O’tkir Hoshimov
O‘tkir Hoshimov qachon va qayerda tug‘ilgan?
A) 1931-yili Andijonning Gavkush mahallasida
B) 1941-yili Toshkentning Do‘mbirobod mahallasida
C) 1951-yili Toshkentning Kattaqo‘rg‘on mahallasida
D) 1961-yili Andijonning Qovunchi mahallasida
Abdulla Qahhor O‘tkir Hoshimovning qaysi asarini o‘qib, unga maktub bitib, asar uni suyuntirib yuborganini aytadi?
A) «Cho‘l havosi»
B) «Urushning so‘nggi qurboni»
C) «Ikki eshik orasi»
D) «Dunyoning ishlari»
O‘tkir Hoshimovning hikoyalarini toping.
1) «Urushning so‘nggi qurboni»; 2) «Bahor qaytmaydi»;
3) «Shamol esaveradi»; 4) «Muhabbat».
A) 1, 3 B) 2, 3 C) 3, 4 D) 1, 4
O‘tkir Hoshimov romanlarini toping.
1) «Nur borki, soya bor»; 2) «Ikki eshik orasi»; 3) «Qatag‘on»;
4) «Ikki karra ikki – besh»; 5) «Tushda kechgan umrlar».
A) 1, 3, 4 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 5
Quyidagilardan qaysi qissa eng ezgu, eng samimiy tuyg‘ular haqida, eng e’zozli zot – ONA to‘g‘risida hikoya qiladi?
A) «Gilam paypoq»
B) «Mening o‘g‘rigina bolam»
C) «Oq kema»
D) «Dunyoning ishlari»
O‘tkir Hoshimovning qissalarini toping.
1) «Odamlar nima derkin»; 2) «Nur borki, soya bor»; 3) «Ikki karra ikki besh»;
4) «Bahor qaytmaydi»; 5) «Dunyoning ishlari»;
6) «Shamol esaveradi».
A) 1, 2, 4, 5 B) 3, 4, 5, 6
C) 1, 3, 4, 5, 6 D) 1, 5, 6
O‘tkir Hoshimovning dramalarini toping.
1) «Shamol esaveradi»; 2) «Muhabbat»; 3) «To‘ylar muborak»;
4) «Qatag‘on»; 5) «Inson sadoqati».
A) 1, 2, 5 B) 1, 3, 4 C) 3, 4, 5 D) 2, 3, 4
O’tkir Hoshimovning hikmatlar to’plamini belgilang.
A) “Dunyoning ishlari”
B) “Nur borki, soya bor”
C) “Daftar hoshiyasifagi bitiklar”
D) “Odamlar nima derkin”
«Dunyoning ishlari» asari haqidagi quyidagi fikrlar muallifi kim? «...dostondek o‘qiladi. Uni o‘qib o‘z onalarimizni o‘ylab ketamiz».
A) Abdulla Qahhor B) Oybek
C) Hamid Olimjon D) Said Ahmad
Hakima aya «Dunyoning ishlari» qissasidagi qaysi hikoya qahramoni?
A) «Iltijo» B) «Gilam paypoq»
C) «Qarz» D) «Oq marmar, qora marmar»
«Dunyoning ishlari» qissasi tarkibiga kiruvchi «Gilam paypoq» hikoyasidagi bolaning tomoq og‘rig‘iga ona qanday davo choralarini qilib ko‘radi?
A) Tomoqni achchiqtosh bilan chayadi, turshak qaynatib suvini ichiradi.
B) Tomoqni achchiqtosh bilan chayadi, qarg‘aning miyasini chaqib surtadi.
C) Tomoqqa kepakni qizitib bosadi, turshak qaynatib suvini ichiradi.
D) Tomoqqa sho‘r paxta qilib bosadi, tomoqni sho‘r suv bilan chayib ko‘radi.
«Dunyoning ishlari» qissasi tarkibidagi hikoyalarni toping.
1) «O‘ris bolaning oyisi»; 2) «Alla»; 3) «Tush»;
4) «Oq-oydin kechalar»; 5) «Oltin baldoq»;
6) «Gilam paypoq»; 7) «Iltijo»; 8) «Onajonim».
A) 2, 3, 4, 5, 6, 7 B) 3, 4, 5, 6, 7, 8
C) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 D) 1, 2, 3, 6, 7, 8
«Gilam paypoq» hikoyasida ona qattiq shamollab qolgan o‘g‘ilchasini olib, shosha-pisha, tahlika bilan halloslagancha kimning uyiga yuguradi?
A) tabib Roqiya buvining
B) tabib Anor buvining
C) tabib Hoji buvining
D) tabib Bashor buvining
Quyidagi hikoyalardan qaysi birida insonning ona oldidagi farzandlik burchi hech qachon to‘lab bo‘lmas qarz ekani nihoyatda ta’sirchan ifodalanadi?
A) «Iltijo» B) «Gilam paypoq»
C) «Qarz» D) «Oq marmar, qora marmar»
«Dunyoning ishlari» qissasidagi qaysi hikoya qahramoni kamtargina nafaqasini ham qo‘shnilarining farzandlari xursandchiligiga sarflaydi?
A) «Iltijo» B) «Gilam paypoq»
C) «Qarz» D) «Oq marmar, qora marmar»
Quyidagi parcha O‘tkir Hoshimovning qaysi asari boshlanmasi? «Qabriston g‘ishtin devor bilan o‘ralgan. Darvozaning narigi tomonida – go‘rkovning hujrasi. Berigi tomonida – tashqarida uning hovlisi».
A) «Iltijo» B) «Oq marmar, qora marmar»
C) «Alla» D) «Gilam paypoq»
Quyidagi parcha «Dunyoning ishlari» qissasidagi qaysi hikoyadan olingan?
«Qish kechalari sandalga suqilib tizilishib yotardik. Uy nim qorong‘i. Piligi pastlatib qo‘yilgan chiroq xira nur sochadi. Shiftda lampa shisha uchidan chiqqan nur doirasi ko‘rinadi. Chiroq doim bir joyda turgani uchun shiftning o‘sha yeri sarg‘ayib qolgan».
A) «Iltijo» B) «Qarz»
C) «Gilam paypoq» D) «Alla»
O‘tkir Hoshimovning «Alla» hikoyasi qahramoni qayerda tunab qolganlarida qimiz ichib, sovuq suzma yeganlaridan keyin biri namatga, biri po‘stakka yonboshlagancha uxlab qolganliklarini va sovuq qotib uyg‘onib ketganida yuragini shirin orziqtirgan allani eshitganini aytadi?
A) qirg‘iz o‘tovida B) qozoq o‘tovida
C) qoraqalpoq o‘tovida D) turkman o‘tovida
O‘tkir Hoshimovning qaysi hikoyasida «sap-sariq sochli, barvasta gavdali, yuzini sepkil bosgan juvon» obrazi bor?
A) «Iltijo» B) «Alla»
C) «Gilam paypoq» D) «Qarz»
Quyidagi parcha O‘tkir Hoshimovning qaysi hikoyasidan olingan?
«Esingizdami, oyi, siz bir marta, atigi bir marta, o‘shandayam hazillashib: «Meniyam kitob qilib yozsang-chi, o‘g‘lim», – degan-dingiz. Men: «Sizning nimangizni kitob qilaman, oyi?», – degan edim. Xafa bo‘lmang, men ham hazillashgan edim. Mana o‘sha kitob».
A) «Haqqush»
B) «Oq marmar, qora marmar»
C) «Iltijo»
D) «Gilam paypoq
Quyidagi parcha O‘tkir Hoshimovning «Dunyoning ishlari» qissasidagi qaysi hikoyadan olingan?
Do'stlaringiz bilan baham: |