Prokuratura organlari. O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning
aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo‘sunuvchi prokurorlar barcha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, davlat nazorati idoralari, hokim- lar, shuningdek, kimning tasarrufida bo‘lishidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, muassasalar, harbiy qismlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxs- lar, fuqarolarning qonunlarni aniq va bir xilda ijro etishlari ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev 2017-yilning 7-yan- varida mamlakatimizda prokuratura organlari xodimlari kuni ilk bor bayram
qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasidagi yig‘ilishda shunday dedi: «Prokuratura organlari qonun ustuvorligini ta’minlash, mamlakatda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini muhofaza etish, jinoyatlar va huquq buzilish- larining oldini olish bo‘yicha tizimli ish olib bormoqda... Prokuratura organlari jamiyatda adolatni mustahkamlashda muhim rol o‘ynashlari lozim».
Ta’kidlash muhimki, «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, fuqaro- lar prokuror nazorati obyektlari qatoridan chiqarilgandir. Qonun O‘zbekistonda inson huquqlarini himoyalash va ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligidan kelib chiqadi. Demokratik jamiyatda alohida fuqarolar emas, balki ularning qonuniy huquq va manfaatlari qanday himoya qilinayotganligi prokurorlik nazoratining obyekti hisoblanadi.
Yuqoridan quyiga qarab bo‘ysunuviga (iyerarxiyaga) ko‘ra:
markaziy va mahalliy davlat organlari. O‘zbekiston Respublikasida davlat organlari pog‘onama-pog‘ona bo‘ysunish tamoyili asosida tashkil etilgan bo‘lib, mahalliy organlar markaziy organlarning itoatida bo‘ladi. Markaziy davlat or- ganlari chiqargan normativ-huquqiy hujjatlar mahalliy davlat organlari uchun majburiy xususiyatga ega. Shuningdek, mahalliy davlat organlari tomonidan qabul qilingan huquqiy hujjatlar markaziy davlat organlari tomonidan bekor qilinishi mumkin. Masalan, Vazirlar Mahkamasining barcha qaror va farmoyishlari mamlakatning barcha viloyatlari, Toshkent shahri hokimlari uchun majburiy xususiyat kasb etadi. Viloyatlar, Toshkent shahar hokimining qarori faqatgina u rahbarlik qilayotgan viloyat (shahar) hududida amal qiladi va bu qarorni yuqori turuvchi organ rahbari – Bosh vazir yoki Prezident bekor qilish huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |