Odam bolasi o’zining qaysi qobiliyati bilan boshqa mavjudotlardan farq qiladi?



Download 0,63 Mb.
bet8/38
Sana25.03.2022
Hajmi0,63 Mb.
#510258
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38
Bog'liq
5-sinf adabiyot test to\'plam Javobli

Mirkarim Osim

  1. Mirkarim Osim qachon va qayerda tug’ilgan?
    A) 1909-yil 12-dekabrda Jizzax shahrida
    B) 1907-yilda Toshkent shahrida
    C) 1907-yil 10-yanvarda Toshkentda
    D) 1909-yilda Qashqadaryoda

  2. Mirkarim Osim qanday nomdagi boshlang’ich maktabda o’qigan?
    A) “Mehtar anbar” B) “Hokim oyim”
    C) “Hazrat” D) “Shams ul-urfon”

  3. Mirkarim Osimning dastlabki qissasi qanday nomlangan?
    A) "Yangi ariq" B) "Astrobod"
    C) "To'maris" D) "Aljabrning tug'ilishi”

  4. Mirkarim Osimning tarixga oid dastlabki yirik asari qanday nomlangan?
    A) "Yangi ariq" B) "Astrobod"
    C) "To'maris" D) "Aljabrning tug'ilishi"

  5. Mirkarim Osimning qaysi asarini sho’ro hukumati o’z vaqtida e’lon qilinishiga yo’l qo’ymagan?
    A) "Yangi ariq" B) "Aljabrning tug'ilishi”
    C) "Astrobod" D) "Zulmat ichra nur”

  6. Mirkarim Osimning Navoiyga bag‘ishlangan asarlarini toping?
    1) «Ulug‘bek va Navoiy»; 2) «Badarg‘a»; 3) «Navoiyning yoshligi»;
    4) «Alisher Navoiy va Darvishali»; 5) «Navoiyning xislatlari»; 6) «Husayn va Navoiy»; 7) «Astrobod»; 8) «Zulmat ichra nur».
    A) 1, 2, 4, 5, 7, 8 B) 1, 2, 3, 4
    C) 4, 5, 6, 7, 8 D) 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8

  7. Mirkarim Osimning tarixiy mavzudagi asarlarini belgilang.
    1) «To‘mаris», 2) «Shirоq», 4) «Iskаndаr vа Spitаmеn», 5) «Aljаbrning tug‘ilishi», 6) «Ibn Sinо qissаsi», 7) «Jаyhun ustidа bulutlаr»,
    8) «O‘trоr», 9) «Tеmur Mаlik», 10) «Mаhmud Tаrоbiy», 11) «Kаrvоn yo‘llаridа», 12) «Singаn sеtоr», 13) «Yangi ariq»14) «Mоhlаrоyim vа Xоnpоshshа»
    A) barchasi
    B) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 14
    C) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 13, 14
    D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13

  8. Mirkarim Osim tarjima qilgan qissa(lar)ni toping.
    1) “Tinch oqar Don” (Sholoxov);
    2) “Yeldirim Boyazid” (S.Borodin);
    3) “Hayot bo’stoni” (L.Bat)
    A) 1, 2, 3 B) 2 C) 2, 3 D) 3

  9. Mirkarim Osim tarjima qilgan roman(lar)ni toping.
    1) “Tinch oqar Don” (Sholoxov);
    2) “Yeldirim Boyazid” (S.Borodin);
    3) “Hayot bo’stoni” (L.Bat)
    A) 1, 2, 3 B) 1, 2 C) 2, 3 D) 3

  10. Mirkarim Osimning "Zulmat ichra nur" qissasi Navoiy tavalludining necha yilligi arafasida yaratilgan edi?
    A) 515 yilligi B) 525 yilligi
    C) 530 yilligi D) 535 yilligi

  11. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasining birinchi bobi qanday ataladi?
    A) “Yazd cho’li”
    B) “Yoshlik ayyomining ilk bahori”
    C) “Navoiy va Darveshali”
    D) Navoiyning xislatlari”

  12. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasining ikkinchi bobi qanday ataladi?
    A) “Yazd cho’li”
    B) “Yoshlik ayyomining ilk bahori”
    C) “Navoiy va Darveshali”
    D) Navoiyning xislatlari”

  13. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida aytilishicha Navoiyning otasi G’iyosiddin qanday nom bilan tanilgan edi?
    A) Katta Bahodir B) Kichkina Bahodir
    C) Kobuliy D) G’aribiy

  14. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida biz Navoiyning necha yoshligidan bilib boramiz?
    A) 3 B) 4 C) 5 D) 6

  15. “Zulmat ichra nur” qissasidan anglashilishicha Navoiyning tog`alari ham bo`lgan. Unga ko`ra “G`aribiy” taxallusli tog`asining ismi kim?
    A) Mirsayid B) Muhammadali
    C) Kobul D) Bahodirbek

  16. “Zulmat ichra nur” qissasidan anglashilishicha Navoiyning tog`alari ham bo`lgan. Unga ko`ra “Kobuliy” taxallusli tog`asining ismi kim?
    A) Mirsayid B) Muhammadali
    C) Qosim D) Bahodirbek

  17. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida "jiddiy, kamgap, sipo odam" deb ta'riflangan obraz kim?
    A) Alisherning otasi
    B) Ali Yazdiy
    C) Mirsayid – «Kobuliy»
    D) Muhammad Ali – «G'aribiy»

  18. Mirkarim Osimning "Zulmat ichra nur" qissasida "xushchaqchaq, gapdon yigit" deb ta'riflangan obraz kim?
    A) Husayn
    B) Alisher
    C) Mirsayid – «Kobuliy»
    D) Muhammad Ali – «G'aribiy»

  19. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida “tor va tanburni yaxshi chalar, o’z suhbati bilan majlisga jon kirgizar edi” deya kim ta’riflanadi?
    A) Husayn
    B) Alisher
    C) Mirsayid – «Kobuliy»
    D) Muhammad Ali – «G'aribiy»

  20. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida aytilishicha, Alisher ko’cha-ko’yda bolalar bilan o’ynab yurib qaysi tilni o’rganib oladi?
    A) tojik B) fors C) arab D) turkey

  21. Rindеmu оshiqеmu jаhоnso‘zu jоmа chоk,
    Bо dаvlаti g‘аmi tu fikri jаhоn chi bоk?
    (Biz go‘yoki bеpаrvо оshiqlаr-u yirtiq chоpоn, o‘t nаfаs, Jаhоn g‘аmi sеning g‘аminggа аrzimаs.)
    Alisher tog’alariga aytib bergan ushbu matla’ kimning g’azali?
    A) Farididdin Attor B) Qosim Anvor
    C) Ali Yazdiy D) Lutfiy

  22. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida kim Navoiyni “kichkina darvesh” deb ataydi?
    A) Alisherning otasi
    B) Ali Yazdiy
    C) Mirsayid – «Kobuliy»
    D) Muhammad Ali – «G'aribiy»

  23. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida Navoiyga “o’t nafas bo’lsang dog’i (ham), yirtiq chopon bo’lma” deb kim aytadi?
    A) Alisherning otasi
    B) Ali Yazdiy
    C) Mirsayid – «Kobuliy»
    D) Muhammad Ali – «G'aribiy»

  24. Qоsim Anvоrning shе’rlаri mаg‘zini bоlа ermаs, kаttаlаr hаm chаqа bilmаydurlаr, аmmо ulug‘ shоirning оtаshin nаfаsidаn bul go‘dаk bоlаning yurаgigа bir аlаngа tushibdir”.
    Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida ushbu gaplarni kim aytadi?
    A) Alisherning otasi
    B) Ali Yazdiy
    C) Mirsayid – «Kobuliy»
    D) Muhammad Ali – «G'aribiy»

  25. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida kim Navoiyning otasiga “har kim oldida Mavlononing she’rlarini Alisherga o’qitmang, ko’z tegadur deb” kim aytadi?
    A) Husayn Boyqaro
    B) Ali Yazdiy
    C) Mirsayid – «Kobuliy»
    D) Muhammad Ali – «G'aribiy»

  26. “Zulmat ichra nur” qissasida kim “bid’at va xurofotda yiroq, sog’lom fikrli kishi edi” deb ta’riflanadi?
    A) Alisher Navoiy B) H. Boyqaro
    C) Kichkina Bahodir D) Muhammad ali

  27. “Zulmat ichra nur” asaridan anglashilishicha Navoiyning o`rtog`i Husayn kimning o`g`li?
    A) Mirzo binni Boyqaro
    B) Shohrux binni Boyqaro
    C) Mansur binni Boyqaro
    D) Temur binni Boyqaro

  28. “Zulmat ichra nur” asaridan anglashilishicha kim Shohruxga qarshi isyon qilganligi sababli qatl ettirilgan?
    A) Mirzo Boyqaro B) Abu Said Mirzo
    C) Mansur Boyqaro D) Muhammad Mirzo

  29. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida “…haqiqatan ham yurakli, kattalardan ko’p tortinmaydigan, sog’lom, shijoatli” deya ta’riflanadi?
    A) Alisher Navoiy B) Husayn Boyqaro
    C) Darveshali D) Mansur

  30. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida “…xipcha bel, yag’rini keng, qirg’izqovoq” deb ta’riflanadi?
    A) Alisher Navoiy B) Husayn Boyqaro
    C) Darveshali D) Mansur

  31. Navoiy Husayndan necha yosh kichik?
    A) bir B) ikki C) uch D) to’rt

  32. “Zulmat ichra nur” asaridan anglashilishicha Boyqarolar qaysi mahallada yashashar edi“
    A) Xiyobon B) Qudsiya
    C) Unsiya D) Xalosiya

  33. “Zulmat ichra nur” asaridan anglashilishicha Hirotliklar Boyqarolarning ikki qavatli uyini nima deb atashar edi?
    A) Devonxona B) Davlatxona
    C) Xazinaxona D) Xiyobon

  34. “Zulmat ichra nur” asarida Navoiy Shohruxning o‘limini kimdan eshitadi?
    A) otasidan B) Husayn Boyqarodan
    C) tog‘asidan D) Qosim Anvordan

  35. “Zulmat ichra nur” asaridan anglashilishicha Temurning o’gli podsho Shohrux qaysi shaharda vafot etadi?
    A) Hirot B) Balx C) Samarqand D) Ray

  36. «Zulmat ichra nur» qissasida podshoh Shohruh necha yoshida vafot etganligi aytiladi?
    A) yetmish yoshida
    B) yetmish bir yoshida
    C) yetmish ikki yoshida
    D) yetmish uch yoshida

  37. “Zulmat ichra nur” asarida “Mabodo, telba Mironshohning haromzodalaridan biri taxtga o‘tirsa bormi, boshimizda yong‘oq chaqadi” degan gaplarni kim aytadi?
    A) Navoiy
    B) Mirsayid
    C) Muhammad Ali
    D) G‘iyosiddin Muhammad

  38. “Zulmat ichra nur” asarida “Mabodo, telba Mironshohning merosxo‘rlaridan biri taxtga o‘tirsa bormi, naq kallamiz ketadi-a?” degan gaplarni kim aytadi?
    A) Navoiy
    B) Mirsayid
    C) Muhammad Ali
    D) G’iyosiddin Muhammad

  39. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida “avzoyilaridan ular odam emas, murda ustiga yopirilgan o’limtik qushlarga o’xshar edi” deya ta’riflanadi?
    1) Abdullatif; 2) Abulqosim; 3) Sulton Muhammad; 4) Abdulmo’min
    A) 2, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 4

  40. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida “Kambag’alman desang, ko’chib boq” maqoli kim tomonidan aytiladi?
    A) Mirsayid B) G’iyosiddin
    C) Muhammadali C) Navoiy

  41. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida “Jon omon bo’lsa, mol topiladi” maqoli kim tomonidan aytiladi?
    A) Mirsayid B) G’iyosiddin
    C) Muhammadali C) Navoiy

  42. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida “sharobxo’r” deya kim ta’riflanadi?
    A) Abdullatif B) Abulqosim
    C) Sulton Muhammad D) Abdulmo’min

  43. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida kim o’ziga teskari bo’lgan amaldorlardan ko’pining kallasini kallasini kestiradi va hatto o’z buvisini ham zindonga soldiradi?
    A) Abdullatif B) Abulqosim
    C) Sulton Muhammad D) Abdulmo’min

  44. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida Alisherlar oilasi Hirotdagi notinchlim sabab qayerga ko’chib ketishadi?
    A) G’arbiy Iroqqa B) G’arbiy Eronga
    C) Sharqiy Iroqqa D) Sharqiy Eronga

  45. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasidan anglashilishicha Navoiyning otasi – G’iyosiddin Shohruxning vafotidan besh-olti yil avval qayerda hokim edi?
    A) Astrobodda B) Sabzavorda
    C) Balxda D) Rayda

  46. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida Navoiy necha yoshidan maktabga borganligini aytadi?
    A) to’rt yoshligidan
    B) to’rt yarim yoshligidan
    C) besh yoshligidan
    D) to’rt yosh-u to’rt oyligidan

  47. Alisher Navoiy tarixchi olim Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashganida necha yoshda edi?
    A) olti yoshida B) yetti yoshida
    C) sakkiz yoshida D) to’qqiz yoshida

  48. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida Alisher Navoiy tarixchi olim Sharafiddin Ali Yazdiy bilan qayerda uchrashadi?
    A) G’arbiy Eronda
    B) Iroqda
    C) Yazd vohasidagi Taft qishlog’ida
    D) Taft vohasidagi Yazd qishlog’ida

  49. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasidan anglashilishicha tarixchi olim Sharafiddin Ali Yazdiy kimning yonida yurib, ko’rgan voqealarini bitgan?
    A) Shohrux B) Temur
    C) Husayn D) Abu Said

  50. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasidan anglashilishicha tarixchi olim Sharafiddin Ali Yazdiy kimning tarixini bitgan?
    A) Shohrux B) Temur
    C) Husayn D) Abu Said

  51. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida “umrining oxirida qashshoqlikka tushib, do’stlarga zor, dushmanga xor bo’libdi” deya kim ta’riflanadi?
    A) Ali Yazdiy B) Lutfiy
    C) Qosim Anvor D) Shohrux

  52. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasidan anglashilishicha Navoiylar oilasi Hirotda tinchlik o’rnatilgunga qadar necha yil G’arbiy Eronda yashashadi?
    A) bir yil B) ikki yil C) uch yil D) to’rt yil

  53. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasidan anglashilishicha Navoiylar oilasi G’arbiy Erondan o’z uylariga qaytayotganida kim Hirotni egallab, mamlakatda tinchlik o’rnattirgan edi?
    A) Abdullatif B) Abulqosim
    C) Sulton Muhammad D) Abdulmo’min

  54. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida Alisher kimdan Iroq viloyati kun botish tomonda, Hirot – kunchiqishda degan gapni eshitgan edi?
    A) G’iyosiddindan B) Ali Yazdiydan
    C) Mirsayiddan D) Muhammad Alidan

  55. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida nima afsonaviy hayvonlarni eslatardi?
    A) tog’lar B) tuyalar
    C) soya D) qum uyumlari

  56. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida Navoiyga uzoqdan ko’ziga gumbaz bo’lib ko’ringan narsa nima edi?
    A) dadasining hamyoni B) qum uyumi
    C) suv solinadiga to’rsiq D) burgut

  57. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida kim “tep-tekis cho’lda kichkina narsa ham uzoqdan katta bo’lib ko’rinar ekan” deb o’ylaydi?
    A) Husayn B) Alisher
    C) G’iyosiddin D) Alisherning onasi

  58. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida “…dokadek oqarib, turgan joyida shamdek qotib qoldi” deya kim ta’riflanadi?
    A) Ali Yazdiy B) Alisher
    C) G’iyosiddin D) Alisherning onasi

  59. Hayoti davomida juda ko’p yaxshi-yomon odamlarni ko’rgan, sinovdan o’tkazgan tabarruk zot kim?
    A) Sharafiddin Ali Yazdiy B) Alisher Navoiy
    C) Mavlono Lutfiy D) Qosim Anvor

  60. Oddiy dehqon bilan ham, zamona podsholari bilan ham bemalol til qopishib, murakkab muammolarni oqilona hal etgan kim?
    A) Sharafiddin Ali Yazdiy B) Alisher Navoiy
    C) Mavlono Lutfiy D) Qosim Anvor

  61. M.Osimning quyidagi qaysi asari Navoiyga bag`ishlanmagan?
    A) “Ulug`bek va Navoiy” B) “Astrobod”
    C) “Badarg`a” D) “O`tror”

  62. Mirkarim Osim necha oy davom etgan tergov azoblaridan so‘ng «sovetlarga qarshi targ‘ibot qilgan»likda ayblanib, qancha muddatga ozodlikdan mahrum etiladi?
    A) 9 oy, 10 yil B) 10 oy, 10 yil
    C) 11 oy, 12 yil D) 11 oy, 15 yil

  63. Mirkarim Osimning tarixga oid dastlabki yirik asari qaysi janrda yozilgan va kimning hayotiga bag‘ishlangan?
    A) qissa, Alisher Navoiy B) qissa, To‘maris
    C) hikoya, Shiroq D) hikoya, Iskandar

  64. «Karvon yo‘llarida», «Mohlaroyim va Xonposhsha» asarlari qanday mavzuda?
    A) ishqiy mavzuda
    B) ma’naviy-ma’rifiy mavzuda
    C) ijtimoiy-siyosiy mavzuda
    D) tarixiy mavzuda

  65. «Zulmat ichra nur» qissasining «Yoshlik ayyomining ilk bahori» qismida Alisher necha yoshda edi?
    A) uch yoshda B) to‘rt yoshda
    C) besh yoshda D) olti yoshda

  66. «Zulmat ichra nur» qissasidan olingan quyidagi bayt muallifi kim?

    Download 0,63 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish