Odilqoriyev X. T



Download 1,25 Mb.
bet110/390
Sana22.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#398661
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   390
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

Davlat organlarining turlari. Davlat organlari xilma-xil bo‘lib, ular

turli vazifa va funksiyalarni amalga oshiradi. Ular faoliyati mazmuni va me- zonlariga ko‘ra turlicha tasniflanadi:



Davlat faoliyatini amalga oshirish shakli bo‘yicha: vakillik, ijroiya, sud organlari va prokuratura organlariga ajratiladi. Davlat organla- rini tasniflashning dastlabki asosi – ularning konstitutsiyaviy bo‘linishidir. Yagona davlat hokimiyati Konstitutsiyada belgilangan xalq hokimiyatchiligi va demokra- tizm prinsiplari asosida tarkibiy-funksional belgiga ko‘ra alohida organlarga bo‘linadi.

Vakillik organlari. O‘zbekiston Respublikasida markaziy va mahalliy va- killik organlari mavjud. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi respublikada qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi davlatning oliy vakillik or- ganidir. Ikki palatali Oliy Majlis (Qonunchilik palatasi va Senat) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq o‘z vakolatiga kiradigan har qan- day masalani o‘z muhokamasiga qabul qilish va hal etish huquqiga ega.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyat va tumanlardagi Xalq deputatlari kengashlari mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari hi- soblanadi.


O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘i va Konstitutsi- yaga va inson huquqlariga rioya etilishining kafili hisoblanadi. U davlat ho- kimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib turadi hamda ularning hamkorligini ta’minlaydi. Prezident O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish choralarini ko‘radi; mamlakat ichkari- sida va xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi; vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini parlament tasdig‘iga kiritadi, Bosh vazirning taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublika- si Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tasdiqlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi; O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi, qonunchilik tashabbusi va veto huquqlaridan foydalanadi; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi; Konstitutsiyaviy sud bilan bamaslahat qabul qilinadigan qaror asosida parlamentni yoki uning palatalaridan birini tarqatib yuborishi mumkin; Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vako- latlarni amalga oshiradi.

Ijroiya organlar. Vazirlar Mahkamasi – iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy

sohalarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga, O‘zbekiston Respublikasining qo- nunlari va Oliy Majlisning hamda uning palatalarining qarorlari ijro etilishini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan farmon, farmoyish va qarorlar bajarilishini ta’minlovchi ijro organi. Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududi- dagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxs- lar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaning 89-moddasi va 93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qaror- lar qabul qilishga, shuningdek Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishla- rini, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli. Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasida Vazirlar Mahkamasining maqomi quyidagicha belgilangan: «O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovlarda eng ko‘p deputatlik o‘rnini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya- lar tomonidan taklif etiladi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etilgan Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqqanidan keyin o‘n kun muddat ichida uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi. Bosh vazir nomzodi uning uchun tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining yarmidan ko‘pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari Bosh vazir taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhoka- masiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi. Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilin- gan hisoblanadi.



Bunday holatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respub- likasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish bo‘yicha qaror qabul qiladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste’foga chiqadi.

Yangi Bosh vazir nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomoni- dan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga ko‘rib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi. Oliy Majlis tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda O‘zbekiston Respub- likasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib yuboradi».

Ijro etuvchi organlar vazirliklar va davlat qo‘mitalaridan, mahalliy dara- jadagi hokimliklardan iborat tarzda tarkib topadi.

Ma’lumki, Asosiy Qonunimizda «Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi» to‘g‘risidagi norma belgilab qo‘yilgan. Uning ijro- sini amalda ta’minlash maqsadida 2017-yil 8-sentabrda Prezident farmoni bilan Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi qabul qilindi.

Konsepsiyaga asosan, davlat boshqaruvi tizimini tubdan isloh qilishning 6 ta ustuvor yo‘nalishi belgilandi va maxsus «yo‘l xaritasi» boyicha 100 dan ortiq ijro hokimiyati organlari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish mo‘ljallangan.


Ma’muriy islohotlarni amalga oshirishdan asosiy maqsad – ixcham va professional ijro organlari tizimini, zamonaviy menejmentga asoslangan boshqaruv tizimini yaratishdan iborat1.


Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish