«Tor, qiyshiq ko‘chaning o‘ksiz oqshomini Tursunqul akaning churuk darvozasi tepasiga o‘tqizilgan bir fanorning titrak nurlarigina yoritar edi».
A) «Fanorchi ota» B) «Qutlug‘ qon»
C) «Gulnor opa» D) «Bolaning ko‘ngli poshsho»
Quyidagi fikrlar qaysi ijodkor haqida? «Ko‘nglidan kechgan barcha tuyg‘ulari she’rga ko‘chgan. U gohida O‘zbekistonimizning paxtazor dalalarini kezib, mehnatkash dehqonlar bilan tanishib, barchaning bunyodkorlik bilan yashayotganidan ta’sirlanib, zavqqa to‘lib shunday satrlar bitadi:
Shavkatim, faxrim mening,
Dengiz-u nahrim mening,
Yuragim, bag‘rim mening –
Paxtakor respublikam».
A) Mirtemir B) Usmon Nosir
C) Asqad Muxtor D) Maqsud Shayxzoda
«Tangri marhumlarga qayta jon ato qilsa-yu onalar tirilib qolsa, hayot paytida mehr berganmi, bermaganmi – baribir farzandlarini maqtab gapirgan bo‘lardi. Onalar hatto vafotidan keyin ham onaligicha qoladi» misralari muallifi kim?
A) Oybek B) Mirtemir
C) Ozod Sharafiddinov D) O‘tkir Hoshimov
Quyidagi ta’rifda qaysi buyuk zot nazarda tutilgan?
«Agar bu zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir».
A) Sa’diy Sheroziy B) Mavlono Lutfiy
C) Alisher Navoiy D) Imom Buxoriy
Quyidagi hikmat muallifi va janrini toping.
Bo‘g‘oz xotun, ayo donoyi hushyor,
Tug‘ar vaqtida garchi mor tug‘g‘oy.
Base yaxshidur ul farzanddinkim
Ani nodon va nohamvor tug‘g‘oy.
A) Turdi Farog‘iy, qit’a B) Sa’diy Sheroziy, qit’a
C) Alisher Navoiy, ruboiy D) Bobur, ruboiy
Quyidagi misralar muallifi kim?
Tug‘ilib o‘sgan yerim ushbu vatan, vujudim xok,
O‘lursa aslina roje’ bo‘lurmi man g‘amnok.
A) Avloniy B) Sa’diy Sheroziy C) Bobur D) Furqat
Ilk hikoyalar to‘plami «Qishloq bolalari» nomi bilan 1958-yilda chop etilgan ijodkor kim?
A) Abdulla Qahhor B) Anvar Obidjon
C) Janni Rodari D) Nodar Dumbadze
Kimning she’rida shabnam kelinlar taqinchog‘iga, uzuk ko‘zlariga, ko‘zmunchoqqa, qizlarning suzilib turgan ko‘zlariga qiyoslanadi?
A) Abdulla Oripov B) Hamid Olimjon
C) Usmon Nosir D) Mirtemir
«O‘t», «sut», «qut» so‘zlarini marjondek bir qatorga tizib, ham kuchli ma’no, ham yoqimli ohangdorlikni ta’min etgan shoir kim?
Ko‘k yuzida dam qaldiroq, dam sukut,
Yog‘may o‘tma, pag‘a bulut – oq bulut!
Yog‘ib o‘tsang – tizza bo‘yi o‘t bo‘lur,
O‘t bo‘lur ham sut bo‘lur, ham qut bo‘lur.
A) Usmon Nosir B) Mirtemir
C) Hamid Olimjon D) Abdulla Oripov
Qaysi ijodkor dastlabki qissasi bilan yirik adib Abdulla Qahhorning nazariga tushgan?
A) Oybek B) G‘afur G‘ulom
C) Asqad Muxtor D) O‘tkir Hoshimov
Quyidagi misralar muallifi kim?
«Cho‘g‘dek lovullagan qizg‘aldoqlar, saf tortgan gulsapsarlar orasida marmartoshlar ko‘rinadi. Oq marmar, qora marmar, ko‘k marmar... «Onajon, sizni toabad unutmaymiz», «Onajon, qildingiz bizga jon fido, e voh, taqdir sizdan ayladi judo», «Onajon, xotirangiz qalbimizda mangu yashaydi...»
A) O‘tkir Hoshimov B) Usmon Nosir
C) Shukrullo D) Oybek
Quyidagi misralar muallifi kim?
«Yaxshi odamning uyida yomon xotin davosiz dard, hayosiz dushman kabidir. Bunday xotin bilan yashamoqdan Yaratganning do‘zaxi olovida yonmoqni afzal bilaman».
A) Abdulla Avloniy B) Gulxaniy
C) Muqimiy D) Sa’diy Sheroziy
«Zafar», «Qaynashlar», «Tong» to‘plamlari muallifi kim?
A) Abdulla Oripov B) Mirtemir
C) Usmon Nosir D) Maqsud Shayxzoda
«O‘zbekiston xalq yozuvchisi» degan yuksak unvonga sazovor bo‘lgan, 63 yoshida og‘ir xastalik tufayli hayotdan ko‘z yumgan ijodkor kim?
A) Oybek B) O‘tkir Hoshimov
C) Mirkarim Osim D) Asqad Muxtor
Quyidagi hikmat muallifini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |