Arablarda bir so‘z bordir, yaxshi boq,
Odobsiz boladan yo‘g‘i yaxshiroq.
A) Sa’diy Sheroziy B) Ahmad Yugnakiy
C) Ahmad Yassaviy D) Mashrab
«Yoshlik devoni» va «Charog‘bon» asarlarining muallifi kim?
A) Erkin Vohidov B) Maqsud Shayxzoda
C) Oybek D) Abdulla Oripov
Quyidagi misralar muallifini toping.
Niholin o‘stirar daraxt ko‘p zamon,
Bir zumda qo‘porib tashlaydi bo‘ron.
Davlating borida ishing sol yo‘lga,
O‘tib ketajakdir u qo‘ldan qo‘lga.
A) Bobur B) Sa’diy Sheroziy
C) Mashrab D) Maxtumquli
Maktablar uchun darslik sifatida yaratilgan «Birinchi muallim» va «Ikkinchi muallim» kitoblarining muallifi kim?
A) H.H. Niyoziy B) Avloniy C) Behbudiy D) Furqat
«Mening yulduzim» va «Lirika» asarlarining muallifi kim?
A) Asqad Muxtor B) Erkin Vohidov
C) Oybek D) Abdulla Oripov
Fransuz Volter, nemis Gyotelar o‘z asarlarida qaysi Sharqlik mashhur ijodkorning she’rlariga murojaat qilgan?
A) Sa’diy Sheroziy B) Navoiy C) Fuzuliy D) Bobur
«Charog‘bon» va «Muhabbat» asarlarining muallifi kim?
A) O‘tkir Hoshimov B) Said Ahmad
C) Erkin Vohidov D) Abdulla Qahhor
«Dunyoning ishlari» qissasi haqidagi quyidagi fikrlar muallifi kim?
«...umuman, o‘zbek ayoli haqida va umuman, onalar to‘g‘risida».
A) Abdulla Oripov B) O‘tkir Hoshimov
C) Abdulla Oripov D) Said Ahmad
Quyidagi parcha qaysi asardan olingan?
«Musulmonqulning odami edi u, shaytonga dars berardi. …Ana shu oqpadarga qamti kelib qolsam bo‘ladimi! U otda, men yayov. Qo‘limda shashpar... O‘ziyam devday baquvvat, zug‘umli yigit edi-da…»
A) «O‘tkan kunlar» B) «Mehrobdan chayon»
C) «Bolaning ko‘ngli poshsho» D) «Dunyoning ishlari»
Quyidagi parcha qaysi asardan olingan?
«Bahor devorlarning oftobro‘ya etaklaridan boshlanmaydi. Bahor ariqlarning kungay sohillaridan boshlanmaydi. Bahor go‘ristondan boshlanadi...»
A) Oybekning «Bolaning ko‘ngli poshsho» hikoyasi
B) Abdulla Qahhorning «Dahshat» hikoyasi
C) O‘tkir Hoshimovning «Oq marmar, qora marmar» hikoyasi
D) Said Ahmadning «Qochoq» hikoyasi
Turkiston shahrining Iqon qishlog‘idagi Qoratog‘ etaklarida tug‘ilib o‘sgani, ya’ni tabiatning barcha go‘zalliklaridan bahramand bo‘lganini yodga olarkan, she’rlarida ana shu mavzularning yetakchilik sababini tushuntirgandek bo‘ladigan ijodkor kim?
A) O‘tkir Hoshimov B) Mirtemir
C) Usmon Nosir D) Chingiz Aytmatov
Quyidagi hikmatlar muallifini toping.
«Erta kun arpaga zor bo‘lmay desang,
Bukun ek, shoyadki, bug‘doy non yesang».
«Fildek zo‘r bo‘lsang-u sherdek urishqoq,
Nazdimda, jangdan sulh ming bor afzalroq».
A) Alisher Navoiy B) Nodira
C) Uvaysiy D) Sa’diy Sheroziy
«Tong lavhasi», «Buloq», «Sevgi», «Ona tuproq» kabi she’rlar muallifi kim?
A) Abdulla Oripov B) Erkin Vohidov
C) Rauf Parfi D) Usmon Nosir
Mirtemirning to‘rt jildda nashr etilgan kitobi qaysi?
A) «Mukammal asarlar to‘plami» B) «Yodgorlik»
C) «Qoraqalpoq daftari» D) «Asarlar»
Pashshalardan qoraygan shoda-shoda teshik-kulcha, «ot non»lardan, qurtlagan jiyda va turshaklardan tortib, to toshko‘mir, quruq beda, «makkaisano»gacha topiladigan do‘kon tasviri qaysi asarda uchraydi?
A) «Bolaning ko‘ngli poshsho» B) «Fonarchi ota»
C) «Mening o‘g‘rigina bolam» D) «Dunyoning ishlari»
Qaysi shoir shudringni bo‘y yetgan qizlar ko‘ziga o‘xshatgan?
A) Usmon Nosir B) Mirtemir C) Ibroyim Yusupov D) Oybek
«Past bo‘yli, burushiq yuzli, juda yuvosh, indamas kishi» Oybekning qaysi hikoyasi qahramoni?
A) «Fanorchi ota» B) «Gulnor opa»
C) «Singan umid» D) «Bolaning ko‘ngli podsho»
O‘siq qoshlari tagida qisilib yotgan ko‘zlari yalingansimon qaraydigan… qalbi shafqatga, mehrga, bir so‘z bilan aytganda, insoniy hislarga limmo-lim to‘la» bo‘lgan inson qaysi asar qahramoni?
A) «Dunyoning ishlari» B) «Bolaning ko‘ngli poshsho»
C) «Mening o‘g‘rigina bolam» D) «Fanorchi ota»
«Hozirgi yoshlar» va «Tirik sayyoralar» asarlarining muallifi kim?
A) Rauf Parfi B) Erkin Vohidov
C) Erkin Samandar D) O‘tkir Hoshimov
«Istanbul fojiasi» asarining muallifi va janrini toping.
A) Erkin Vohidov, drama B) Abdulla Oripov, drama
C) Erkin Vohidov, doston D) Fitrat, doston
Quyidagi parcha muallifi kim?
«Biz, turkistonlilar, o‘z vatanimizni jonimizdan ortuq suydug‘imiz kabi, arablar Arabistonlarini, qumlik, issig‘ cho‘llarini; eskimo‘lar shimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyoda suyarlar».
A) Hamza Hakimzoda B) Qodiriy
C) Behbudiy D) Avloniy
Qaysi ijodkorning otasi Ikkinchi jahon urushidan og‘ir jarohat olib qaytadi va 1945-yilda vafot etadi; oradan bir yil o‘tgach, onasi ham dunyodan o‘tadi?
A) G‘afur G‘ulom B) Erkin Vohidov
C) Abdulla Oripov D) Anvar Obidjon
Quyidagi misralar muallifi kim?
Sening kiprigingga, «Men sening baxtingman»,
Sochmoq bo‘lib zar. Deganday go‘yo,
Hilol tegrasida, Imlab chorlamoqda
O‘ynar yulduzlar. Yoqut Surayyo.
A) Abdulla Oripov B) Erkin Vohidov
C) Mirtemir D) Usmon Nosir
«Yosh shoir she’rlaridagi hech kimnikiga o‘xshamagan dard va ohanglar, kutilmagan o‘xshatish – manzaralar, dadil xulosalar birdan hammaning diqqatini o‘ziga qaratib oladi. Unga o‘z davrining eng mashhur adiblari, masalan, Abdulla Qahhor e’tibor bilan qaragan va salohiyatiga yuksak baho bergan edi» fikrlari qaysi ijodkor haqida?
A) Oybek B) Usmon Nosir
C) Abdulla Oripov D) Hamid Olimjon
«Quyoshni ko‘ryapman» asarining muallifi va janrini toping.
A) Oybek, qissa B) Nodar Dumbadze, qissa
C) Oybek, roman D) Nodar Dumbadze, roman
Qaysi shoir «hujrayi tang va torlikda bekaslik va g‘ariblik chirog‘ini yoqib» muhtojlikda umr o‘tkazadi?
A) Mashrab B) Sa’diy Sheroziy
C) Muqimiy D) Abdulla Avloniy
Quyidagi fikrlar qaysi ijodkor haqida?
Do'stlaringiz bilan baham: |