bilan (masalan, «huquqning yuridik manbayi», maxsus ma’noda tushuniladigan «huquq manbayi» va h.k.) qo‘llashni taklif etadilar1.

Bizga prof. S.L. Zivsning fikri ma’qul. Bunga ko‘ra, masalaning mohiyatini

«huquqiy normaning manbayi»2 degan ibora aniq ifodalaydi. Agar «huquqning manbayi» tushunchasiga berilgan ta’riflarning aksariyatini solishtirib ko‘rilsa, ularda asosan huquqning manbayi – bu huquqiy normalar (qoidalar)ni bayon etuv- chi, ifodalovchi normativ-huquqiy hujjatlardir, degan ma’noni ko‘rish mumkin.

«Huquqning shakli» iborasiga kelsak, bunda shakl falsafiy talqin nuqtayi nazaridan muayyan mazmunning mavjudligini anglatadi va uni ifoda etadi. Huquqning shakli – bu huquqning tom mazmuni tuzilishi, uning mavjudlik usuli, namoyon bo‘lishi, batartibligi va harakatlanishi ifodasidir.

Huquqdagi mazmun va shakl masalasi, shu jumladan, huquq struk- turasi bilan qonunchilik strukturasi o‘rtasidagi munosabat masalasi yuridik adabiyotda ancha keng yoritilgan. Ko‘pchilik mualliflarning fikricha, huquqning mazmunini huquqiy normalar yig‘indisi tashkil etadi. Bu normalarda xalqning umumiy davlat irodasi o‘zining muayyan aniq ifodasini topadi3. Huquqning mazmuni hamisha o‘zi uchun mos va maxsus shaklda obyektivlashtiriladi. Mazkur shakl ma’lum bir real mazmunning tashqi ko‘rinishi bo‘lib, uning mavjudligi, ifoda etilishi va o‘zgarishi usulidir4.

Demak, shuni ta’kidlash joizki, huquq shakli – davlat bilan huquq o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. Unda huquqning tashqi ifodalanishi tushuni- ladi. Huquq manbayi deyilganda, huquq normasining paydo bo‘lishi va amal qilishiga imkon beruvchi zamin (rezervuar) tushuniladi. Taniqli rus huquqshu- nosi G.F. Shershenovich huquq shakli – ma’lum ma’noda huquqni o‘zida aks et- tiruvchi, uning oldingi vaqtda chiqarilgan manbayi, ya’ni asosi deb ta’riflagan. Huquq shaklini tahlil etish davlat irodasini, xalq irodasini qonun dara- jasiga qanday usullar bilan ko‘tarilganligini anglashga ko‘maklashadi. Huquq shakli, davlat irodasining hamma uchun majburiylik usuliga qarab belgilanadi.

Shunga ko‘ra, huquqning to‘rtta tarixiy shakli mavjud: huquqiy odat, yuridik presedent, normativ-huquqiy hujjat va normativ shartnoma.

Shunday qilib, huquqning tashqi ifodalanish shakli bilan manbalari tizimi (moddiy, g‘oyaviy, yuridik) o‘rtasidagi o‘zaro uzviy aloqadorlik muayyan mamlakat huquqiy tizimining xususiyatini ifoda etadi. Ya’ni, ba’zi davlatlarda




1 Шебанов А.Ф. Основы теории государства и права. М., 1960. – 278–279-betlar.

2 Зивс С.Л. Источники права. М., 1981. – 22-bet.

3 Керимов Д.А. Философские проблемы права. – 215-bet.

4 Тюхтин В.С. Отражение, система, кибернетика. – М., 1972. – 190-bet.
normativ-huquqiy hujjatlar huquqning asosiy shakli bo‘lsa, boshqa davlatlarda boshqaruv organlarining berilgan vakolat asosidagi (delegirovannoye) huquq ijodkorligi keng tarqalgan; uchinchi bir mamlakatlarda presedentlar va sud qarorlari; to‘rtinchi toifa davlatlarda – diniy qoidalar (Qur’on, sunna, ijmo, ma- salan, Eron, Saudiya Arabistoni va boshqalar) ustunlik qiladi.


2-§.
Huquqiy odat – huquqning tarixiy manbayi

Ilmiy manbalarni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, huquqiy odat davlatchilik shakl- lanishining ibtidosida ijtimoiy munosabatlarni



tartibga soluvchi huquqiy qoidalarning tarixan birinchi ko‘rinishi bo‘lgan. Odat normalari asosida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish alohida ahamiyat kasb etadi. Odat – doimiy takrorlanishi natijasida kishilar ongida shakllangan xulq-atvor qoidasi. Jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi man- balar tizimida odat va huquqiy odatni farqlash lozim. Kundalik turmushdagi barcha odatiy qoidalar ham huquqiy odat sifatida shakllanavermaydi.

Ma’lumki, ibtidoiy jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda odat normalaridan keng foydalanilgan va davrlar o‘tishi bilan odat o‘z o‘rnini huquqqa bo‘shatib bera boshladi. Bu davrni shartli ravishda uch bosqichga bo‘lish mumkin:




Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish