Siyosiy tizim
1-§.tushunchasi va
turlari
|
Erkinlik, shu jumladan, siyosiy erkinlik har qanday jamiyat intiladigan ezgu tilak, oliy qadriyatdir. Ijtimoiy hayotning erkinligi
|
jamiyat siyosiy tizimida demokratik institut-
larning nechog‘lik qaror topganligi va samarali amal qilishi bilan belgilanadi.
Siyosiy tizim jamiyat manfaatlariga, xalq irodasiga qanchalik samarali xizmat qilsa, uning tabiati va mazmuni shunchalik demokratik bo‘ladi. Boshqacha aytganda, siyosiy tizimni muttasil demokratlashtirib borish xalq hokimiyatchiligini real amalga oshirishning strategik yo‘lidir. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov siyosiy tizimni modernizatsiya qilish jamiyatni isloh etish va demokratlashtirishning hozirgi bosqichidagi eng muhim vazifasi ekanligiga alohida urg‘u bergan edi1.
Siyosiy demokratiyani ravnaq toptirish yoki siyosiy tizimni demokratlashtirish jamiyatimiz taraqqiyoti hozirgi bosqichining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Siyosiy hayotni izchil va muntazam erkinlashtirib borish masalasi mamlakat Prezidentining doimiy diqqat markazida turadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev o‘z saylovoldi Dasturida quyidagi muhim fikrni ta’kidlagan edi: «Siyosiy tizimni rivojlantirish sohasidagi ustuvor vazifalarimiz rivojlangan huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, fuqarolarning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, tashabbuslarini amalga oshirish, ularning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ishtirokini kengaytirishdan iborat»2.
Siyosiy tizimni modernizatsiyalash, avvalo, mamlakat siyosiy hayotining barcha jihatlarini erkinlashtirishdan iborat. Erkinlashtirish siyosiy islohotlarning asl negizi sifatida butun siyosiy tizimni qamrab olmoqda. Mamlakatda ro‘y berayotgan siyosiy demokratik jarayonlarni anglab yetish uchun jamiyatimiz siyosiy tizimini ko‘zdan kechirish yetarli bo‘ladi. Shu maqsadda respublikamiz siyosiy tizimi va uning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini alohida yoritish joiz.
Siyosiy tizim insonlar faoliyatining alohida sohasi – siyosat, siyosiy munosa-
batlar va aloqalar sohasi bilan bog‘liq. U muayyan siyosiy irodaning mahsuli sifatida vujudga keladi va bu irodaning amalga oshirilishiga safarbar etilgan vositalarning institutsiyaviy (tashkiliy-tuzilmaviy) rasmiylashgan shakli tarzida namoyon bo‘ladi. Siyosiy tizim kishilar o‘rtasidagi siyosiy munosabatlarning barqaror shakli bo‘lib, uning yordamida jamiyat a’zolarining barchasiga nisbatan hokimiyat ta’siri amalga oshiriladi yoxud qat’iy irodaviy qaror qabul qilinadi1.
Tizimlilik jamiyatning tabiiy holati va mavjudligining zarur shartidir. Jamiyatning tarkibiy qismi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, huquqiy va siyosiy tizim kabi ijtimoiy hodisalardan iboratdir. Siyosiy tizim ijtimoiy tizimning bir turi sifatida jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadi.
Yuridik fanda uchraydigan, ijtimoiy tizimning turlari hisoblanadigan «huquq tizimi», «huquqiy tizim» va «siyosiy tizim» kabi o‘xshash tushunchalarni bir-biridan farqlash lozim.
«Huquq tizimi» – huquqning tarkibiy qismlari, ularning o‘zaro aloqadorligi, rivojlanish jarayonini tashkil etish usullari to‘g‘risidagi masaladir. Huquq tizimining tarkibiy elementlari huquq normalari, huquq institutlari va huquq sohalarining o‘zaro bog‘liq va aloqadorlikda bo‘lgan yig‘indisidir. «Huquqiy tizim» esa, muayyan makon va zamonda amal qilayotgan huquqiy hodisalar, huquqiy prinsiplar, institutlar, normalar va jarayonlarning bir butun mushtarakligi, o‘zaro chambarchas bog‘liqligi hamda aloqadorligi bo‘lib, ularning maqsadli harakatlanishi natijasida ijtimoiy munosabatlarning yuksak saviyada huquqiy tartibga solinishiga erishiladi.
«Siyosiy tizim»ning mohiyatini anglab yetish uchun avvalo, «siyosat» va «sistema» (tizim) kabi iboralarning lug‘aviy hamda ilmiy ma’nosini aniqlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |