Odilqoriyev X. T



Download 1,16 Mb.
bet145/370
Sana01.01.2022
Hajmi1,16 Mb.
#297353
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   370
Bog'liq
777 (1)

4-§.

Normativ-huquqiy hujjat


Mamlakatimizda huquqni ifodalashning asosiy shakli – normativ-huquqiy hujjatlardir. Normativ-huquqiy hujjatlar davlat organlari to-

monidan o‘rnatiladigan yoki ma’qullanadigan, majburiy yurish-turish va xulq-atvor mezonlarini belgilaydigan huquqiy hujjatlarning alohida turidir. Odatda, ular va- kolatli organlarning huquq ijodkorligi faoliyatining bevosita mahsuli hisoblanadi.

Normativ-huquqiy hujjat deganda, davlat vakolatli organlarining ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishga qaratilgan umummajburiy tusdagi qoidalarni o‘rnatuvchi, o‘zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi huquq ijodkorlik huj- jati tushuniladi. Huquqning normativ hujjat shakli demokratik huquqiy jamiyat sharoitida mamlakat xo‘jalik, siyosiy, madaniy va ma’naviy hayotiga davlat yo‘li bilan rahbarlik qilishning eng maqbul shaklidir. Normativ-huquqiy hujjatlar o‘zining quyidagi uch xususiyati bilan ijtimoiy normalarning boshqa turlaridan ajralib turadi: 1) normativ-huquqiy hujjatlar vakolatli davlat organlari tomoni- dan yaratilib, barcha uchun umumiy majburiy qoidalarni o‘rnatadi, o‘zgartiradi (takomillashtiradi) yoki bekor qiladi; 2) ularda huquqiy qoidaning mazmuni, ya’ni huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va burchlari ifoda etiladi;



  1. normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlangan qoidalar bajarilmagan yoki buzilgan taqdirda muayyan huquqiy oqibatlar kelib chiqadi, qoida bo‘yicha, davlatning majburlov kuchi ishga solinadi.

Yuridik ustqurma murakkab va serqirra bo‘lganligi sababli normativ- huquqiy hujjatlar turli mezonlar bo‘yicha turkumlanishi (tasnif qilinishi) mum- kin. Bunday mezonlar quyidagilar bo‘lishi mumkin:

    • huquqiy tartibga solish predmeti yoki tartibga solinayotgan ijtimoiy munosabatlarning turi;

    • huquq ijod etuvchi subyekt;

    • huquqiy hujjatning yuridik kuchi;

    • huquqiy hujjat amal qiladigan hudud;

    • huquqiy-normativ hujjatning yuridik nomlanishi.

Normativ-huquqiy hujjatlarni turkumlash usullari, uslublari va yo‘llari ham turlichadir. Turkumlashning juda keng tarqalgan ilmiy usullari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: alifboli-predmetli ko‘rsatkichlar; iyerarxiya- ga (pog‘onali mutanosiblikka) asoslangan turkumlash, u oddiy va o‘nliklar bo‘yicha bo‘linishi mumkin.

Normativ-huquqiy hujjatlar ularni chiqaradigan davlat organlarining mavqei, hujjatlarning yuridik kuchiga ko‘ra quyidagi turkumlarga bo‘linadi:



      • qonunlar (Konstitutsiya va joriy qonunlar);

      • Prezident farmonlari, qaror va farmoyishlari;

      • Hukumat qaror va farmoyishlari;

      • davlat boshqaruv organlarining qaror, buyruq va yo‘riqnomalari;

      • mahalliy vakillik va ijroiya organlarining qarorlari va farmoyishlari. Ushbu turkumlashda keltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarning har bi-

riga alohida-alohida to‘xtalib, ularning xususiyatlari, o‘zaro munosabatlari va farqlarini ko‘rsatib o‘tamiz.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish