11-Ma`ruza: O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi Reja


O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish istiqbollari



Download 339,5 Kb.
bet11/13
Sana01.06.2022
Hajmi339,5 Kb.
#628504
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
11-maruza

11.5. O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish istiqbollari. Mamlakatimizda jamiyatni yanada demokratlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlash borasida amalga oshirib kelinayotgan keng ko’lamli islohotlar bugungi kunda yangicha mazmun bilan boyitildi.
2010 yilning noyabrg’ oyida qabul qilingan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi” ko’ptarmoqli NNTlarni rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash yangi bosqichining boshlanish davri bo’ldi.
Kontseptsiya ijrosi yuzasidan 2013 yil 22 aprelda “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi hamda “Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to’g’risida”gi Qonunlar yangi tahrirda qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 12 dekabrda qabul qilingan PQ–2085-sonli «Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko’maklashish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarorining qabul qilinishi ushbu sohadagi qonunchilikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Kontseptsiyaning qoidalaridan kelib chiqib, bir qator qonun hujjatlari, shu jumladan 2013 yil 28 dekabrda “Ekologik nazorat to’g’risida”gi Qonun qabul qilinib, NNTlar ekologik nazoratning asosiy subhekti sifatida belgilandi.
2014 yilning 5 mayida “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida”gi Qonun, shu yilning 25 sentyabrda esa “Ijtimoiy sheriklik to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi.
Prezident qarorini amalga oshirish maqsadida 2014 yil 10 martda 57-sonli Hukumat qarori qabul qilindi. Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 martdagi qarori bilan Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlarrejasi tasdiqlandi.
Xususan, 2015 yilning 4 iyunida O’zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug’i bilan (ro’yxat raqami 2679) Nodavlat notijorat tashkilotlari tadbirlarini kelishish tartibi to’g’risidagi nizom tasdiqlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmon qabul qilindi. “O’zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to’g’risida”gi 2018 yil 12 aprelda qabul qilindi.
2018 yil 4 mayda Prezidentimiz SH.Mirziyoyev tomonidan “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi farmoni qabul qilindi. Farmonda:

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo’yicha maslahat kengashi tashkil etildi;

  • “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo’shgan hissasi uchun” ko’krak nishonini tahsis etildi;

  • o’rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning strategik yo’nalishlarini aniqlash va milliy modelini shakllantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish belgilandi;

  • fuqarolik jamiyatini va keng jamoatchilikni tashvishlantirayotgan dolzarb masalalarni muhokama qilish, shuningdek, mazkur sektorning holati va rivojlanish tendentsiyasi haqida O’zbekiston Respublikasi Prezidentini muntazam ravishda xabardor qilish;

  • davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorligining zamonaviy mexanizmlarini, ularning faoliyatini qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish choralarini joriy qilish bo’yicha takliflar tayyorlash;

  • ilmiy va ekspertlar guruhlari ishtirokida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil etish yuzasidan tashabbus ko’rsatish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi davlat siyosati va uning amaliy natijalari haqidagi jamoatchilik fikrini tizimli ravishda o’rganish, umumlashtirish va tahlil qilishni tashkil etish;

  • fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mazkur institutlarning jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritish;

  • fuqarolik jamiyatining rivojlanishini, fuqarolik jamiyati institutlarining davlat organlari bilan hamkorligi darajasini, shuningdek, ularning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qo’shayotgan hissasini baholovchi ko’rsatkichlarni ishlab chiqish, bu ko’rsatkichlar asosida davriy va maxsus, shu jumladan muqobil ma`ruzalar tayyorlanishini tashkil etish;

  • fuqarolik jamiyati institutlariga ularning xalqaro hamkorligini rivojlantirishda, ilg’or xalqaro tajribani o’rganishda va ushbu tajribani O’zbekiston sharoitida joriy etishda ko’maklashish kabi masalalar o’z ifodasini topdi.

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlardan ko’zlangan natijalarga erishishda jamoatchilik nazoratini rivojlantirish dolzarb vazifa hisoblanadi. Jamoatchilik nazoratini o’rnatishning zarurligi eng avvalo, korrupsiya, tahmagirlik, mahalliychilik, o’z vazifasini suistehmol qilish, firibgarlik, odamlar ongini har xil unsurlar bilan zaharlash kabi tahdidlarning oldini olish hamda ularga barham berishga xizmat qilishi bilan izohlanadi. Islom Karimov jamoatchilik nazoratini quyidagicha izohlaydi: «Jamoat nazoratining tub mohiyati shulkim, barcha jamoat tashkilotlari, mahalla oqsoqollari, xalq deputatlari va faollar, boringki, yoshu keksa, erkagu ayol - hamma vatandoshlar bir yoqadan bosh chiqarib, amalga oshirilayotgan islohotlar sur`atini, ularning sifatini, islohot boshida turgan rahbarlarning g’ayratini, layoqatini xolisona o’rganib, xolisona nazorat qilib, ularning yutuqlarini ehtirof etib, kamchiliklarni ro’y-rost ochib tashlashimiz kerak».
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasida ham fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga alohida ehtibor qaratilgani bejiz emas. Chunki davlat tomonidan fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalasining strategik vazifa sifatida ilgari surilishi jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Harakatlar strategiyasi asosida Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzurida fuqarolik jamiyati institut­lari va nodavlat-notijorat tashkilotlarini ko’llab-kuvvatlash bo’yicha jamoat fondlari tashkil etiladi.

Download 339,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish