Odilqoriyev X. T


Mahalliy vakillik va ijroiya organlarining hujjatlari



Download 1,16 Mb.
bet150/370
Sana01.01.2022
Hajmi1,16 Mb.
#297353
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   370
Bog'liq
777 (1)

Mahalliy vakillik va ijroiya organlarining hujjatlari. Mahalliy va- killik va ijroiya organlari Konstitutsiya, qonunlar, farmonlar, hukumat qaror- lari, markaziy davlat boshqaruvi organlarining hujjatlariga muvofiq holda va ularni ijro etish uchun qaror va farmoyishlar qabul qiladilar. Mazkur huquqiy hujjatlar shu davlat organlari hokimiyati ta’sir etadigan hudud doirasida amal qiladi. Ular yuqorida sanalgan hujjatlarga zid bo‘lib chiqsa, tegishli tartibda bekor qilinadi. Xususan, O‘zbekiston Prezidenti Konstitutsiyaga binoan xuddi respublika boshqaruv organlarining hujjatlari singari, hokimlarning qabul qilgan g‘ayriqonuniy hujjatlarini to‘xtatadi va bekor qiladi (93-moddaning 16-bandi).

Yuridik adabiyotda huquqning manbayi sifatida huquqiy odat, sud tajri- basi (sud presedenti), xalqaro shartnomalar ham ko‘rsatiladi. Odatlar faqat davlatning ma’qullashi tufayligina huquqiy odat sifatiga ega bo‘lishi mumkin. Huquqiy odatlar qonun va boshqa normativ huquqiy hujjatlar amal qilmaydigan sharoitlarda qo‘llanilishi mumkin. Sud amaliyoti va tajribasi mavjud qonun- larni takomillashtirishda katta ahamiyatga ega. Xalqaro shartnomalarga kel- ganda, ularning mamlakat ichki huquqiy qoidalaridan ustuvorligi tan olinadi. O‘zbekistonning deyarli barcha qonunlarida basharti xalqaro shartnoma va bitimlarda O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlaridagidan o‘zgacha qoi-






1 O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-yil, 25-son, 569-modda.
dalar belgalangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma va bitim qoidalari qo‘llanilishi belgilab qo‘yilgan.

Shunday qilib, qonun respublika normativ-huquqiy hujjatlari o‘rtasida o‘z yuridik kuchi jihatidan eng ustuvor o‘rinni egallaydi. Shuning uchun ham qo- nun jamiyat huquqiy tizimining o‘zagi sifatida namoyon bo‘ladi.



5-§.
Normativ shartnomalar


Iqtisodiyotda bozor munosabatlari, jamiyatda ijtimoiy sheriklik rivojlanayotgan sharoitda serqirra manfaatlar ko‘lami nafaqat

davlat amri bilan, balki tashkilotlar, fuqarolarning (ular uyushmalarining) nor- mativ mazmundagi shartnomalari qoidalari bilan ham me’yorlanmoqda. Shu bois, ijtimoiy munosabatlarning ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro aloqalarni tartibga soluvchi manba sifatida normativ shartnomalar alohida mavqega ega.

Normativ shartnoma deb ikki yoki undan ortiq subyektlar o‘rtasida tuziladigan, ularning huquq va majburiyatlarini o‘rnatadigan, o‘zgartiradigan va bekor qiladi- gan, og‘zaki yoki yozma shaklda ifodalangan bitimga aytiladi. Normativ shartno- malar huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa manbalardan farqli o‘laroq o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Normativ shartnomalar ikki yoki undan ortiq subyektlar o‘rtasida, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va boshqa muayyan bir sohalarda tuziladi. Normativ mazmundagi shartnomalar quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi: 1) umumiy mazmundagi normani ifodalaydi; 2) shartnoma ixti- yoriy tuziladi; 3) manfaatlar umumiyligiga asoslanadi; 4) tomonlar teng bo‘ladilar;

5) tomonlar shartnomaning barcha jihatlari bo‘yicha umumiy kelishuvga erishadi- lar; 6) aynanlik (ekvivalentlik) va odatda, zarar to‘lov bilan qoplanadi; 7) majburi- yatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun o‘zaro javobgarlik nazarda tutiladi; 8) huquqiy jihatdan ta’minlanadi.

Normativ shartnomalar turli xil mezonlar asosida tasniflanadi. Jumladan, ishtirokchilar soniga ko‘ra oddiy yoki murakkab turlardan iborat bo‘ladi. Oddiy shartnomada ishtirok etuvchi taraflar faqatgina ikki subyektning qatnashuvini talab etadi, xolos. Murakkab shartnomada esa, biror-bir masala yuzasidan ko‘pchilik ishtirokchilarning soni talab etiladi. Masalan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Yevropa Ittifoqi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti kabi tashkilot- larga uyushish murakkab shartnomalar asosida tuzilgan. Shuningdek, shart- nomalar ifodalanish shakliga ko‘ra yozma va og‘zaki bo‘lishi mumkin. Og‘zaki shartnomalar asosan kundalik turmushimizdagi maishiy xizmat sohalarida tez- tez uchrab turadi. Masalan, yo‘lovchi va konduktor o‘rtasidagi o‘zaro munosa- bat yoki kichik hajmdagi oldi-sotdi munosabatlari yuzaga kelgan vaqtda so- tuvchi va xaridor o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar og‘zaki shakldagi shartnoma


asosida amalga oshadi. Jamiyatdagi muhim va rasmiy munosabatlar faqatgina yozma shakldagi shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Davlatlararo shart- nomalarning barchasi yozma shaklda tuziladi.

Shartnomalar tuzilish muddatining davomiyligiga ko‘ra qisqa muddatli va uzoq muddatli shartnomalarga ham bo‘linadi. Oila va nikoh munosabat- larida tuziladigan shartnomalar (nikoh shartnomasi) uzoq muddatli bo‘lib hi- soblanadi. Qisqa muddatli shartnomalar esa muayyan ishni ma’lum bir vaqt ichida amalga oshirish bilan yakunlanadigan hollarda tuziladi.

Dunyo davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar hech bir davlatning qo- nun yoki qonun osti hujjati bilan tartibga solinmaydi. Xalqaro munosabatlarda shartnoma huquq manbayi sifatida maydonga chiqadi. Xalqaro shartnoma – davlatlararo yoki boshqa shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv bo‘lib, xalqaro huquq asosida tuziladi va tartibga solinadi. Xalqaro shartnomlar tuzilgan vaqt- da yoki tan olinganida (ratifikatsiya qilinganida), uning matnida ifodalangan majburiyatlarni taraflar bajarishi shart ekanligi belgilab qo‘yiladi. Ayrim hol- larda davlatlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar amal qilish muddati tugamas- dan ham bekor qilinishi mumkin. Buni xalqaro huquqda denonsatsiya qilish deb nomlanadi. Vena konvensiyasining 2-moddasida xalqaro shartnoma huquqi haqida shunday tushuncha berilgan: «Shartnoma – bu davlatlar o‘rtasidagi kelishuv bo‘lib, yozma ravishdagi xalqaro huquq bilan tartibga solinadi». Masa- lan, 1990-yilgi 12-sentabrda «GFR va GDRni yagona Germaniya davlatiga bir- lashtirish to‘g‘risida» tuzilgan xalqaro shartnoma ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi huquq manbayi sifatida xizmat qilmoqda. GDR bilan GFR davlatlarini birlashtirgan xalqaro shartnoma ularning keyingi harakatlari uchun asosiy huquqiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Xalqaro-huquqiy shartnoma: kelishuv, akt, konvensiya, deklaratsiyalar xalqaro huquqning man- bayi hisoblanib, davlatlarning o‘zaro siyosiy (hamdo‘stlik, o‘zaro yordam, hu- jum qilmaslik, qurolsizlanish to‘g‘risidagi), iqtisodiy (savdo, iqtisodiy yordam ko‘rsatish, qarz berish, kredit berish haqidagi) va boshqa toifa hamkorligini tartibga solishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va maxsus masalalar bo‘yicha bir qancha shartnomalar tuzgan va bu borada 1995-yilda O‘zbekiston Respublikasining «Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilingan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, xalqaro shartnomalarning qoidalari O‘zbekiston qonunlariga nisbatan ustunlikka ega.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish