Odam bolasi o’zining qaysi qobiliyati bilan boshqa mavjudotlardan farq qiladi?
A) imo-ishora qilish B) fikrlay olish
C) so’zlashish D) anglash
…insоnning оrzu-хаyoli, umid vа аrmоnlаrini bаdiiy so‘z yordаmidа ifоdа etishi. Nuqtalar o’rnidagi to’g’ri so’zni toping.
A) she’riyat B) adabiyotshunoslik
C) adabiyot D) badiiy so’z
Adabiyotning asosiy quroli nima?
A) she’r B) badiiylik
C) gap D) badiiy so‘z
Quyidagi misralar Muhammad Yusufning qaysi she’ridan olingan?
Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga.
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
A) «Lolaqizg‘aldoq» she’ridan
B) «O‘zbekiston» she’ridan
C) «Iltijo» she’ridan
D) «Vatanim» she’ridan
Vatanning singilga qiyoslanishi kimning qaysi she’rida uchraydi?
A) Muhammad Yusuf «O‘zbekiston»
B) Abdulla Oripov «Iltijo»
C) Azim Suyun «O‘zbekiston»
D) Muhammad Yusuf «Vatanim»
Poytaxtimiz Toshkentning markazida ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy haykali o‘rnatilgan. Uni o‘rab turgan moviy gumbaz ostiga shoirning qaysi misralari bitilgan?
A) Orazin yopg‘och, ko‘zumdin sochilur har lahza yosh,
Bo‘ylakim paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘och quyosh.
B) Odamiy ersang, demagil odami
Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.
C) Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig‘,
Yor o‘lung bir-biringizgakim, erur yorlig‘ ish.
D) Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur,
Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur.
Badiiy adabiyotning yozma shakli nechta adabiy turga bo‘linadi?
A) 2 ta: nasr, nazm
B) 3 ta: nasr, nazm (she’riyat), dramaturgiya
C) 4 ta: nasr, nazm, she’riyat, dramaturgiya
D) 4 ta: nasr, nazm, dramaturgiya, maxsus tur
Katta-kichik she’rlar, she’riy masallar, ballada va dostonlar adabiyotning qaysi turini hosil qiladi?
A) she’riyat B) nasr
C) dramaturgiya D) maxsus tur
Ertaklar, hikoya va ocherklar, qissa va romanlar birlashib so‘z san’atining qaysi turini tashkil qiladi?
A) she’riyat B) dramaturgiya
C) maxsus tur D) nasr
Kichik sahna asari bo‘lmish intermediyalardan tortib yirik drama, komediya, tragediya singari sahna asarlari mansub bo‘lgan adabiy tur qaysi?
A) she’riyat B) nasr
C) maxsus tur D) dramaturgiya
Qaysi adabiy turga mansub asarlar muallif ixtiyoriga ko‘ra she’riy yo‘l bilan ham, nasriy yo‘l bilan ham yozilishi mumkin?
A) she’riyatga mansub asarlar
B) nasrga mansub asarlar
C) dramaturgiyaga mansub asarlar
D) to‘g‘ri javob yo‘q
Barcha avlod va xalqlarga birdek qadrli bo‘lib qolaveradigan, haqiqiy adabiyot namunasi bo‘lgan «Odisseya» asari muallifi kim?
A) Shekspir B) Aristotel
C) Gyote D) Homer
Mashhur «Odisseya» asari qaysi xalqning dostoni hisoblanadi?
A) yunon B) rus C) lotin D) fransuz
Nasrda ijod qiluvchilar qanday nomlanadi?
A) nosirlar B) adabiyotshunoslar
C) shoirlar D) olimlar
Ballada va roman qanday shaklda yoziladi?
A) Ballada va roman she’riy va nasriy shaklda yoziladi.
B) Ballada nasriy shaklda, roman esa she’riy shaklda yoziladi.
C) Ballada she’riy shaklda, roman esa nasriy shaklda yoziladi.
D) Ballada she’riy shaklda, roman esa she’riy va nasriy shaklda yoziladi.
Nasriy asarlarni toping.
A) ertak, hikoya, ocherk, ballada, roman
B) drama, hikoya, ocherk, roman
C) ertak, hikoya, ocherk, qissa, roman
D) roman, hikoya, ocherk, qissa, doston
Nuqtalar o‘rniga mos ismlarni qo‘ying. «Nemis shoiri ... asarlarini o‘zbeklar qanchalik qiziqish bilan mutolaa qilsalar, Boburning «Boburnoma» kitobini nemislar shunchalik diqqat bilan o‘rganadilar».
A) Shekspir B) Gyote
C) Balzak D) Gitler
Dramatik asarlar qanday yo`l bilan yaratilishi mumkin?
A) yo nasriy, yo she’riy B) faqat she’riy
C) faqat nasriy D) nazmiy
Do'stlaringiz bilan baham: |