Odilqoriyev X. T



Download 1,25 Mb.
bet111/390
Sana22.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#398661
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   390
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

Sud hokimiyati organlari. Mamlakatda sud hokimiyatining butun faoli-

yati va diqqat-e’tibori ijtimoiy adolatni, huquqiy tartibot va qonun ustuvorligini ta’minlashga, fuqarolar hamda yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini muhofaza etishga qaratilgan.



O‘zbekiston Respublikasining 1992-yildagi Konstitutsiyasi hamda 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan O‘zbekiston Respublikasining sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan O‘zbekiston Respub- likasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining xo‘jalik sudidan, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar sudlari, harbiy va xo‘jalik sudlaridan iborat deb belgilandi. Mazkur tizim chorak asrlik mustaqil taraqqiyotimiz mobaynida faoliyat yuritdi, shakllandi va takomillashib bordi.

2000-yil 14-dekabrda «Sudlar to‘g‘risida»gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Bunda sudlarning ixtisoslashtirilishi o‘z qonuniy ifodasini topdi. Ushbu qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining oliy sud tuzilmalarining insti- tutsional qiyofasi saqlangani holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha oliy sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudi, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqaro- lik va jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo va tuman, shahar sudlari, harbiy va xo‘jalik sudlari faoliyat yuritadigan bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasini 2017–2021-yillarda yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilinib2, unda sud tizimini tubdan is- loh etish vazifasi kun tartibiga qo‘yildi. Bundan maqsad sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzar- liklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash.

Ushbu maqsadga erishishni ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzil- masini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tad-






1 Qarang: Xalq so‘zi, 2017-yil 8-dekabr.

2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi farmoni (2017-yil 7-fevral). – T.: «Аdolat», 2017. – 3–9-betlar.
birlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi. Farmonda quyidagilar ta’kidlandi: Sudlar tizimining amaldagi tuzilmasi va shtat birligi xizmat vazifalarini oqilo- na taqsimlash imkonini bermayapti, bu esa ularni zamon talablarini inobatga olgan holda takomillashtirish va maqbullashtirishni talab etadi.

Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarining ishonchli sud himoyasini ta’minlash, ma’muriy sud ish yuritu- vini amalga oshirish bo‘yicha konstitutsiyaviy normani, shuningdek aholining huquqiy madaniyatini oshirish zarurati ma’muriy sudlar tizimini tashkil etishni taqozo etmoqda.

Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudlar faoliyati samaradorligi va nufuzini oshirish, sudlar tuzilmasini hamda sudyalik lavozim- lariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:

1. Sudyalar hamjamiyatining organi hisoblanadigan va O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashadigan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi (keyingi o‘rinlarda – Kengash) tashkil etilsin1.

Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi birlashtirilib, fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil etildi. Shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida»gi Qonun loyihasini tayyorlab, parlamentga kiritilishi belgilandi. Bu Qonun 2017-yil 28-martda qabul qilindi, ya’ni Senat tomonidan ma’qullandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi «Sud- huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish to‘g‘risida»gi va yuqorida qayd etilgan 2017-yil 21-fevraldagi farmonga muvofiq, 2017-yil 28-martda «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilinib, Asosiy qonunning 80, 81, 83, 93, 107, 110, 112-moddalariga tegishli tuzatishlar kiritildi2. Mazkur konstitutsiyaviy tuzatishlarga muvofiq, sud tizimida iqtisodiy va ma’muriy sudlar tuzilishi belgilandi. Konstitutsiya 111-moddasining yangi tahririda Sudyalar oliy kengashining konstitutsiyaviy maqomi aniq mustahkamlab qo‘yildi. U sudyalar hamjamiyatining oliy organi hisoblanadi.



Konstitutsiya 93-moddasi birinchi qismi 14-bandining yangi tahririga muvo- fiq, Prezident Sudyalar oliy kengashining taqdimiga binoan viloyatlar va Toshkent shahar sudyalari raislari va rais o‘rinbosarlarini, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy




1 Хalq so‘zi, 2017-yil 3-fevral.

2 Qarang: Хalq so‘zi, 2017-yil 29-mart.
sudi raisini lavozimga tayinlaydi va ozod qiladi. O‘z navbatida, Kengash Prezident bilan kelishilgan holda harbiy sudlar, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyalarini, tumanlararo, tuman, shahar sudlari raislarini hamda sudyalarini mus- taqil ravishda lavozimga tayinlaydi hamda lavozimdan ozod qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi maj- lisi (2017-yil 28–29-mart) «Sudlar to‘g‘risida»Qonun, Fuqarolik protsessual va Xo‘jalik protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishini ma’qulladi. Bu bilan yangi tuzilayotgan ma’muriy va iqtisodiy sudlar faoli- yatining tegishli huquqiy bazasi yaratildi. Iqtisodiy sudlar tashkil etilishi mu- nosabati bilan «Sudlar to‘g‘risida»gi qonundan xo‘jalik sudlarining faoliyatini tartibga soluvchi normalar chiqarib tashlandi. Okrug harbiy sudlari va Harbiy hay’atlar tugatildi. Oliy sud tuzilmasiga ma’muriy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha hay’atlar kiritildi.

Qonun sudya lavozimiga birinchi marta saylanganda besh yillik muddat- ni, navbatdagi marta saylanganda o‘n yillik muddatni va sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davrini belgilash, ayni bir sudda sudyalik (raislik) lavozimini surunkasiga ikki muddatdan ortiq egallash mumkin emasligini nazarda tutadi.



O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi – barcha normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligini nazorat qiladi. U siyosat va huquq sohalaridagi mutaxassislar orasidan Konstitutsiyaviy sud raisi, rais o‘rinbosari va sudyalaridan, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakilidan iborat tarkibda saylanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organidir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudlari, viloyat, sha- har, tumanlararo, tuman sudlari va harbiy sudlarning faoliyati ustidan nazorat olib boradi. Oliy sud tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat’iy va bajarilishi barcha uchun majburiydir.




Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish