Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet193/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Huquqiy amaliyot huquq va huquqiy ong bilan birga jamiyat huquqiy tizimining muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Huquqiy amaliyotsiz huquqiy tizim tashkil topishi, rivojlanishi va amal qilishi mumkin emas. Huquqiy amaliyot to‘plangan ijtimoiy-huquqiy tajribalar asosida huquqiy normalarni yaratish, sharhlash va amalga oshirish faoliyatidir. Huquqiy tizimning «sistema» tashkil etuvchi tarkibiy qismlaridan hisoblangan huquqiy ong va huquqiy madaniyat muhim ijtimoiy hodisa bo‘lib, huquq bilan chambarchas bog‘liqdir.
Huquqiy ong ijtimoiy ongning bir shakli hisoblanib, nisbatan mustaqildir. Huquqiy ong jamiyat a’zolarining huquqqa, qonunga munosabati hamda davlat mexanizmi faoliyati xususidagi tasavvurlari, qarashlari, ta’riflari, his-tuyg‘u va kayfiyatlarining mujassam ifodasidir. Jamiyat huquqiy tizimida katta ahamiyatga ega bo‘lgan, huquqning insonlar xatti-harakatida mujassamlashishi, kishilarning huquqqa nisbatan hurmati, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizligini anglatuvchi tushuncha-huquqiy madaniyat hisoblanadi.
Huquqiy madaniyat fuqarolik jamiyati ma’naviy kamolotining, davlatchilik binosi rivoji va huquqiy tizim yetukligining muhim ko‘rsatgichidir. Huquqiy madaniyat deganda, jamiyatda qaror topgan huquqiy tizimning darajasi, xalqning bu huquq tizimidan xabardorlik darajasi, fuqarolarning qonunga hurmati, huquqiy normalarning ijro etilishi darajasi, huquqqa rioya qilmaganlarga murosasiz bo‘lish, qonunga itoatkorlik darajasi tushuniladi.
Huquqiy siyosat – ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning asoslari, prinsiplari, yo‘nalishlari, vazifalari, strategiyasi va taktikasidir. U davlat tomonidan shakllantiriladi va amalga oshiriladi.
Huquqiy mafkura davlatchilik, siyosiy tizim va huquqiy hayot haqidagi siyosiy-huquqiy g‘oyalar, qarashlar va bilimlarning umumlashtirilgan tizimidir.
Huquqiy Huquqiy tizimining mazmun-mohiyati, 3-§.islohotlarning uni isloh qilish hamda moder-nizatsiyalash asosiy yo‘nalishlari xususida gap borganda, avvalo ikki o‘zaro uyqash tushuncha: «huquqiy islohotni
ta’minlash» va «islohotlarni huquqiy ta’minlash» iboralari-ning ma’nosini aniqlab olish lozim. Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar barcha iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-madaniy, ma’naviy sohalarni qamrab olgan. Har bir yo‘nalishda islohotlarni ro‘yobga chiqarish uchun tegishli huquqiy bazani yaratish, rejalashtirilgan islohiy tadbirlarni ro‘yobga chiqarishning huquqiy mexanizmini vujudga keltirish katta ahamiyat kasb etadi.
Islohotlarni samarali amalga oshirish uchun, avvalo, ularning asosiy tamoyillarini belgilab olish muhim edi: «Biz, eng avvalo, huquqiy asosni tayyorladik. Jamiyatimizning asosiy aqidalari, uning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy yo‘nalishlari belgilab berilgan Konstitutsiyamiz ham ana shu asosga qurilgan. Biz qonunchilik bazasini barpo etib, butun davlat tuzilmasini o‘zgartirdik. U bozor maqsadlariga javob beradi...»1. O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoev ta’kidlaganidek: «O‘tgan davr mobaynida Konstitutsiyamizda muhrlab qo‘yilgan tamoyil va qoidalar negizida yurtimizda milliy qonunchilik tizimi barpo etildi. Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyati yuksalishiga, hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilgan samarali islohotlarga asos bo‘ldi»2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan (2017-y. 7-fevral) «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi» tasdiqlangani mamlakatda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarga, ayniqsa, huquqiy islohotlarga jiddiy salohiyat, quvvat baxsh etdi, bu islohotlarni tom ma’noda yangi bosqichga ko‘tardi. Mazkur Strategiyada mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha beshta ustuvor yo‘nalishi belgilandi:

  1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;

  2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh

qilish;

  1. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;

  2. Ijtimoiy sohalarni rivojlantirish;

  3. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish1.

Yurtimizda ochiq va odil demokratik jamiyatni barpo etish, bozor munosabatlarini vujudga keltirish xalqaro e’tirof etilgan konstitutsiyaviy hamda huquqiy asoslarda amalga oshirilmoqda. Bu asoslar iqtisodiyotni isloh qilish, uning keng qo‘lamda jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi uchun kuchli huquqiy kafolatlar va shart-sharoitlarni ta’minlab beradi. Konstitutsiya va mustaqillik yillari mobaynida qabul qilingan fundamental qonunlar hayotimizning barcha jabhalarini demokratlashtirishning, jamiyatni tubdan yangilash, uni modernizatsiya qilishning qudratli kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda.
Demokratik jamiyat, bozor iqtisodiyoti sari boshlangan sa’y-harakatning ortga qaytmasligi va barqarorligi uning huquqiy asoslarini mukammal tarzda shakllantirishga bevosita bog‘liqdir. «Mustahkam huquqiy asos bo‘lgandagina, o‘z umrini yashab bo‘lgan tuzumni to‘la ishonch bilan qayta qurish, rivojlangan yuqori samarali bozor iqtisodiyotiga ega yangi jamiyatni qurish mumkin bo‘ladi»2.
Yuqoridagi mulohazalar islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashning zarurligi va ahamiyatini to‘la tasdiqlaydi. Shunga ko‘ra, qabul qilingan qonunlar va huquqiy normalarni uch yo‘nalishda guruhlashtirish mumkin:

  • siyosiy islohotlarni, davlat qurilishiga oid faoliyatni huquqiy ta’minlash;– iqtisodiy islohotlarni huquqiy ta’minlash;

  • sud-huquqiy tizim sohasidagi islohotlarni, shuningdek huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini isloh qilishni huquqiy ta’minlash.

Boshqacha aytganda, islohotlarni huquqiy ta’minlash deganda, barpo etilayotgan demokratik davlatchilik qurilishini, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni, mustaqil sud hokimiyati qaror topishi hamda inson huquqlari va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish mexanizmini huquqiy rasmiylashtirish nazarda tutiladi.
Bugungi sharoitda mamlakatda islohotlarning mustahkam huquqiy bazasi vujudga keltirildi. Bular – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, huquqning asosiy sohalari manbayi bo‘lmish 16 ta kodeks, 850 dan ziyod qonunlar, 5000 ga yaqin Prezident farmonlari va 1500 dan ziyod qarorlari, 11000 ga yaqin Vazirlar Mahkamasi qarorlari, 2700 dan ortiq vazirliklar va davlat qo‘mitalarining normativ hujjatlari va boshqa me’yoriy hujjatlardir.
«Harakatlar strategiyasi» amalga oshirila boshlangach, 2017-yilning birinchi yarim yilida besh ustuvor yo‘nalishda amaliy faoliyatni ta’minlash doirasida 20 dan ortiq qonunlar, Prezidentning 180 dan ortiq farmon va 450 dan ziyod qarorlari qabul qilinib, faol qo‘llana boshlandi1.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish