Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)


Huquq – normativ xususiyatga ega rasmiy talab yig‘indisi



Download 1,37 Mb.
bet92/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Huquq – normativ xususiyatga ega rasmiy talab yig‘indisi. Normativlik barcha ijtimoiy normalarga taalluqli xususiyatdir, ammo, huquqning normativligi boshqa ijtimoiy normalardagiga qaraganda o‘zining qat’iyligi, imperativ (buyruq mayliga ega)ligi, davlat hokimiyatining kuchiga tayanganligi bilan ajralib turadi. Normativlik, ya’ni hayotiy munosabatlarni (vaziyatlarni) muayyan aniq tarzda me’yorlash, umumiy kelishilgan va rasmiy o‘rnatilgan qolip doirasiga kiritish hisoblanadi. Normativ qoida jamiyat (jamoa) miqyosida yalpi umumiy xususiyatga, umummajburiy tabiatga ega bo‘lishdir. Normativlik deganda, rasmiy o‘rnatilgan normalar vositasida ijtimoiy munosabatlarni, insonlar (ular tashkilotlari) xulq-atvorini, faoliyatini tipik tarzda (bir xilda) universal tartibga solish tushuniladi. Huquqning normativligi ijtimoiy hayotda umumiy batartiblik va barqarorlikka intilishni anglatadi.

Huquqning normativligi belgisi uning mohiyati, mazmuni va shaklining nisbatini aniq ajratib olish imkonini beradi. Chunki, ba’zi mualliflar huquqning mazmunini uning mohiyati bilan almashtirib yuboradilar, boshqa olimlar – huquq mazmunini uning shakli bilan adashtiradilar.
Bu masalaga oydinlik kiritish uchun huquqni davlat-irodasi va normativlik nuqtayi nazaridan izohlash lozim. Agar huquqning mohiyati uning real hayot sharoitlari bilan belgilangan jamiyatning davlat irodasi ekanligida bo‘lsa, uning mazmuni ushbu irodaning normativ ifodalanishidir. Zero, jamiyatning irodasini qonun vositasida davlat irodasi tarzida rasmiylashtirish uchun uni huquqiy hujjat yordamida o‘rnatish yoki sanksiyalash (ma’qullash) lozim bo‘ladi. Huquqning shakli u bayon etiladigan normativ-huquqiy hujjatlardan iborat. Huquqning tegishli hujjatda ifodalangan mazmuni uning mohiyatini oydinlashtiradi (konkretlashtiradi).
Normativlik huquqni yaratish sohasiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Qonun (huquq) ijodkorlarining fikrlash jarayoni ham normativ sifat kasb etadi. Qonun (huquq) ijodkorlikning tili, garammatika qoidalari – normativ; huquq yaratish jarayoni, tartib-taomillari – normativ. Huquqiy tartibga solish qamroviga olingan xulq-atvor (faoliyat) ham normativdir. Insoniyat o‘z bilimlari va tajribasini umumlashtirib, uning «qaymog‘ini» qoidalarda, normalarda ifoda etadi va ushbu qoidalarga rioya etib, ijtimoiy hayotning o‘ta muhim jihatlarini normativ qolipga soladi. Shu ma’noda huquq madaniy taraqqiyotning mahsuli, yutug‘i hisoblanadi.


  1. Download 1,37 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish