«1898–1899-yillarga kelib tez-tez kasalga chalinib, 4–5 oylab yotib qoladi va xastalik tufayli 53 yoshida, ayni ijodiy kamolotga yetgan paytda vafot etadi».
A) Ogahiy B) Bobur
C) Muqimiy D) Abdulla Avloniy
1907-yil 4-dekabrda qaysi ijodkor muharrirligi ostida «Shuhrat» gazetasining birinchi soni bosmadan chiqadi?
A) Abdulla Avloniy B) Fitrat
C) Furqat D) Abdulla Qodiriy
Kim 1909-yilda «Jamiyati xayriya» tashkilotini ochadi va mahalliy xalq bolalarining o‘qib, bilim olishiga ko‘maklashish maqsadida pul yig‘ib, maktablarga tarqatadi?
A) Fitrat B) Avloniy
C) Behbudiy D) H. H. Niyoziy
Afrikadan Xitoygacha, Hindistondan Farangistongacha kezib chiqqan ijodkorni toping.
A) Muqimiy B) Sa’diy Sheroziy
C) Abdulla Avloniy D) Haynrix Hayne
Quyidagi berilgan bayt ma’nosini sharhlang.
Orazin yopg‘och, ko‘zumdin sochilur har lahza yosh,
Bo‘ylakim paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘och quyosh.
A) Yor ko‘zini yumgach, ko‘zimdan har lahza yosh sochiladi. Bu go‘yo quyosh botganida yulduzlar paydo bo‘lgani kabidir.
B) Yor pardasini yopgach, ko‘zimdan har lahza yosh sochiladi. Bu go‘yo yulduzlar so‘ngach quyosh paydo bo‘lgani kabidir.
C) Yor yuzini yopgach, ko‘zimdan har lahza yosh sochiladi. Bu go‘yo yulduzlar so‘ngach quyosh paydo bo‘lgani kabidir.
D) Yor yuzini yopgach, ko‘zimdan har lahza yosh sochiladi. Bu go‘yo quyosh botganida yulduzlar paydo bo‘lgani kabidir.
Qaysi ma’rifatparvar shoir 1913-yilda «Turon» jamiyatini ochgan?
A) Furqat B) Avloniy
C) Behbudiy D) H. H. Niyoziy
Quyidagi misralar muallifini toping.
Yo‘q, bu giryon ko‘zlarning yarqiroq zamzamasi,
Kechasi onam tag‘in yig‘labdi-da chamasi...
A) Mirtemir B) Usmon Nosir
C) Hamid Olimjon D) Abdulla Oripov
Quyida berilgan ta’rif muallifi kim?
«Agar bu zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir».
A) O‘tkir Hoshimov B) Abdulla Oripov
C) Muhammad Yusuf D) Islom Karimov
Hayot haqiqati bilan bog'liq bo'lib, xayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan, didaktik g'oya tashuvchi og'zaki hikoyalar nima deyiladi?
A) afsona B) ertak C) maqol D) masak
O'ttiz yoshga yetar-yetmas O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasini boshqargan, o'ttiz uch yoshida akademik unvonini olgan adib kim?
A) G'.G'ulom B) Oybek C) H.Olimjon D) Mirmuhsin
Navoiyning hayot va ijod yo'llarini keng aks ettiruvchi "Alisher Navoiy va Darvishali", "Badarg'a", "Navoiyning xislatlari", "Ulug'bek va Navoiy" singari qissa va hikoyalar yozgan adib?
A) Oybek B) Mirtemir C) Mirkarim Osim D) Odil Yoqubov
Kim rus yozuvchisi M.Sholoxovning "Tinch oqar Don", S.Borodinning "Yeldirim Boyazid" nomli romanlarini, L.Batning "Hayot bo'stoni" qissasini va boshqa ko'plab asarlarni ona tilimizga mahorat bilan tarjima qilgan?
A) Abdulla Qahhor B) Said Ahmad
C) Odil Yoqubov D) Mirkarim Osim
... insonlardagi barcha yuksak va chirkin xususiyatlarni mujassam etgan ibratnoma deb atash mumkin?
A) xalq maqollarini B) Ezop masallarini
C) hadislarni D) ertaklarni
Qaysi asar qahramoni podshohga yaqin bo‘lganligining “mukofoti”ni ko‘radi?
A) “Uch og‘a-ini botirlar” ertagi B) “Botir tikuvchi” ertagi
C) “Zulmat ichra nur” ertagi D) “Oygul bilan Baxtiyor”
Insonning turli vaziyatda o`zini qanday tutishi lozimligi haqida maslahatlar mavjud asarni toping.
A) “Ezop masallari” B) “Zulmat ichra nur”
C) “Hayrat ul-abror” D) “Mahbub ul-qulub”
Qaysi asarda har bir tashbih ostida kuchli mantiq yotadi?
A) “Oygul bilan Baxtiyor” B) “Tanobchilar”
C) “Sayohatnoma” D) “Sahihi Buxoriy”
“…qonga tashna bo`rilardek, bir-birlarini g`ajishib, xalqning qonini suvdek to`ka boshladilar”. Ushbu parcha o`zaro qarindoshlarning ayanchli ahvolini aks ettirgan qaysi asardan olingan?
A) “Uch og`a ini botirlar” B) “Oygul bilan Baxtiyor”, Hamid Olimjon
C) “O’tkan kunlar”, A.Qodiriy D) “Zulmat ichra nur”, M.Osim
Zamonaviy topishmoqlarda nimalar o`z ifodasini topadi?
1. kundalik turmushimizdagi o`zgarishlar 2. xalqimiz tarixi, qadriyatlari
3. fan va texnika yutuqlari 4. tabiat hodisalari, yil fasli va mavsumlar
A) 1, 3 B) 3, 4 C) 2 D) 3
Chin qushim chinni qushim, chin tepaga qo`ndi qushim.
Tumshug`ini yerga berib, xalqqa salom berdi qushim.
Ushbu she`riy parcha haqidagi to`g`ri hukmni toping.
A) topishmoq, E.Vohidov B) chiston, Navoiy
C) topishmoq, Folklor D) chiston, Uvaysiy
Tep-tekis cho`lda kichkina narsa ham uzoqdan katta bo`lib ko`rinar ekan, - deb qaysi asarda aytiladi?
A) “Oygul bilan Baxtiyor” B) “Zulmat ichra nur, Alisher”
C) “Uch og`a-ini botirlar” D) “Botir tikuvchi”
Xiyonatkor vazir mavjud asarni toping.
A) Zulmat ichra nur B) Uch og`a-ini botirlar
C) Botir tikuvchi D) Oygul bilan Baxtiyor
Qaysi asar qahramoniga nisbatan “Bo`lar bola yoshidan” maqolini qo`llash o`rinli bo`ladi?
A) “Oygul bilan Baxtiyor, Baxtiyor” B) “Botir tikuvchi”
C) “Bolaning ko’ngli poshsho “ D) “Zulmat ichra nur”
Qaysi xalq og’zaki ijodi janri “otalar so’zi” ham deyiladi?
A) masallar B) matallar
C) maqollar D) topishmoqlar
Qaysi xalq og’zaki ijodi na’munasida fikr aniq, xulosa tugal, ifoda lo’nda bo’lishi lozim?
A) topishmoqlarda B) maqollarda
C) matallarda D) ertaklarda
Quyidagilardan qaysi birida, ibratli fikr aytilib va bu ibratli fikr, hukm tarzida bo’ladi.
A) maqollarda B) matallarda
C) masallarda D) topishmoqlarda
Majoziy xarakterdagi qisqa hikoyacha bo’lib, nasriy yoki she’riy shaklda yoziladigan janr qaysi javobda berilgan?
A) doston B) ertak C) masal D) terma
Qaysi janrda turli hayvonlar, narsa-buyumlar ramziy-ma’joziy ma’noda qo’llanilib, insonlar fe’l-atvoridagi turli xususiyatlarga ishora tarzida keltiriladi?
A) ertaklarda B) balladalarda
C) masalllarda D) dostonlarda
Qaysi shoirda onasi aytib beradigan ertak, dostonlar ta’siri uning ijodida muhim o’rin tutgan?
A) O’tkir Hoshimov B) A.Avloniy
C) Muqimiy D) H. Olimjon
Qaysi ertak-dostonda erksizlikka, zulmga, qullikka qarshi, keksa kishi va uning qizi bosh ko’targanligi tasvirlangan?
A) “Iskandar Zulqarnayn” B) “Kachal Polvon”
C) “Oygul bilan Baxtiyor” D) “Umr Haqida Ertak”
Sandiqda oqib ketish voqeasi qaysi asarlarda uchraydi?
A) “Oygul bilan Baxtiyor”
B) “Oygul bilan Baxtiyor”, “Tohir va Zuhra”
C) “Oygul bilan Baxtiyor”, “Tohir va Zuhra”, “Semurg‘ yoki Parizod, Bunyod” D) “Tohir va Zuhra”
“Alisherning bolaligi” asari janri va muallifini toping.
A) M.Osim, qissa B) M.Osim, hikoya
C) Oybek, qissa D) Oybek, hikoya
Do'stlaringiz bilan baham: |