11-Ma`ruza: O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi Reja


) 2004 yil 30 aprelda O’zR Oliy Majlisi 14-sessiyasida «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to’g’risida»gi qonunni qabul qildi



Download 339,5 Kb.
bet8/13
Sana01.06.2022
Hajmi339,5 Kb.
#628504
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
11-maruza

2) 2004 yil 30 aprelda O’zR Oliy Majlisi 14-sessiyasida «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to’g’risida»gi qonunni qabul qildi. Barcha demokratik davlatlarda bo’lganidek, bizda ham partiyalarning o’zaro kurashi g’oya va qarashlarning raqobati, saylovchilar ovozi uchun kurash bo’lishi shart. Endilikda bu harakatlarni amalga oshirishda davlatning o’zi moliyaviy jihatdan ta`minlashi qonunan hal etildi. Bu masala siyosiy kasb etadi. Bu qonun o’zida partiyalar moddiy manbalarni aniq ko’rsatadi. Partiyaning moliyaviy faoliyati barchaning ko’zi oldida ochiqligini, mablag’lari qaysi yo’llar orqali kelayotganini ko’rsatadi. Shu bilan moliyaviy huquq buzarlik uchun yuridik javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Hozirgi kunda jahonda partiyalarning moliyaviy manbalari 3 guruhga bo’linadi; partiyalarning o’z mablag’lari, yuridik va jismoniy shaxslarning hayriya ehson va ixtiyorlari badallari hamda davlat tomonidan moliyalashtirishdan iborat.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 martdagi 86-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi to’g’risida»gi Nizom va boshqa shu sohada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bilan siyosiy partiyalar faoliyati tartibga solinadi.
3) 2007 yil 11 aprelda Prezident imzosi bilan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to’g’risida” qonun qabul qilindi (Bu qonunni Oliy Majlis qonunchilik palatasi 2007 yil 28 fevralda qabul qilgan, Senat tomonidan 2007 yil 29 martda mahqullangan. Qonun 2008 yil 1 yanvaridan kuchga kiritishi aytilgan). Modernizatsiyalash – yangilash, milliy zamonaviylashish mahnosini bildiradi.

9.4.-rasm
birinchi Prezident Islom Karimovtomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy qonun va “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga (89-moddasiga, 93-moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga) tuzatishlar kiritish to’g’risida»gi qonun loyihalari siyosiy tizimni takomillashirishga qaratilgan islohotlarning tadrijiy davomi bo’lib, bu loyiha siyosiy partiya fraksiyasi va mahalliy kengash partiya guruhlarining faolligi, mavqei va tahsirini kuchaytirish hamda muholifat masalasining huquqiy asoslarini o’z ichiga olgani bois barcha deputatlarda qiziqish uyg’otdi. 2007 yildan va undan keyingi davrda bu jarayon qonunchilik palatasida haqiqiy oppozitsiya paydo bo’lishiga olib keladi. Bugungi kunda hukmronlik qilayotgan kuchga nisbatan oppozitsiya yo’q. Biz oppozitsiya deganda rasmiy siyosatga qarshi kuchni tushunamiz. Qonunchilik palatasida haqiqiy oppozitsiya paydo bo’lishi lozim.
“Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to’g’risida»gi qonun, jami 8 moddadan iborat. Qonun maqsadining eng muhim xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1) Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish bayon etilgan (1-modda).
2) O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari (2-modda) berilgan. Siyosiy partiya fraksiyasi siyosiy partiyalardan ko’rsatilgan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda ro’yhatdan O’tkazilgan deputatlar birlashmasidir. Parlamentda bir necha siyosiy partiyalar fraksiyalari va saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar ham ko’pchilikni tashkil etishi mumkin. Yangidan shakllantirilgan hukumatning tutgan yo’li va dasturiga yoki uning ayrim yo’nalishlariga qo’shilmaydigan siyosiy partiyalar fraksiyalari, shuningdek, saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar o’zlarini muxolifat deb e`lon qilishi mumkin. Siyosiy partiyalar blokka birlashishi ham mumkinligi aytilgan. Parlamentdagi muxolifat fraksiyalari uchun nazarda tutilgan vakolat huquqlariga ega. Ular Qonun loyihasiga muqobil tahrirni kiritish huquqiga ega.
3) O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o’rinbosalarini saylash tartibi (3-modda) keltirilgan. Qonunchilik palatasi o’z Spikeri va uning o’rinbosarini saylaydi.
4) O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirini tayinlash tartibi (4-modda)da Oliy Majlis to’liq shakllantirilgandan keyin bir oy ichida Prezident tomonidan qayta ko’rib chiqilishi aytilgan.
5) O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish tartibi (5-modda) Prezident tomonidan ko’rib chiqilishi va ozod qilinishi berilgan.
6) Viloyat, Toshkent shahar hokimini tayinlash va tasdiqlash tartibi (6-modda) izohlangan.
7) Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlarining viloyat hamda Toshkent shahar hokimi faoliyati ustidan nazorat qilish vazifalari (7-modda) qayd etilgan.
8) Bu qonun 2008 yil 1 yanvaridan kuchga kiritildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunchilik tashabbusi tarkibida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirishning hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to’g’risida”gi Qonun fuqarolik jamiyatining ajralmas qismi bo’lgan siyosiy partiyalarning o’rni va ahamiyatini yanada oshiradi.
“Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati kafolatlari to’g’risida”gi 2006 yil dekabrda Qonun qabul qilindi. Qonun — NNT faoliyatiga kafolatlar belgilash, ular davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash, huquqlarini himoya qilish, ular bilan ijtimoiy hamkorlik qilishni kengaytirish mexanizmlarini takomillashtirishga yo’naltirilgan. 2008 yilda “O’zbekiston Respublikasida saylovlar haqidagi qonunchilikni takomillashtirish bilan bog’liq bahzi qonunchilik hujjatlar o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi Qonun qabul qilindi. Unga ko’ra Qonunchilik palatasida nodavlat notijorat tashkilotlari hisoblanuvchi O’zbekiston Ekologiya harakati uchun 15 ta deputatlik o’rni ajratiladigan bo’ldi. Endilikda O’zbekiston yekologik harakati tomonidan 15 nafar deputat mazkur harakatning oliy organi (Konferentsiyasi)dan saylanadigan bo’ldi.

Download 339,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish