Ular o'zining yaratilish davriga ko'ra an'anaviy va zamonaviy bo'lishi bilan bir-biridan farqlanadi. Gap qaysi janr haqida ketmoqda?
A) topishmoq B) ertak
C) masal D) maqol
Narsa-hodisalar majoziy tarzda tasvirlanib, fard, bayt, qit'a, ruboiy va g'azal shaklida yoziladigan janr qaysi?
A) masal B) maqol C) chiston D) ertak
"Matal" atamasi bilan ham yuritiladigan janrlar qaysilar?
A) masal, ertak B) topishmoq, ertak
C) rivoyat, ertak D) afsona, topishmoq
Sahoba Ammor naql qilib aytganlar: Uchta hislatni o'zida mujassam qilgan kishining iymoni mukammal bo'lgaydir. Bular? 1) insofli va adolatli bo'lmoq;
2) tanigan va tanimaganga salom ber-moqlik; 3) barchaga salom bermoq;
4) ochlarga taom bermoq; 5) kambag'allikda ham sadaqa berib turmoq.
A) 1, 2, 5 B) 3, 4, 5 C) 1, 2, 4 D) l, 3, 5
Payg'ambarimiz (s.a.v.) hadisiga ko'ra, kimning rizqi ulug', umri uzun bo'ladi? Hadis rivoyatchisi kim?
A) yetimlarning boshini silagan kishining, Abu Hurayra
B) qarindosh urug'lariga mehr-oqibatli bo'lgan kishining, Yosir ibn Ammor
C) insofli va adolatli bo'lgan kishining, Abdulloh ibn Amr
D) qarindosh urug'lariga mehr-oqibatli bo'lgan kishining, Anas ibn Molik
Surxondaryo, Samarqand, Farg'onada matal so'zi bilan yuritiladigan janr turi nima?
A) masal B) maqol C) ertak D) afsona
Paydo bo'lishida qadimiy urf-odat, marosimlar, tabiat hodisalari, jonivorlar muhim o'rin tutgan janr qaysi?
A) masal B) maqol
C) topishmoq D) ertak
Ko‘l-u tоg‘lik, Bоg‘-u rоg‘lik o‘zbеk еlim.
Mоmо yurti, Bоbо yurti Chаmbilbеlim.
Zаr-u gаvhаr – yaltirоq tоsh, nеdir оlmоs,
Sеn biz uchun hаm nоn, hаm оsh, mаngu mеrоs.
Hasbi hol tarzida yozilgan yuqoridagi misralar muallifini belgilang.
A) Oybek B) Mirtemir
C) Hamid Olimjon D) Erkin Vohidov
Hadislarni sahih va nosahih qismlarga ajratish uslubini kim joriy etgan?
A) Ahmad Yassaviy B) Abullays Samarqandiy
C) Imom al-Buxoriy D) Najmiddin Kubro
Eng yaxshi bolalar yozuvchilari uchun beriladigan xalqaro oltin medal kimning nomida?
A) aka-uka Grimm B) Antuan de Sent-Ekzyuperi
C) Hans Kristian Andersen D) Oskar Uayld
«Yoshlik ayyomining ilk bahori», «Yazd cho‘li» sarlavhali qismlar qaysi asardan olingan?
A) «Guliston» asaridan
B) «Alisherning bolaligi» qissasidan
C) «Zulmat ichra nur» tarixiy qissasidan
D) «Shum bola» qissasidan
Quyidagi fikrlar qaysi janr haqida? «Unda xulosa yo‘q. Hukm yo‘q. Unda sirlilik bor. Unda hamma so‘zlar bir narsani bekitishga qaratilgan».
A) maqol B) masal
C) topishmoq D) hikmatli so‘z
«… o‘sha xalqning tarixi, urf-udumi, turmush tarzi, fe’l-atvori, ruhiyati, qo‘yingki, butun borlig‘i aks etadi. Shunga ko‘ra, ular xilma-xil mavzularda bo‘lishi mumkin».
A) hikmatli so‘zda B) maqolda
C) adabiy ertakda D) muxammasda
«O‘tror», «Mohlaroyim va Xonposhsha» asarlarining muallifi kim?
A) Mirkarim Osim B) Asqad Muxtor
C) Maqsud Shayxzoda D) Abdulla Qodiriy
M. Sholoxovning «Tinch oqar Don», S. Borodinning «Yeldirim Boyazid» nomli romanini, L. Batning «Hayot bo‘stoni» qissasini o‘zbek tiliga tarjima qilgan ijodkor kim?
A) G‘afur G‘ulom B) Mirkarim Osim
C) Hamid Olimjon D) Ozod Sharafiddinov
Ibratli fikr aytilishi talab etiladigan, bu ibratli fikr hukm shaklida yangraydigan folklor janri qaysi?
A) hikmatli so‘z B) matal
C) maqol D) ertak
Qaysi janrdagi she’rlarda narsalarning sifati, belgilari, o‘xshashligi, mayda unsurlari batafsil ta’rif qilinadigan bo‘lsa, ular ikki, uch, to‘rt va undan ko‘p misralarda ifodalanadi?
A) maqollarda B) ertaklarda
C) topishmoqlarda D) masallarda
Dastlabki qissasi 1925-yilda «Yangi ariq» nomi bilan yaratilgan ijodkor kim?
A) Mirkarim Osim B) G‘afur G‘ulom
C) To‘ra Sulaymon D) Maqsud Shayxzoda
Qaysi janrni «otalar so‘zi» deb ham ataydilar?
A) maqol B) aforizm
C) matal D) ertak
A. Navoiyning quyidagi hikmatli so‘zlari qaysi me’moriy yodgorlik gumbaziga bitilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |