Zahiriddin Muhammad Bobur
«Bobur» so‘zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi?
A) fors tilida «sher» degani
B) fors tilida «yo‘lbars» degani
C) arab tilida «yo‘lbars» degani
D) arab tilida «sher» degani
Bobur nechta devon tuzgan va bizgacha shulardan nechtasi yetib kelgan?
A) to‘rtta, ikkita B) uchta, ikkita
C) uchta, bitta D) ikkita, bitta
Hozirda adabiyotshunoslar qo‘lida Boburning qancha she’ri bor?
A) yuzga yaqin B) ikki yuzdan ortiq
C) uch yuzga yaqin D) to‘rt yuzdan ortiq
Boburning bizgacha yetib kelgan she’rlarining qanchasi ruboiy hisoblanadi?
A) yuzga yaqini B) ikki yuzdan ortig‘i
C) uch yuzga yaqini D) uch yuzdan ortig‘i
Quyidagi ruboiyning yozilish tarixi bilan bog‘liq voqealarni toping.
Ko‘ngli tilagan murodig‘a yetsa kishi
Yo barcha murodlarni tark etsa kishi.
Bu ikki ish muyassar bo‘lmasa olamda,
Boshini olib bir sorig‘a ketsa kishi.
1) Samarqandni ikki marta qo‘lga kiritib, ikki marta ham tashlab chiqishga majbur bo‘lgan paytlar.
2) 19–20 yoshlarida, g‘ayrati dunyoga sig‘magan paytlar.
3) Andijon xiyonatchilar qo‘liga o‘tgan paytlar.
4) Ikki-uch yil tog‘-u toshlarda sarson-sargardon yurgan paytlar.
5) Hindistonni zabt etgan paytlar.
A) 1, 2, 5 B) 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 3, 4
Bobur ruboiylarida qaysi mavzu yetakchilik qiladi?
A) go‘zal yor sog‘inchi va ilohiy muhabbat mavzusi
B) Vatan sog‘inchi va ilohiy muhabbat mavzusi
C) Vatan sog‘inchi, ona diyorni qo‘msash mavzusi
D) ona tabiatga muhabbat mavzusi
Bobur ruboiylarining ko‘pchiligida sevimli yor, vasl va hajr qanday ma’nolarni anglatgan?
A) Olloh, Ollohga yetishmoq, Ollohdan uzoqda bo‘lmoq
B) go‘zal yor, go‘zalga yetishmoq, go‘zaldan uzoqda bo‘lmoq
C) Vatan, Vatanga yetishmoq, Vatandan uzoqda bo‘lmoq
D) tabiat, tabiat go‘zalligidan bahra olmoq, tabiat go‘zalligidan yiroqda bo‘lmoq
Boburning qaysi ruboiysi mazmunini shoirning hayotdagi shiori edi deyish mumkin?
A) «Hajringda bu tun ko‘ngulda qayg‘u erdi»
B) «Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen»
C) «Har kimki, vafo qilsa, vafo topqusidur»
D) «Jismimda isitma kunda mahkam bo‘ladur»
Bobur «Ey bodi sabo» deb boshlanuvchi ruboiysida qayerdagi yoriga xabar yuboradi?
A) Hindistondagi B) Andijondagi
C) Farg‘onadagi D) Xurosondagi
Boburning qaysi ruboiysida yaxshilikning sharofati, yomonlik-ning kasofati, vafoga vafoning, jafoga jafoning qaytajagi haqida so‘z ketadi?
A) «Har kimki, vafo qilsa, vafo topqusidur»
B) «Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen»
C) «Hajringda bu tun ko‘ngulda qayg‘u erdi»
D) «Jismimda isitma kunda mahkam bo‘ladur»
Bobur qaysi janrning tengsiz namunalarini yarata olgan?
A) ruboiy B) g‘azal C) qit’a D) tuyuq
Boburning quyidagi ruboiysi necha yoshlarida yozilgan?
Ko‘ngli tilagan murodig‘a yetsa kishi,
Yo barcha murodlarni tark etsa kishi...
Bu ikki ish muyassar bo‘lmasa olamda,
Boshini olib bir sorig‘a ketsa kishi.
A) 12–14 B) 15–18 C) 19–20 D) 25–28
Bobur butun ko‘rgan-kechirganlarini qaysi asarida mufassal bayon qilgan?
A) «Xatti Boburiy»da
B) «Mubayyin al-zakot»da
C) «Muxtasar»da
D) «Boburnoma»da
Bobur qalamiga mansub quyidagi misralar qanday janrda yozilgan va «sarrishtayi aysh» birikmasining ma’nosi nima?
Tuz, oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.
Sarrishtayi ayshdin ko‘ngulni zinhor
Uz, oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.
A) ruboiy; maishat, turmush tutumi
B) ruboiy; tong shamoli, mayin shabada
C) tuyuq; maishat, turmush tutumi
D) tuyuq; tong shamoli, mayin shabada
Umarshayx Mirzo qayerning hokimi edi?
A) Toshkentning B) Samarqandning
C) Farg‘onaning D) Qo‘qonning
Bobur Samarqandni necha marta egallagan?
A) 1 marta B) 2 marta C) 3 marta D) 4 marta
Bobur ruboiylarida ko‘pincha nimalar aks etadi?
A) tabiat tasviri
B) go‘zal yorga bo‘lgan sof muhabbat
C) ilohiy ishq talqinlari
D) shoirning hayoti manzaralari
Zahiriddin Muhammad Boburning otasi kim?
A) Abulqosim Mirzo B) Shohrux Mirzo
C) Umarshayx Mirzo D) Yunusxon
Boburning quyidagi ruboiysida qo‘llanilgan «siym» va «laim» so‘zlarining ma’nolarini toping.
Beqaydmen-u, xarobi siym ermasmen,
Ham mol yig‘ishtirur laim ermasmen.
Kobulda iqomat etti Bobur, dersiz,
Andoq demangizlarkim, muqim ermasmen.
A) bezak, savdogar B) oltin, kumush; gado
C) banda, hammol D) inson, gado
Bobur qaysi shaharlarni jangsiz egallaydi?
A) Kobul va Agrani B) Agra va Dehli
C) Dehli va Kobulni D) Kobul va G‘aznani
Boburning quyidagi ruboiysidagi «g‘urbat» so‘zini izohlang.
Yod etmas emish kishini g‘urbatda kishi,
Shod etmas emish ko‘ngulni mehnatda kishi.
Ko‘nglum bu g‘ariblikda shod o‘lmadi, oh,
G‘urbatda sevinmas emish, albatta, kishi.
A) g‘ariblik, vatandan uzoqda bo‘lish
B) azob, mashaqqat
C) nochorlik, tinimsiz harakat
D) kambag‘allik, bilimsizlik
Bobur necha yoshida bobomeros Samarqandni zabt etadi va necha yoshida bu azim shaharni tashlab chiqishga majbur bo‘ladi?
A) 12, 13 B) 13, 14 C) 15, 16 D) 16, 17
Boburning quyidagi ruboiysidagi «beqayd» so‘zining ma’nosi?
Beqaydmen-u, xarobi siym ermasmen,
Ham mol yig‘ishtirur laim ermasmen.
Kobulda iqomat etti Bobur, dersiz,
Andoq demangizlarkim, muqim ermasmen.
A) erkin B) kishansiz
C) oltin-kumushsiz D) A va B
Bobur ruboiylarida qo‘llangan «ahbob», «payom» so‘zlarining ma’nolarini toping.
A) do‘stlar, yorlar; xat
B) sahobalar; xabar, darak
C) do‘stlar; xat, maktub
D) do‘stlar; xabar, darak
Boburning onasi kim?
A) Zuhrabegim B) Bibixonim
C) Qutlug‘nigorxonim D) Gavharshodbegim
Toshkent hokimi Yunusxon Boburga kim bo‘ladi?
A) ota tomondan bobosi
B) ona tomondan bobosi
C) katta tog‘asi
D) kichik amakisi
Boburning quyidagi ruboiysidagi «ijtinob» so‘zining ma’nosini toping.
Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen,
Sen shu’lasen, ul shu’lag‘a kuldurmen.
Nisbat yo‘qdur, deb ijtinob aylamakim,
Shohmen elga, vale senga quldurmen!
A) yiroqlashish B) tortinish, chekinish
C) saqlanish D) barcha javoblar to‘g‘ri
Otasi bevaqt vafot etgach, Farg‘ona hokimligi necha yoshli Boburning zimmasiga tushadi?
A) 10 yoshli B) 12 yoshli
C) 15 yoshli D) 16 yoshli
Bobur qachon va qayerda tug‘ilgan?
A) 1473-yilning 9-fevralida Andijonda
B) 1473-yilning 14-fevralida Farg‘onada
C) 1483-yilning 14-fevralida Andijonda
D) 1483-yilning 9-fevralida Farg‘onada
Bobur qachon, qayerda vafot etadi va keyinroq uning xoki, vasiyatiga muvofiq, qaysi shaharga ko‘chiriladi?
A) 1530-yilning 26-dekabrida Agrada, Dehliga
B) 1530-yilning 26-dekabrida Agrada, Kobulga
C) 1526-yilning 26-dekabrida Dehlida, Kobulga
D) 1526-yilning 26-dekabrida Dehli, Agraga
Boburning ikki-uch yil tog‘-u toshda sarsonsargardon yurgan paytlarida yozilgan ruboiysi qaysi?
A) “Hajringda bu tun ko‘ngulda qayg‘u erdi”
B) “Tole’ yo‘qi jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi”
C) “Ko‘ngli tilagan murodiga yetsa kishi”
D) “Beqaydmen-u, xarobi siym ermasmen”
Boburning qaysi devoni bizgacha yetib kelgan?
A) “Hind” devoni B) “Kobul” devoni
C) “Samarqand” devoni D) “G’azna” devoni
Do'stlaringiz bilan baham: |