11-Ma`ruza: O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi Reja



Download 339,5 Kb.
bet1/13
Sana01.06.2022
Hajmi339,5 Kb.
#628504
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
11-maruza


11-Ma`ruza: O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi
Reja:
11.1.Fuqarolik jamiyatining shakllantirish va rivojlantirishda demokratik institutlarning tutgan o’rni.
11.2.O’zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarining fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar.
11.3.Ko’ppartiyaviylik – fuqarolik jamiyat barpo etishning muhim sharti.
11.4.Siyosiy partiyalarning Oliy Majlis Senat, Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari kengashlaridagi faoliyatini takomillashtirish.
11.5.O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish istiqbollari.


Tayanch so’zlar: fuqarolik jamiyati, huquqiy me`yor, demokratik institutlar, ko’ppartiyaviylik, siyosiy partiya, Oliy Majlis Senati, Qonunchilik palatasi, nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari.
Erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida amalga oshirayotgan islohotlarimizda nodavlat notijorat tashkilotlarining o’rni va roli beqiyos ekanini alohida tahkidlash joiz1
SH.Mirziyoyev


11.1.Fuqarolik jamiyatining shakllantirish va rivojlantirishda demokratik institutlarning tutgan o’rni. Nodavlat notijorat tashkilotlar dastlab jamiyatni o’zini o’zi boshqarishi va uni mustaqil ijtimoiy birlik sifatida yashashini ta`minlash ehtiyojlari va manfaatlari asosida paydo bo’ldi. XX asrning o’rtalariga kelib esa nodavlat va notijorat tashkilotlar demokratik jamiyatning muhim va asosiy institutlaridan biriga aylandi. Shunga ko’ra, nodavlat notijorat tashkilotlar mazmun va mohiyatini chuqur anglash, ularning demokratik fuqarolik jamiyatining muhim va asosiy institutlaridan biri ekanligi to’g’risidagi tushunchalarni O’rganishga ehtiyoj sezilmoqda. Shuningdek, demokratik jamiyat tushunchasi to’g’risidagi tasavvurlar nodavlat notijorat tashkilotlarni chuqur idrok etishga imkoniyatlar beradi.
Jumladan, bosh Qomusimizning 32-moddasida belgilab qo’yilganidek, O’zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o’z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar2 deb, belgilab qo’yiladi. Bunday imkoniyat jamiyatda demokratik institutlarning rivoji bilan ta`minlanadi.
Demokratik institutlar jamiyat hayotida demokratik tamoyillarni qaror topishga xizmat qiladigan tashkilotlar va tuzilmalar majmuasi. Tarixiy jihatdan ularni shartli ravishda demokratik mazmunga ega bo’lgan anhanaviy, ijtimoiy-siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, OAV) hamda faqat demokratik jamiyat sharoitida faoliyat yuritadigan maxsus institutlarga, masalan, inson huquqlariga amal qilinishini ta`minlovchi turli nodavlat tuzilmalarga ajratish mumkin.
Fuqarolik jamiyati erkin fuqarolarning o’z salohiyatini namoyon qilish sohasi bo’-lib, ixtiyoriy ravishda shakllangan tashkilot va birlashmalardan tashkil topadi hamda davlatning aralashuvidan xoli bo’ladi. Ijtimoiy harakatlar, OAV, partiyalar, kasaba uyushmalari, jamoat birlashmalari, nodavlat-notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, ijodiy uyushmalar - fuqarolik jamiyati institutlari hisoblanadi. Fuqarolik jamiyatining asosiy maqsadi - insonning turli manfaat va ehtiyojlarini to’laroq qondirish, uning salohiyatini yuzaga chiqarishdan iborat. Zero, fuqarolik jamiyati institutlari jamiyatdagi ayrim muammolarni mustaqil ravishda, qonuniy yo’l bilan, davlatning aralashuvisiz hal qilishga qodir bo’ladi. Uzini o’zi boshqarish va qat`iy intizom - fuqarolik jamiyatining poydevorini hosil qiladi. Inson, uning manfaatlari, shahni va qadr-qimmati fuqarolik jamiyatining oliy qadriyatlari sifatida tan olinadi.
Demokratik institutlar mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kuchli fuqarolik jamiyatining o’ziga xos jihatlari shundan iboratki, demokratik tamoyillar rivojida fuqarolik institutlari faoliyatiga keng o’rin beriladi, ular jamiyatda jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi, davlatning ehtiboridan chetda qolgan muammolarni belgilash va bartaraf etishda davlat institutlari bilan hamkorlik qiladi.
Bugungi kunda, O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan 200 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Bular jumlasiga asosiy xujjatlar sifatida, «O’zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to’g’risida» (1991y.), «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g’risida» (1992y.), «Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida» (1999 y.), «Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida» (1999 y.), «Siyosiy partiyalar to’g’risida» (1996 y.), «Jamoat fondlari to’g’risida» (2003 y.), «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to’g’risida» (2004 y.), «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida» (1991 y.), «Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to’g’risida» (2007 y.), «Ommaviy axborot vositalari to’g’risida» (1997 y.), «Ijtimoiy sherikchilik to’g’risida» (2014 y), «Jamoatchilik nazorati to’g’risida» (2018 y.) O’zbekiston Respublikasi qonunlarini ehtirof etish mumkin.
Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasi (2002 yil 29-30 avgust) mamlakatda fuqarolik jamiyati qurishni avj oldirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Sessiyadagi mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov «O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari»ga doir ma`ruzasi adolatli demokratik jamiyat qurishning kontseptual nazariy asoslarini yanada boyitdi. Ayniqsa, I.A.Karimovning quyidagi fikr va mulohazalari mamlakatda fuqarolik jamiyati barpo etishning eng asosiy yo’nalishlari va maqsadlarini belgilab berdi: «Beshinchi ustuvor yo’nalish fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim sharti bo’lib, bu jamiyat hayotida nodavlat va jamoat tashkilotlarining O’rni va ahamiyatini keskin kuchaytirishdan iborat. Yoki boshqacha qilib aytganda, bu - «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» degan tamoyilni amalda hayotga joriy etish demakdir. Hammamizga ayonki, bu yo’nalish ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bog’liq ko’p masalalarni hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini kamaytirish va bu vazifalarni bosqichma-bosqich jamoat tashkilotlariga O’tkaza borishni taqozo etadi. Buning uchun, avvalambor, davlatning iqtisodiy sohaga, xo’jalik yurituvchi tuzilmalar, birinchi galda, xususiy sektor faoliyatiga aralashuvini cheklash lozim»1.
Mamlakatda kuchli demokratik jamiyat barpo etish maqsadlarida davlat hokimiyati vakolatlarini kamaytirish, ya`ni, davlat hokimiyati tasarrufida asosan konstitutsion tuzumni, mamlakatning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish, huquq-tartibot va mudofaa qobiliyatini ta`minlash, inson huquqlari va erkinliklarini, mulk egalarining huquqlarini, iqtisodiy faoliyat erkinligini himoya qilish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, samarali tashqi siyosat olib borish kabi vazifalarni qoldirish ko’zda tutilmoqda.
Shuningdek, strategik ahamiyatga molik masalalar, muhim iqtisodiy va xo’jalik masalalari, pul va valyuta muomalasi bo’yicha qarorlar qabul qilish, xo’jalik yurituvchi subhektlar faoliyatining huquqiy shart-sharoitlarini yaratish, ekologiya masalalari, umumrespublika transport va muhandislik kommunikatsiyalarini rivojlantirish, yangi tarmoqlarni vujudga keltiradigan ishlab chiqarishni barpo etish masalalari davlat miqyosida hal etilishi, davlatning boshqa barcha vazifalarni bajarishga doir vakolatlari esa mahalliy davlat hokimiyati, fuqarolar O’zini o’ziboshqarish organlari, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlariga berib borish jarayonlari boshlandi. Shuningdek, davlat organlari faoliyatini nazorat qilish vakolatlari ham asosan o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlariga berish belgilandi.
Turli mamlakatlarda ularning tarixiy tajriba va anhanalaridan kelib chiqib, turlicha nomlarda ataladi. Masalan, AQSHda manfaatlar guruhlari fuqarolik institutlari, volontyorlar tashkilotlari, umumiy manfaatlar guruhlari, bosim o’tkazish guruhlari deb atalsa, g’arbda nodavlat notijorat tashkilotlari, xayriya tashkilotlari, jamg’armalar kabi nomlar bilan ataladi. g’arb sotsiologiyasida esa bu tashkilotlar manfaatlar guruhlari nomi bilan keng tarqaldi. O’zbekistonda esa mustaqillikning ilk davridadan boshlab bu tashkilotlar jamoat tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ijtimoiy tashkilotlar nomi bilan keng ommalashdi.

Download 339,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish