Vakolat muddatiga ko‘ra: doimiy va vaqtinchalik davlat organlari.
Doimiy organlar – faoliyat muddati cheklanmagan, doimiy faoliyat olib boruvchi davlat organlari. O‘zbekiston Respublikasidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlarni doimiy faoliyat olib boruvchi organlar sifatida ko‘rsatish mumkin. Masalan, prokuratura, ichki ishlar, soliq, bojxona organlari va boshqalar.
Vaqtichalik organlar – jamiyat oldida turgan biron-bir muhim vazifani
muayyan muddat davomida amalga oshiruvchi va mazkur ishlar yakun topi- shi bilan o‘z faoliyatini to‘xtatuvchi organlar hisoblanadi. Masalan, turli xil tabiiy ofatlar yuz berganda yoki ommaviy tartibsizliklar yuzaga kelganda dav- lat tomonidan ushbu xavfni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi yoki
«operativ shtab» tashkil etiladi. Mazkur komissiya yoki operativ shtab yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha muayyan muddat davomida faoliyat yuritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |