Odilqoriyev X. T


-§. Siyosiy tizimning tarkibiy tuzilishi va funksiyalari



Download 1,25 Mb.
bet120/390
Sana22.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#398661
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   390
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

2-§.
Siyosiy tizimning tarkibiy tuzilishi va funksiyalari

Jamiyat siyosiy tizimining ichki tuzi- lishi (strukturasi)ni to‘g‘ri tavsiflash uchun unga kiruvchi qismlarni aniqlab olish me- zonlarini qat’iy belgilash lozim. Bundagi



asosiy talab sistemaga kiruvchi qismlarning ichki batartibligi (tashkiliy mezon) va faoliyatining siyosiy yo‘naltirilganligi (siyosiy mezon) hisobla- nadi. Ushbu talab (mezon)lar siyosiy tashkilotning ijtimoiy vazifasi, maqsa- di, funksiyalari, faoliyatining asosiy sohalari, faoliyat yuritish va tashkiliy prinsiplarini aks ettiruvchi nizom, dastur, ustavlarda normativ tarzda ras- miylashadi.

Faoliyatning siyosiy yo‘naltirilganligini aks ettiruvchi mezon siyosiy sistemaning u yoki bu instituti uchun quyidagicha ahamiyat kasb etadi: birin- chidan, muayyan ijtimoiy birlikning, sinf yoki guruhning siyosiy manfaatlarini ifodalashga qodir bo‘lish; ikkinchidan, siyosiy hayot va siyosiy munosabat- larning ishtirokchisi bo‘lish; uchinchidan, davlat hokimiyatiga bevosita yoki bilvosita aloqador bo‘lish – hokimiyatga egalik qilish, uni shakllantirish yoki undan foydalanish, davlat organlari bilan hamkorlik qilish yoki ularga muxoli- fatda bo‘lish shakllaridan birontasining mavjud bo‘lishi; to‘rtinchidan, o‘z faoli-


yatida mamlakat siyosiy hayotida qaror topgan siyosiy norma yoki qoidalarni qo‘llash1.

Mazkur mezonlarga rioya etgan holda siyosiy sistema subyektlari tan- lab olinadigan bo‘lsa, ular qatoriga davlat, barcha siyosiy partiyalar va ba’zi jamoat birlashmalari (ijtimoiy harakatlar) kiritilishi mumkin. Eng asosiy talab ularning siyosatga daxldorligi, siyosiy manfaat va maqsadlarni ko‘zlashi hamda ularga erishish yo‘lida harakatlana olishidir.

Siyosiy va huquqiy adabiyotlarda siyosiy tizimning tarkibiy tuzilishini tashkil etuvchi elementlar siyosiy hokimiyatni shakllantirish va amalga oshirishdagi o‘rniga qarab quyidagi qismlardan iborat, deb e’tirof etiladi:



tashkiliy jihat davlat, siyosiy partiyalar, ijtimoiy harakatlar, jamoat

birlashmalari, nodavlat tashkilotlar (institutsional element);



me’yoriy jihat huquq, siyosiy norma va an’analar, siyosiy hayot doira- sidagi axloq va madaniyat qoidalari (normativ element);

aloqalar tizimiga oid jihat siyosiy institutlar o‘rtasidagi aloqa bog‘lash vositalari va shakllari: saylovlar, referendumlar, ommaviy muhokamalar, majlislar, davlat va siyosiy partiyalarning aholiga murojaatlari, ommaviy axborot vositalarining faoliyati va boshqalar (kommunikativ elementlar);

mafkuraviy jihat siyosiy ong, jamiyatda hukmron bo‘lgan va uni

yo‘naltiruvchi siyosiy mafkura (g‘oyaviy, mafkuraviy element).

Siyosiy tizimni tashkil etuvchi yuqorida qayd etilgan to‘rtta kichik tizim siyosiy maqsadlarning amalga oshirilishida muayyan vazifalarni bajaradi. Masalan, tashkiliy kichik tizimga kiruvchi davlat va siyosiy partiyalar siyosiy maqsadlarni amalga oshirish uchun tuziladi. Qolgan boshqa kichik tizimlar, jumladan, jamoat birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari esa, siyosiy maqsadlar uchun emas, balki ma’lum guruhlarning madaniy, jismoniy va malaka- viy manfaatlarini qondirishga xizmat qiladi.

Madaniy-mafkuraviy tizimning vazifasi siyosiy partiyalarning muayyan g‘oyalar va qarashlarga tayanishi bilan bog‘liq. Siyosiy partiyalar jamiyat taraqqiyotining yo‘nalishlari, hokimiyat uchun kurash uslublari va konsepsi- yalaridan kelib chiqib, turli g‘oyalarni ilgari surishlari mumkin. Siyosiy partiya- lar mamlakatda amal qilayotgan qonunlar, huquqiy normalarga to‘la-to‘kis rioya qilsalar, jamiyat siyosiy tizimida o‘zlarining munosib o‘rinlariga ega bo‘ladilar, aks holda, ularning faoliyati davlat tomonidan to‘xtatib qo‘yilishi mumkin.

Bugungacha dunyo siyosiy tarixida liberal, konservativ, radikal, mil- liy, sotsialistik va boshqa turdagi mafkuralar ilgari surilganligi ma’lum. De- mokratik davlat ma’lum bir mafkuraviy konsepsiyaga tayansa ham, u yoki






1 Qarang: Общая теория государства и права. Академический курс в 2-х томах. Отв. ред. проф. М.Н. Марченко, Том 1. – М., 1998. – 239–240-betlar.
bu mafkurani davlat mafkurasi sifatida belgilamaydi. Siyosiy me’yor – davlat va siyosiy tuzilmalar darajasida tan olingan siyosiy axloq hisoblanadi. Uning asosiy hujjati konstitutsiya bo‘lib, u jamiyat va davlat hayotining normalarini o‘zida aks ettiradi.

Axborot-kommunikatsiya tizimining o‘rni siyosiy jarayonlarni xalqqa xolisona yetkazish va baholash bilan belgilanadi. Bunda asosiy o‘rinni televi- deniye, gazeta va jurnallardagi siyosiy va huquqiy rukndagi ko‘rsatuv va maqo- lalar egallaydi. Ayniqsa, kompyuter tizimidan axborot olish manbayi yuqori o‘rinda turadi. Chunki, «Internet» tizimi o‘ziga xos ahamiyatga ega.

Siyosiy tizimning yuqorida qayd etilgan kichik tizimlari mustaqil faoliyat ko‘rsatsalarda, ammo bir-birlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Ularning o‘zaro uyg‘un holatdagi faoliyati siyosiy tizim barcha mexanizmlarining normal ish- lashini ta’minlaydi.

Siyosiy tizimni bunday tushunish unga kompleks yondashishni bildira- di. Yuqoridagi talqindan kelib chiqib, siyosiy tizimni quyidagi asosiy tarkibiy qismlarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq:



  1. siyosiy va huquqiy normalar;

  2. siyosiy tuzilmalar (institutlar);

  3. siyosiy faoliyat;

  4. siyosiy ong;

  5. siyosiy madaniyat.


Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish