“Uch og’a-ini botirlar” ertagi
Xalq og'zaki ijodining eng qadimiy, ommabop turlaridan biri nima?
A) topishmoq B) ertak
C) maqol D) masal
Ertak deb nimaga aytiladi?
A) Majoziy xrakterdagi qisqa hikoyalar.
B) Hayot haqiqati bilan bog‘liq bo‘lmay, xayoliy uydirmalar asosiga qurilgan, tarbiyaviy ahamiyatga ega og‘zaki hikoyalar.
C) Hayot haqiqati bilan bog‘liq bo‘lib, xayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan, tarbiyaviy ahamiyatga ega og‘zaki hikoyalar.
D) Barcha xalq og’zaki ijodining eng sevimli va qiziqarli turi.
Ertakning paydo bo’lishida nimalar muhim o’rin tutgan?
1) qadimiy nurf-odat; 2) marosimlar; 3) jonivorlar: 4) xalqning orzu umidlari;
5) tabiat hodisalari
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4
C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 4, 5
Mos javoblarni tanlang. Ertaklar qayerda, qanday ataladi?
1) Surxondaryo; 2) Buxoro; 3) Samarqand; 4) Farg‘ona;
5) Xorazm; 6) Toshkent.
a) matal; b) ushuk; s) varsaki; d) cho‘pchak.
A) 1-a, 2-b, 3-s, 4-d, 5-a, 6-a
B) 1-a, 2-b, 3-a, 4-a, 5-s, 6-d
C) 1-a, 2-b, 3-a, 4-d, 5-s, 6-d
D) 1-d, 2-b, 3-a, 4-a, 5-s, 6-a
Ertak aytuvchilarni qadimda nima deb atashgan?
A) “ertakchi”, “masalchi”
B) “ertakchi”, “folklorchi”
C) “ertakchi”, “matalchi”
D) “matalchi”, “masalchi”
Ertaklar mavzu jihatdan qanday turlarga bo'linadi?
A) hayvonlar haqidagi, maishiy, hajviy, sehrli, majoziy
B) maishiy, hajviy, sehrli, hayvonlar va o'simliklar haqidagi
C) hayvonlar haqidagi, maishiy, hajviy, sehrli, topishmoq
D) hayvonlar haqidagi, sehrli, hayotiy-maishiy, hajviy
Qanday ertaklarda asosiy mazmun majoziy, ya’ni ko’chma ma’noga ega bo’ladi?
A) hayvonlar haqidagi B) sehrli
C) hayotiy-maishiy D) hajviy
Hayvonlar haqidagi ertaklarda ayyorlik va munofoqlik qaysi hayvon orqali ifoda etiladi?
A) bo’ri B) tulki C) ayiq D) chumchuq
"Zumrad va Qimmat", "Oygul bilan Baxtiyor", "Ziyod botir", "Tohir va Zuhra", "Ozodachehra", "Farhod va Shirin", "Malikayi Husnobod", "Uch og'ayni botirlar" kabi ertaklar qaysi turkumdagi ertaklarga mansub?
A) sehrli B) majoziy
C) hayvonlar haqida D) hayotiy-maishiy
Ertaklar qanday shaklda bo’ladi?
A) nasriy B) she’riy
C) nasriy yoki she’riy D) aralash
Ertakning boshlanmasiga e’tibor bering va nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘ying.
«Sizga bog‘ bo‘lsin, bizga…».
A) tog‘ B) najot C) hayot D) bog‘
Ertaklarning boshlanmalarida nima «quyrug‘i uzun ekan, ko‘k muzga mingan ekan, muruti singan ekan» deb ta’riflanadi?
A) qirg‘ovul B) qora qarg‘a
C) to‘rg‘ay D) tovus
Odatda ertaklarning boshlanmasida karnaychi qanday jonivor bo`ladi?
A) o`rdak B) qarg’a
C) chumchuq D) g’oz
Odatda ertaklarning boshlanmasida surnaychi qanday jonivor bo`ladi?
A) o`rdak B) qarg’a
C) chumchuq D) g’oz
Ertaklarning boshlanmalarida qaysi jonivor «azonchi» deyiladi?
A) qora qorg’a B) o’rdak
C) g’oz D) ola qarg‘a
Ertaklarning boshlanmalarida qaysi jonivor «qozonchi» deyiladi?
A) qora qorg’a B) o’rdak
C) g’oz D) ola qarg‘a
Ertaklarning boshlanmalarida qaysi jonivor «chaqimchi» deyiladi?
A) qora qorg’a B) to’rg’ay
C) tulki D) chumchuq
Ertaklarning boshlanmalarida qaysi jonivor «to’qimchi» deyiladi?
A) qora qorg’a B) to’rg’ay
C) bo’ri D) chumchuq
Ertaklarning boshlanmalarida qaysi jonivor «bakovul» deyiladi?
A) qora qorg’a B) to’rg’ay
C) tulki D) bo’ri
Ertaklarning boshlanmalarida qaysi jonivor «dumi kalta» deyiladi?
A) qora qorg’a B) to’rg’ay
C) tulki D) bo’ri
Ertakning boshlanmasidagi tushib qolgan so‘zlarni toping.
«Ertagi-yo ertagi, echkilarning … , qirg‘ovul qizil ekan, quyrug‘i uzun ekan, … mingan ekan, … singan ekan».
A) bo‘rtagi, ko‘k muzga, muruti
B) ermagi, ko‘p muzga, soqoli
C) burtagi, ko‘k shoxga, soqoli
D) ermagi, shoxga, mo‘ylovi
Ko’pchilik ertaklarda necha kecha-kunduz to’y qilinadi?
A) yetti B) uch C) qirq D) yetmish
«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida kim podshohdan kenja botirni afv etishini so‘raydi?
A) To‘ng‘ich botir B) O‘rtancha botir
C) podshohning qizi D) Kenja botirning o‘zi
Uch og`a ini botirlar” ertagida ota farzandlarini o`zidan keyin baxtsiz bo`lib qolmasligi uchun nima qiladi?
A) o`qitadi B) ishlatadi
C) kaltaklaydi D) safarga jo’natadi
«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida ota botirlarni tarbiyalashda uch narsaga amal qiladi. Bular qaysilar?
1) Odob-axloqli qilib tarbiyalaydi.
2) Qurol-yarog‘ bilan tanishtiradi.
3) Qo‘rqitmay o‘stiradi.
4) Kurashga tayyorlaydi.
5) Sog‘lom qilib tarbiyalaydi.
A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 3, 4
C) 2, 3, 5 D) 1, 3, 5
«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida ota o‘g‘illariga uch narsani nasihat qiladi. Bular qaysilar?
A) sog‘lom o‘stirish, yarog‘ bilan tanishtirish, qo‘rqitmay o‘stirish
B) yarog‘ bilan tanishtirish, to‘g‘rilik, maqtanchoq bo‘lmaslik
C) to‘g‘rilik, maqtanchoq bo‘lmaslik, dangasalik qilmaslik
D) to‘g‘rilik, sog‘lomlik, qo‘rqmaslik
"Uch og'ayni botirlar" ertagida ota o'g'illariga uqtirgan uch narsadan biri "To’g’ri bo’ling" hikmatini davom ettiring?
A) davlatli bo'lasiz B) bexavotir bo' lasiz
C) xijolat tortmaysiz D) baxtsiz bo'lmaysiz
"Uch og'ayni botirlar" ertagida ota o'g'illariga uqtirgan uch narsadan biri "Maqtanchoq bo’lmang" hikmatini davom ettiring?
A) davlatli bo'lasiz B) bexavotir bo' lasiz
C) xijolat tortmaysiz D) baxtsiz bo'lmaysiz
"Uch og'ayni botirlar" ertagida ota o'g'illariga uqtirgan uch narsadan biri "Dangasalik qilmang" hikmatini davom ettiring?
A) baxtli bo'lasiz B) bexavotir bo' lasiz
C) xijolat tortmaysiz D) baxtsiz bo'lmaysiz
«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida kim uch qizini ularga berib og’a-inilarni o’ziga kuyov qilib oladi?
A) vazir B) bog’bon
C) cho’pon D) podshoh
«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida “…o’qigan, oq-u qorani tanigan, yuzlari oyday, o’zlari toyday, yomon bilan yurmagan, yomon joyda turmagan” deb kim(lar) ta’riflanadi?
A) To‘ng‘ich botir B) O‘rtancha botir
C) Kenja botir D) uchala botir
«Uch og‘a-ini botirlar» ertagidagi aka-ukalarning yoshlarini aniqlang.
A) 20; 18; 16 B) 21; 18; 16
C) 21; 20; 18 D) 20; 18; 17
«Uch og‘a-ini botirlar» ertagidagi og‘a-inilarga otalari safarga qanday otlarni hozirlab qo‘yadi?
A) qora toy, bo‘z toy, saman toy
B) bo‘z toy, qora toy, saman ot
C) qora toy, saman toy, ko‘k toy
D) bo‘z toy, qora toy, ko‘k toy
«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida ota safarga otlanayotgan o‘g‘illarining xurjunini qancha muddatga yetadigan ovqat bilan to‘ldiradi?
A) bir necha kunlik ovqat bilan
B) bir haftalik ovqat bilan
C) bir oylik ovqat bilan
D) bir necha haftalik ovqat bilan
Navbatma-navbat qorovullikda turgan botirlarning boshidan nimalar o‘tadi?
A) To‘ng‘ich botir sherni, O‘rtancha botir ajdarhoni o‘ldiradi, Kenja botir xazinaga tushmoqchi bo‘lgan o‘g‘rilarni qirib tashlaydi.
B) To‘ng‘ich botir ajdarhoni, O‘rtancha botir sherni o‘ldiradi, Kenja botir o‘g‘rilarni qirib tashlaydi.
C) To‘ng‘ich botir ajdarhoni, O‘rtancha botir sherni o‘ldiradi, Kenja botir xazinaga tushmoqchi bo‘lgan xoinlarni qirib tashlaydi.
D) To‘ng‘ich botir sherni, O‘rtancha botir xoinlarni o‘ldiradi, Kenja botir ajdarhoni o‘ldiradi.
«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida quyidagi jumla kimning tilidan aytiladi? «…podshoh degani it go‘shtidan ham qaytmaydi…»
A) O‘rtancha botir B) Kenja botir
C) To‘ng‘ich botir D) to‘ti
«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida quyidagi jumla kimning tilidan aytiladi? «…va’da – ulug‘ muqaddas narsa, uni buzish yaramaydi. Va’dani buzmoq – og‘ir gunoh».
A) O‘rtancha botir B) to‘ti
C) To‘ng‘ich botir D) Kenja botir
«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida quyidagi jumla kimning tilidan aytiladi? «Podshoh deganning marhamatidan qahri ortiq, podshoh bilan sherga yaqin bo‘lmoq hikmatdan emas».
A) Kenja botir B) to‘tining qarindoshi
C) O‘rtancha botir D) To‘ng‘ich botir
«Uch og‘ayni botirlar» ertagida «Podshohlik – qonxo‘rlik demak» degan fikrni kim aytgan?
A) O’rtancha botir B) To‘ng‘ich botir
C) Kenja botir D) vazir
«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida go‘sht qo‘zi go‘shti ekanligini, u it emib katta bo‘lganini kim topadi?
A) Kenja botir B) vazir
C) O‘rtancha botir D) To‘ng‘ich botir
«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida shinniga odam qoni qo‘shilganligi haqidagi fikrni kim bildiradi?
A) To‘ng‘ich botir B) O‘rtancha botir
C) Kenja botir D) vazir
«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida «Saralab yemoq faqirning ishi» jumlasi kimning tilidan aytiladi?
A) O‘rtancha botirning B) Kenja botirning
C) To‘ng‘ich botirning D) to‘tining
«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida nonni taxlagan kishining ota novvoy ekanligi haqidagi fikrni kim bildiradi?
A) To‘ng‘ich botir B) O‘rtancha botir
C) Kenja botir D) vazir
«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida «Albatta, yolg’on so’zlamaymiz, bu voqeaga aralashgan bo’lsak aytmoq lozimi» jumlasi kimning tilidan aytiladi?
A) O‘rtancha botirning B) Kenja botirning
C) To‘ng‘ich botirning D) to‘tining
“Uch og`a ini botirlar” ertagida bog`bon uzum o`g`risini qanday o`ldiradi?
A) shashpar to`qmoq bilan boshiga tushiradi
B) pichoq bilan yaralaydi
C) miltiq bilan yaralaydi
D) tosh bila o’ldiradi
«Uch og‘ayni botirlar» ertagida nonni kim taxlagan edi?
A) novvoy B) vazir
C) bakovul D) podshoh
«Uch og‘ayni botirlar» ertagida podshoh aslida kimning o‘g‘li edi?
A) bog‘bonning B) dehqonning
C) novvoyning D) temirchhining
«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida podshoh nima uchun o‘z qizlarini musofir yigitlarga turmushga berishga rozi bo‘ladi?
A) boyligi uchun B) tarbiyasi uchun
C) pahlavonligi uchun D) merganligi uchun
«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida kim(lar) gavharga o’xshatiladi?
A) uch og’a-ini botirlar
B) podshohning uch qizi
C) botirlarning otasi
D) tarbiyali inson
«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida kim yoki nima baxt qushiga o’xshatiladi?
A) uch og’a-ini botirlar
B) podshohning uch qizi
C) diydor
D) tarbiyali inson
«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida kimni ko’proq yaxshi ko’rardi?
A) To‘ng‘ich botirni B) O‘rtancha botirni
C) Kenja botirni D) kenja qizini
“Uch og’ayni botirlar” ertagida qanday voqeadan so’ng podshoh kenja botirni zindondan xalos etadi?
A) to’ti haqidagi ertakni eshitgach
B) vazirning xoin ekanini bilgan
C) qizi afv etishini iltimos qilgach
D) tush voqeasidan so’ng
«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida Kenja botir nima haqida hikoya qilib beradi?
A) uzum haqida
B) novvoy haqida
C) podshohning to‘tisi haqida
D) podshoh haqida
“Uch og`a ini botirlar” ertagida kenja botirning hikoyasidagi to`ti qayerdan bo`ladi?
A) Hindiston B) Xitoy
C) Yaponiya D) Eron
«Uch og‘ayni botirlar» ertagida to‘ti necha kunga uyiga borib kelish uchun ruhsat so‘raydi va podshoh unga necha kunga ruxsat beradi?
A) 20 kunga, 3 haftaga ruxsat beradi
B) 3 haftaga, 15 kunga ruxsat beradi
C) 20 kunga, 15 kunga ruxsat beradi
D) 2 haftaga, 10 kunga ruxsat beradi
«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida to‘ti qancha vaqtda Hindistonga yetib boradi?
A) 7 kunda B) 6 kunda
C) 3 kunda D) 15 kunda
«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida to‘ti oilasi bag’rida qancha vaqt o’tkazadi?
A) 7 kun B) 6 kun
C) 3 kun D) 5 kun
“Uch og’a-ini botirlar” ertagida to’ti nima uchun podshohning oldiga qaytishga majbur bo’ladi?
A) podshoh tayinlagani uchun
B) va’da bergani uchun
C) onasi aytgani uchun
D) yoshartiruvchi mevani berish uchun
«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida podshoh to‘tini necha yil qafasda saqlaydi?
A) 4 yil B) 3 yil C) 7 yil D) 5 yil
“Uch og`a ini botirlar” ertagida kenja botirning hikoyasidagi to`ti kimning maslahati bilan podshoga 3 meva olib keladi?
A) onasining B) otasining
C) do’stining D) akasining
«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida sehrli mevalarga kim zahar qo’shib qo’yadi?
A) vazir B) saroybon
C) podshoh D) bir oshpaz
“Uch og`a-ini botirlar” ertagida zaharlangan mevalarni kimlar yeyishadi?
A) zindondagi ikki nafar odam
B) ikki nafar qul
C) ikki nafar askar
D) vazir tayinlagan xizmatchilar
«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida to‘tini qay tarzda o‘ldiradilar?
A) Dorga osadilar.
B) Qanotini qirqib, qoyadan tashlaydilar.
C) Suvga cho‘ktiradilar.
D) Kallasini tanasidan uzib tashlaydilar.
“Uch og`a-ini botirlar” ertagida kenja botirning hikoyasidagi uchinchi olmani kim eydi?
A) zindondagi bir qari chol B) vazir
C) shohning ayoli D) shohning o’zi
“Uch og’a-ini botirlar” ertagida uchinchi sehrli mevani yegan chol necha yashar yigit holiga kelib qoladi?
A) 18 B) 16 C) 20 D) 25
“Uch og’a-ini botirlar” ertagida kim podshohga yaqin bo’lganning “mukofoti”nigina ko’rdi?
A) vazir B) Kenja botir C) to’ti D) qul
«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida aka-ukalar qancha muddatda otalari huzuriga qaytib kelishadi?
A) 3 yilda B) 2 yilda C) 2 oyda D) 12 oyda
"Uch og'ayni botirlar" ertagidagi novvoy kim?
A) botirlarning otasi B) podshohning otasi
C) vazirning otasi D) bog'bonning otasi
"Uch og'ayni botirlar"da to'tining taqdiri qanday tugadi?
A) vazir zahar berib, o'ldirib yubordi.
B) podshoh vaziriga ishonib, uni o'ldirib yuboradi
C) qafasdan qutilib uyiga ketadi
D) o'zi olib kelgan mevalardan zaharlanib o'ladi
“Uch og`a ini botirlar” ertagida podsho olmaning zaharlanganini nimadan bilib oladi?
A) piyoladan B) kosadan
C) ko’zadan D) olmaning o’zidan
Ertak Surxondaryo, Samarqand, Farg’ona viloyatlarida qanday nomlanadi?
A) ushuk B) varsaki
C) cho’pchak D) matal
Ertak qayerda “ushuk” tarzda nomlanadi?
A) Samarqand B) Buxoro
C) Toshkent D) Xorazm
Ertak qayerda “varsaki” tarzda nomlanadi?
A) Samarqand B) Buxoro
C) Toshkent D) Xorazm
Ertak qayerda “cho’pchak” tarzda nomlanadi?
A) Samarqand B) Buxoro
C) Toshkent D) Xorazm
Ertaklarning mavzu jihatdan turlari to’g’ri berilgan javoblarni belgilang.
1. hayvonlar haqidagi ertaklar; 2. sehrli ertaklar; 3. she’riy ertaklar; 4. hayotiy-maishiy ertaklar; 5.qiziqarli ertaklar;
6. qadimiy ertaklar; 7. hajviy ertaklar;
A) 1, 2, 3, 4, 5, 7 B) 1, 2, 4, 5, 7
C) 1, 2, 4, 7 D) 1, 2, 4, 6, 7
Hayvonlar haqidagi ertaklarda tulki hayvoni nimaning ramzi bo’lib keladi?
A) chaqimchilikning B) ayyorlikning
C) munofiqlikning D) B va C
«Uch og‘ayni botirlar» ertagidagi shashpar to‘qmoq bilan o‘g‘rining boshiga urib o‘ldirgan qahramon kim edi?
A) Kenja botir B) O‘rtancha botir
C) bog‘bon D) To‘ng‘ich botir
«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida podshohga zahar sochmoqchi bo‘lib turgan ilonni kim o‘ldiradi?
A) O‘rtancha botir B) Kenja botir
C) To‘ng‘ich botir D) to‘ti
«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida podshohga uch dona yoshartiruvchi mevani qaysi obraz beradi?
A) Kenja botir B) vazir
C) O‘rtancha botir D) to‘ti
"Uch og'ayni botirlar"da to'ti qafasdan qutilishni istab nima qiladi?
A) qafasda o'zini o'likka solib yotadi
B) uyiga borib, qaytib kelmaydi
C) onasini aytganidek podshohga uchta yoshartiradigan meva olib keladi
D) podshohni zaharlab o'ldirmoqchi bo'ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |