Yuridik presedent deb, ma’muriy yoki sud organining muayyan ish bo‘yicha chiqarilgan yozma yoki og‘zaki qarorini, kelgusida xuddi shunga o‘xshash ishlar- ni ko‘rib chiqishda asos sifatida qo‘llanilishiga aytiladi. Yuridik presedent turlari shartli ravishda ma’muriy presedent va sud presedentiga bo‘linadi.
Ma’muriy presedent – ma’muriyatning jamiyatni boshqaruv sohasidagi ayrim ishlar yuzasidan qabul qilgan qarorini, kelgusida xuddi shunga o‘xshash ishga asos sifatida qo‘llashi uchun xizmat qilishi tushuniladi.
Sud presedenti – sud organining biror-bir ish yuzasidan qabul qilgan qarorini, kelgusida xuddi shunga o‘xshash ishga nisbatan namuna tarzida qo‘llashiga aytiladi.
Huquqiy presedent umumiy ma’noda talqin etilsa-da, uning tarkibidagi sud yoki ma’muriy presedentlar bir-biridan keskin farq qiladi. Albatta, huquqning presedent shakli sifatida sud yoki ma’muriy organlar yangi huquqiy normalar
yaratish huquqiga ega bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda huquq o‘zining mu- rakkabligi bilan farq qiladi. Bundan tashqari, bu yerda mansabdor shaxsning suii’stemollik qilishi ehtimoli saqlanib qoladi.
Sud qarorlari presedent sifatida quyidagicha bo‘lishi mumkin: birinchi- si, qonun va odat normalari to‘g‘ri kelmay qolgan taqdirda yangidan huquq normalari yaratiladi, bu inglizlarda original precedent deb nomlanadi, ush- bu presedent normalari ijtimoiy munosabatlardagi yangi holatlarni tartibga soluvchi manba bo‘lib xizmat qiladi. Bunda sudyalar qonunchilikdagi mavjud bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida huquq normasini yaratadilar. Roman-german huquq tizimiga mansub davlatlarda esa, sudyalar huquq ijodkorligi vakolatiga ega bo‘lmay, faqatgina huquqni qo‘llash bilan shug‘ullanadilar; ikkinchisi, original (asl) normalarning ma’nosini tushuntirib beruvchi presedent ingliz tilida declaratoruo precedent deb nomlanib, u mavjud holatlarni tartibga soluvchi, asoslantiruvchi manba bo‘lib, muayyan ish bo‘yicha sudning oldin qabul qilingan hukmiga asoslangan holda boshqa ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun avvalgisini namuna, etalon sifatida qo‘llaydi. Ikkinchi holatda so‘z yangi norma haqida bormoqda. Nima uchun sud qarori presedent sifatida normaga aylanishi mumkin? Chunki, hayotda huquqdan tashqari presedent ham katta rol o‘ynaydi. Haqiqatdan ham, kishilar doimo hayotiy tajribaga asoslanadilar, undan namuna, andaza oladilar.
Sud qarorlari xususiy ishga taalluqli bo‘lib, ikki yoqlama ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin: birinchidan, sud faoliyati natijasida ma’lum bir hodisani hal qilish mumkin; ikkinchidan, bu sud qarori kelgusida bo‘ladigan hodisalarga ham xuddi shu qarorni namuna sifatida ishlatish imkonini beradi. Keyingi holda sud qarori huquq normasi bo‘lib xizmat qiladi, chunki u oldingi qabul qilingan qarorga (presedentga) asoslanadi.
Demak, e’tirof qilinganidek, sud amaliyoti, ya’ni sud presedenti huquq shakli hisoblanadigan mamlakat Angliyadir, shu bois, yuridik presedent bir vaqtda ingliz odat huquqi deb ham nomlanadi. Angliyada to‘plamda yozil- gan sud presedentiga asoslanish xuddi qonun moddasiga asoslangandek yuridik ahamiyatga ega. Bunga o‘xshash holatlarni Yevropa qit’asida uch- ratmaymiz. Masalan, Fransiya huquqshunosligida, fransuz yuristlari sud amaliyotini huquq normasi sifatida hech qachon tan olmagan. Ularning fikricha, sudning obro‘si qanchalik baland, uning qarori qanchalik to‘liq bo‘lmasin, u hech qachon hamma fuqarolar uchun majburiy bo‘lgan qoi- dalarni yarata olmaydi.
Ta’kidlash joizki, roman-german huquq nazariyotchilari huquqning presedent shaklini hech qachon tan olmaganlar, chunki ular sud va ma’muriy organlar huquqni ijod qilishlari emas, balki uni qo‘llash faoliyati bilan shug‘ullanishlari
lozim, deb hisoblaydilar. Anglo-sakson huquqiy tizimiga kiruvchi davlatlarda sudyalar tomonidan shakllantirilgan va sud presedentlarida ifodalangan norma- lar huquqning asosiy manbayi bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |