Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet84/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Siyosiy va huquqiy normalar – Konstitutsiya, kodeks, nizom, partiyaviy hujjatlarda mustahkamlangan qoidalar bo‘lib, ular siyosiy munosabatlarni tartibga solish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Siyosiy tuzilmalar (institutlar) – siyosiy va davlat tashkilotlari, ular o‘rtasidagi munosabatlar, institutlar hamda muassasalar yig‘indisidir. Bu yerda siyosiy faoliyat, harakat va munosabatlarni amalga oshirishning tashkiliy jihati nazarda tutiladi.
Siyosiy faoliyat – jamiyatda siyosiy hokimiyatni amalga oshirish tizimini muhofaza etish, rivojlantirish hamda funksional ta’minlashga qaratilgan faoliyat turidir.
Siyosiy ong – ijtimoiy ongning bir turi bo‘lib, u siyosiy hokimiyatni amalga oshirish mexanizmlarini aks ettiruvchi va kishilarning siyosiy munosabatlar sohasidagi xulq – atvorini yo‘naltiruvchi tafakkurning namoyon bo‘lishidir. Siyosiy ong – siyosiy nazariyalar, dasturlar, ta’limotlar tarzida, shuningdek siyosat haqidagi oddiy insoniy qarashlar, tasavvurlar va an’analar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Siyosiy madaniyat – siyosiy tizim subyektlari bo‘lgan siyosiy partiyalar, birlashmalar va jamoalarning davlat hokimiyatini amalga oshirishda ishtiroki hamda siyosiy munosabatlarni tashkil etish chog‘ida qo‘llaydigan (rioya etadigan) qadriyatlar, siyosiy g‘oyalar, e’tiqod va ramzlar tizimidir. Siyosiy madaniyat muayyan millat yoki ijtimoiy–siyosiy jamoaning siyosat olami, siyosiy jarayonlar amalga oshishining qonun va qoidalari xususidagi tasavvurlari majmui hamdir. B. To‘ychiyevning ta’biricha, siyosiy madaniyat ijtimoiy ong va umumiy madaniyatning siyosiy institutlar hamda siyosiy jarayonlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan qismi va jihatlarini qamrab oladi. Ular, o‘z navbatida, davlat va siyosiy institutlarning shakllanishi, amal qilishiga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Siyosiy madaniyat tarkibiga siyosiy tizim doirasida namoyon bo‘luvchi e’tiqod va fikr yo‘nalishlari ham kiradi11. Boshqa bir olim K.S. Gadjiyevning fikricha, siyosiy madaniyat – siyosiy hamjamiyat subyektlarining ko‘pchiligi tomonidan e’tirof etilgan normativ qadriyatlar tizimidir2.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakat siyosiy tizimining qonuniy asoslarini tashkil etadi. Unda davlat, siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalarining huquqiy maqomi va o‘zaro aloqalari hamda faoliyatining ustuvor tamoyillari belgilangan. Siyosiy tizimning amal qilishi, faoliyat ko‘rsatishi mazkur institut haqidagi konstitutsiyaviy qoidalarning ro‘yobga chiqishi va hayotga tatbiq etilishini anglatadi.
Siyosiy tizimning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:
birinchidan, xalqning siyosiy irodasini aniqlash, ifodalash va amalga
oshirishga ko‘maklashish; ikkinchidan, xalq ommasini jamiyat va davlat oldida turgan vazifalarni
muvaffaqiyatli bajarilishiga safarbar etish; uchinchidan, jamiyatni uyushtirish va boshqarish, jamiyat rivojining qonuniyatlarini aniqlash va ilmiy asoslantirilgan mexanizmlarni yaratish.


Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish