11-Ma`ruza: O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi Reja



Download 339,5 Kb.
bet10/13
Sana01.06.2022
Hajmi339,5 Kb.
#628504
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
11-maruza

Harakatlar strategiyasidasiyosiy partiyalar deputatlik guruhlarining mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan nazorat qilishdagi huquq va vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan «Siyosiy partiyalar to’g’risida»gi O’zbekistonRespublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida»giO’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish, unda quyidagilar nazarda tutilmoqda:

  • partiya guruhlari tomonidan mahalliy xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalarini ko’rib chiqish,

  • mahalliy ijroiya hokimiyati organlari mansabdor shaxslarining hisobotlarini eshitish haqidagi takliflarni kiritish,

  • tuman (shahar) hokimi nomzodini viloyat hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o’tkazilganndan so’ng xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga tasdiklash uchun taqdim etish,

  • xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlariga viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga tegishliligi bo’yicha tuman (shahar) hokimlarining, shuningdek, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlarining qoniqarsiz faoliyati haqida xulosalarni takdim etish huquqini berish,

  • Qonunchilik palatasi deputatlariga joylardagi jamoatchilik vakillari sifatida tegishli siyosiy partiya hududiy bo’limlarining vakillarini biriktirib ko’yish kabi muhim faoliyat yo’nalishlarini tartibga solish.

Mamlakatda «saylovchilar (fuqarolar) - siyosiy partiyalar - parlamentdagi siyosiy partiyalar fraksiyalari (mahalliy vakillik organlaridagi partiya guruhlari) -qonunlar, me`yoriy hujjatlar, davlat organlari qarorlari» sxemasi asosida fuqarolarning manfaatlari va irodasini davlat hokimiyati, jumladan, mahalliy hokimiyat organlari faoliyatida ifodalaydi. Boshqacha aytganda, mahalliy davlat boshqaruvi xalq manfaatlari asosida faoliyat yuritadigan organ sifatida namoyon bo’ladi.
Harakatlar strategiyasi asosida partiya guruhlariga yangi huquq va vakolatlar berilishi mahalliy vakillik organlarining faoliyatini kuchaytirish, bu borada siyosiy partiyalar vositasida mahalliy deputatlarning rolini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi, mahalliy vakillik organlarida shakllangan partiya guruhlari ishini faollashtirish, ularning tashkiliy jihatdan tahsirchan kuchga aylanishi, hududdagi muammolarni ko’tarib chiqish, ularning yechimini topishga doir faoliyatini jonlantirish uchun zamin tayyorlaydi.
Ayniqsa, siyosiy partiyalar o’rtasidagi o’zaro raqobat muhiti partiya guruhlari o’rtasida yaqqol sezilib turishiga muhim ahamiyat berish, turli dasturiy va g’oyaviy maqsadlar o’rtasidagi munozaralar, aholi orasida o’z elektorati qarashlariga tahsir etish mexanizmlarini shakllantirish sohasida tajribalarning shakllanishi fuqarolik jamiyatiga xos xususiyatlarning shakllanishiga olib keladi.
Siyosiy partiyalarning mahalliy vakillik organlarida partiya guruhlari rolini oshirishdan asosiy maqsad - muhim davlat qarorlari qabul qilishni va davlat hokimiyati organlarini shakllantirishni xalq irodasi va xohish-istagi asosida amalga oshirishdan iboratdir. Xalqning siyosiy manfaatlari va irodasini ifoda etish, ularni himoya qilishning asosiy instituti, bu - siyosiy partiyalarni demokratik talablar darajasida rivojlantirishdir.
Mahalliy vakillik organlaridagi partiyaviy guruhlarning o’zaro munosabatlarini muvofiqlashtirib turadigan, ularning mahalliy hududlar iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ijobiy tahsir ko’rsata olishiga shart-sharoitlar yaratib beradigan me`yoriy hujjatlarni yanada takomillashtirish fuqarolarning manfaatlarini mahalliy vakillik organlarida ifodalash va himoyalash uchun shart-sharoit yaratadi. Mahalliy kengashlardagi partiyaviy guruhlarning o’zaro munosabatlarini muvofiklashtirib tu­radigan, ularning mahalliy hududlar iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ijobiy tahsir ko’rsata olishiga shart-sharoit yaratib beradigan me`yoriy hujjatlarni yanada takomillashtirish partiyaviy guruhlarning faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishi muqarrar.
Yana bir muhim masala - barcha sohalarda vaziyatni har tomonlama o’rganish va mavjud muammolarni hal etish uchun tahsirchan choralar ishlab chiqishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada kuchaytirish, bu jarayonda ham raqamlar ketidan quvish amaliyotidan voz kechish lozimligi aytildi.

Download 339,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish