Alisher Navoiy
«Sher bilan durroj» hikoyatida har gal sherning bolasini nimalar o‘ldirishardi?
A) quzg‘unlar B) sirtlonlar
C) asarilar D) chumolilar
Yosh Alisher necha yoshlarida she’r yod olib, ko‘plarni hayratga solgan?
A) ikki-uch yoshlarida
B) uch-to‘rt yoshlarida
C) to‘rt-besh yoshlarida
D) besh-olti yoshlarida
Alisher Navoiy necha yoshida maktabga borgan?
A) to‘rt B) besh C) olti D) yetti
«Sher bilan durroj» hikoyatida yirtqich sher dam olib yotsa, atrofida durroj bemalol uchib yurishini shoir qanday tasvirlaydi?
A) yerning ustida oq bulut aylanganday
B) gadoyning tepasida baxt qushi aylanganday
C) shamning atrofida parvona aylanganday
D) sultonning tepasida humo qushi aylanganday
Navoiy yoshligida qaysi buyuk ijodkorlarning asarlarini sevib o‘qigan?
1) Farididdin Attor;2) Nizomiy Ganjaviy;
3) Shayx Sa’diy; 4) Xusrav Dehlaviy;
5) Abulqosim Firdavsiy.
A) 1, 4, 5 B) 2, 3, 4, 5
C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 3, 4
"Quyidagi fikrlar qaysi asar haqida?
«…kitobi yosh Alisherning xayolini tamom egallab oldi. Ota-onasi tashvishga tushib, bu kitobni yosh Alisherdan olib, bekitib qo‘yishadi. Lekin Alisher kitobni butunlay yod olgan edi».
A) Farididdin Attorning «Lison ut-tayr» («Qush nutqi») asari
B) Nizomiy Ganjaviyning «Panj-ganj» («Besh xazina») asari
C) Xusrav Dehlaviyning «Panj-ganj» («Besh xazina») asari
D) Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr» («Qush nutqi») asari
Alisher Navoiy necha yoshlaridan she’r mashq qila boshlagan?
A) uch–to‘rt yoshlaridan
B) to‘rt–besh yoshlaridan
C) besh–olti yoshlaridan
D) yetti–sakkiz yoshlaridan
Alisher Navoiyning taxalluslari bilan bog‘liq to‘g‘ri javobni toping.
1) «Foniy» forschada «abadiy hayot» ma’nosini beradi.
2) Shoir forscha she’rlariga «Navoiy», ba’zan «Foniy» taxallusini qo‘ygan.
3) «Navoiy» taxallusi «navo» – «g‘am» so‘zidan olingan.
4) «Foniy» forschada «vaqtincha» ma’nosini beradi.
5) «Navoiy» taxallusi «navo» – «kuy» so‘zidan olingan.
6) Shoir o‘zbekcha she’rlariga «Navoiy», forschalariga «Foniy» taxallusini qo‘ygan
A) 1, 2, 3 B) 4, 5, 6 C) 1, 2, 3, 5 D) 3, 4, 5, 6
Alisher Navoiy necha yoshlarida o‘z she’rlari bilan zamonasining eng mashhur shoirlarini ham hayratga solgan?
A) 7 B) 8 C) 9 D) 12
Navoiy nechta she’riy devon tuzgan?
A) 5 B) 6 C) 7 D) 8
Navoiy Nizomiy Ganjaviyning qaysi asariga javob sifatida o‘zining mashhur «Xamsa»sini yozdi?
A) «Panj ganj» B) «Maxzan ul-asror»
C) «Haft avrang» D) «Haft paykar»
Navoiy qancha nasriy asar yaratgan?
A) yigirmadan ortiq B) o‘ndan ortiq
C) qirqqa yaqin D) o‘ttizga yaqin
«Sher bilan durroj» hikoyati Navoiy «Xamsa»sining qaysi dostonida uchraydi?
A) «Sab’ai sayyor» B) «Hayrat ul-abror»
C) «Saddi Iskandariy» D) «Farhod va Shirin»
Navoiy «Hayrat ul-abror» dostonida yolg‘on – egrilikdan, to‘g‘rilik – haqiqatdan iboratligi haqida gapirarkan qaysi kasb egalarini misol qilib keltiradi?
A) bog‘bon va dehqon
B) bog‘bon va cho‘pon
C) dehqon va savdogar
D) cho‘pon va savdogar
«Hayrat ul-abror»ning o‘ninchi maqolatida to‘g‘rilikni da’vo qilgan kishilar necha toifa bo‘lishi aytiladi va bular qaysilar?
A) 2 toifa: so‘zi ham o‘zi ham to‘g‘ri kishilar; yolg‘on gapni taassuf bilan, uyalganidan to‘g‘ri deydiganlar.
B) 3 toifa: so‘zi ham o‘zi ham to‘g‘ri kishilar; yolg‘on gapni ba’zan gapiradiganlar, yolg‘on gapni taassuf bilan, uyalganidan to‘g‘ri deydiganlar.
C) 3 toifa: so‘zi ham o‘zi ham to‘g‘ri kishilar; so‘zi to‘g‘ri bo‘lib, o‘zi egri kishilar; o‘zi to‘g‘ri bo‘lib, so‘zi egri kishilar.
D) 2 toifa: so‘zi ham o‘zi ham to‘g‘ri kishilar; yolg‘on gapni ba’zan gapiradiganlar.
«Hayrat ul-abror» dostoni necha bob va necha maqolatdan tashkil topgan?
A) 63 bob, 20 maqolat B) 64 bob, 20 maqolat
C) 63 bob, 30 maqolat D) 64 bob, 30 maqolat
Alisher Navoiy qaysi asarida o‘z zamonasidan biroz noliydi va odamlar rostgo‘ylikdan chekinayotgani, yolg‘on-yashiq kuchayib ketayotganidan xavfsiraydi?
A) «Lison ut-tayr» B) «Saddi Iskandariy»
C) «Munshaot» D) «Hayrat ul-abror»
Quyidagi she’rni Navoiy necha yoshida necha yoshli Mavlono Lutfiyga yod aytib beradi?
Orazin yopg‘och, ko‘zumdin sochilur har lahza yosh, Bo‘ylakim paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘och quyosh.
A) 12, 90 B) 13, 80 C) 12, 80 D) 13, 90
«Sher bilan durroj» hikoyatidan olingan quyidagi baytda gap nima haqida ketyapti?
Doyim anga bu g‘am aro g‘am edi,
G‘am neki, motam uza motam edi.
A) sherning o‘z bolasini tishlab, yara qilgani
B) durrojning sherdan qo‘rqishi
C) durrojning yolg‘onchiligi
D) durrojning ovchilardan qo‘rqishi
«Sher bilan durroj» hikoyatida keltirilgan durroj nima?
A) kakku B) kaptarning bir turi, qirg‘ovul
C) tovus D) kaptarning bir turi, kaklik
Navoiyning ota-onasi bilan bog‘liq to‘g‘ri ma’lumotlar berilgan javobni toping.
1) Otasi – Ilyosiddin Muhammad.
2) Onasi – Oychechak.
3) Otasini «Kichkina bahodir» deb ham atashgan.
4) Otasi – G‘iyosiddin Muhammad.
5) Onasining ismi ma’lum emas.
6) Otasi temuriylar xonadoniga yaqin odamlardan edi.
7) Otasini «Kichkina Mahmud» deb ham atashgan.
A) 3, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 6 C) 4, 6, 7 D) 4, 5, 7
Alisher Navoiyning maktabdosh do‘sti kim edi?
A) Husayn Boyqaro B) Shohrux Mirzo
C) Abulqosim Bobur D) Abusaid Mirzo
Alisher Navoiy yo‘lda tasodifan zamonasining mashhur tarixchisi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashib qolganda necha yoshda edi?
A) to‘rt B) besh C) olti D) yetti
Alisher Navoiyning otasi qayerga hokim bo‘lgan va ulg‘aygach shoirning o‘zi ham qayerga hokimlik qilgan?
A) Astrobodga, Sabzavorga
B) Sabzavorga, Astrobodga
C) Mashhadga, Sabzavorga
D) Mashhadga, Astrobodga
1452-yilda taxtga chiqqan qaysi hukmdor Alisherning otasini Sabzavorga hokim qilib tayinlaydi?
A) Husayn Boyqaro B) Shohrux Mirzo
C) Abulqosim Bobur D) Abusaid Mirzo
“Hayrat ul-abror”ning rostgo’ylik, to’g’rilik tushunchalariga bag’ishlangan maqolati nеchanchi maqolat?
A) 10 B) 20 C ) 12 D) 8
Do'stlaringiz bilan baham: |