Odilqoriyev X. T


-§. Davlat organi tushunchasi va turlari



Download 1,25 Mb.
bet109/390
Sana22.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#398661
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   390
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

3-§.
Davlat organi tushunchasi va turlari


Davlat mexanizmining dastlabki va eng muhim tarkibiy elementi davlat organidir.

Davlat organi — davlat funksiyala- rini bajarishda qatnashuvchi va buning uchun

tegishli hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan davlat mexanizmining bo‘g‘inidir.

Davlat organlari bevosita davlat funksiyalarini amalga oshirishga qaratil- gan, o‘zaro bog‘liq va nisbiy mustaqil bo‘lgan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sudlov organlari (tashkiliy tuzilmalar)ning hamkorlikda faoliyat yurituvchi yagona tizimidir. Mazkur organlar davlati apparatining bir qismi hisoblanib, davlat funksiyasini amalga oshiruvchi ma’lum davlat hokimiyati vakolatlariga ega bo‘lgan, bajarilishi majburiy huquqiy hujjatlar chiqaradigan, ma’lum tar- tibda tashkil etilgan idoralardir. Davlat organlari tuzilishi jihatidan alohida va mustaqil tashkilot ekanligi, doimiy personallar – davlat xizmatchilarining mavjudligi, faoliyatining moddiy-moliyaviy jihatdan barqaror ta’minlanganligi bilan ajralib turadi.


Davlat organlarining belgilari quyidagilardan iborat:

Operativ boshqaruvda bo‘lgan ommaviy mulkka ega va budjet to- monidan moliyalashtiriladi. Davlat organlari o‘z vakolatini amalga oshirish uchun moddiy mablag‘ bilan ta’minlanadi. Shuningdek, moliyaviy qimmat- liklar, bankdagi hisob raqami, budjet hisobidan moliyalanish manbayiga ega bo‘lishi shular jumlasidandir. Masalan, barcha vazirliklar o‘zining bank- dagi shaxsiy hisob raqamiga ega hamda tegishli davlat xizmatchilariga maosh to‘lash, ularning xizmat faoliyati uchun zarur texnik vositalar va boshqa jihozlar sotib olish uchun davlat budjetidan doimiy ravishda moli- yaviy mablag‘lar ajratiladi.

Davlat nomidan muayyan sohada uning vazifa va funksiyalarini amalga oshiradi. Davlat organlari jamiyat hayotining turli sohalarida faoli- yat yuritadi. Jumladan, davlatdagi huquqiy tartibotni ta’minlash sohasini Ichki ishlar vazirligi, prokuratura organlari amalga oshirsa, davlatning tashqi funk- siyalarini Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, mamlakat mudofaasini esa, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va boshqa organ- lar amalga oshiradi.

Hokimiyat vakolatlariga egaligi. Davlat organlari muayyan hokimiyat vakolatlariga egaligi bilan boshqa davlat muassasalari va tashkilotlaridan farq qiladi. Davlat organlari ishontirish va majburlash usullaridan foydalangan hol- da qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlaydilar. Davlat tashkilotlari va muassasalari esa, bu kabi hokimiyat vakolatlariga ega emas.

Tarkibiy tuzilishga egaligi. Davlat organlari xizmat turlari va tarkibiy

miqdoriga ko‘ra muayyan tuzilishga ega. Masalan, ijro etuvchi hokimiyat or-


ganlari vazirlik va davlat qo‘mitalaridan iborat; vazirlik (qo‘mita) tarkibi esa, bosh boshqarma, boshqarmalar, bo‘lim, bo‘linmalar tarzida tashkil etiladi. Ma- salan, Adliya vazirligida Qonunchilik bosh boshqarmasi, Ichki ishlar vazirligida Tergov bosh boshqarmasi, Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi va boshqa tuzil- malar mavjud.



Hududiy faoliyat miqyosiga egaligi. O‘zbekiston Respublikasi markaziy

davlat organlarining faoliyat ko‘lami butun O‘zbekiston hududini qamrab oladi, mahalliy davlat organlarining faoliyati esa, faqatgina tegishli viloyat, shahar, tuman hududi miqyosida amalga oshiriladi.



Qonun vositasida tashkil etiladi. O‘zbekiston Respublikasida barcha

davlat organlari qonun yo‘li bilan tashkil etiladi va tegishli qonunlarda bel- gilab qo‘yilgan tartib hamda vakolatlar asosida faoliyat yuritadi. O‘zbekiston Respublikasida noqonuniy tashkilotlar tuzish qat’iyan man etiladi. Davlatimiz Asosiy qonunining 57-moddasida quyidagilar ta’kidlangan: Konstitutsiyaviy tu- zumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, respublikaning su- vereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuning- dek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy par- tiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi. Maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish qat’iyan man qilinadi.




Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish