Odam anatomiyasi



Download 0,71 Mb.
bet61/113
Sana19.01.2023
Hajmi0,71 Mb.
#900533
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   113
Bog'liq
Odam anatomiyasi

Nazorat savollari
1. Nafas olish sistemasi organlarini sanang.
2. Burun va hiqildoq tuzilishi va funksiyasini tushutiring.
3. Kekirdakning tog’ayli va muskulli halqalarini tushuntiring.
4. Bronxlarning shoxlanishi va tuzilmalarini tushuntirib bering.
5. Plevra pardasi va o’pkaning joylashishi va funksiyasini ayting.
MAVZU: 10. SIYDIK VA TANOSIL A’ZOLARI.
Ma’ruza rejasi:

  1. Siydik ajratish va jinsiy tizimining takomili.

  2. Buyraklarning mikro-makro tuzilishi va rivojlanishi.

  3. Nefron-buyrakning morfo-funktsional birligi siydik xosil bulish mexanizmi.

  4. Siydik chikaruv yo’llari. Kovuk.

  5. Erkak va ayollarda kichik tos bushligidagi ichki organlar topografiyasida farkli belgilar.

  6. Erkaklik jinsiy organlari: moyaklar, urug’ chiqarish yo’llari, urug’ kanali, urug’ pufagi, erlik olati yorg’oqning tuzilishi. Tanosil organlarining gigienasi va anomaliyalari.



Tayanch iboralar: Buyraklar, nefron, filtratsiya jarayoni, reabsorbtsiya jarayoni, siydik nayi, qovuq, tashqi chiqaruv yo’llari, erkaklik jinsiy bezlari, urg’ochilik jnsiy bezlari va organlari.

Siydik - tanosil apparati ikkita tizim a’zolaridan tashkil topgan: siydik ajratish a’zolari tizimidan va tanosil a’zolar tizimidan. Bu ikkala tizim anatomik va fiziologik nuktai nazardan farklanadigan, lekin kelib chikishi va joylashuvi jixatdan bir- biriga boglangan buladi. Modda almashinuvi maxsulotlari organizmdan asosan siydik ajratish tizimi a’zolari orkali chikariladi. Tanosil a’zolar tizimi kupayish vazifasini bajaradi.


Siydik ajratish a’zolarga buyraklar, siydik yo’llari, kovuk va siydik chikarish yo’li kiradi. Murdada va mulyajlarda studentlarni dikkatini buyraklarning topografiyasiga, shakliga, yuzalariga, darvozasiga, urab turuvchi kapsulalariga e’tibor berish lozim. Buyraklar siydik xosil kiluvchi a’zodir. Oksilli modda almashinuvi jaraenining oxirgi maxsulotlari mochevina, siydik kislotasi, kreatinin xolida, organik moddalarning chala oksidlanishi natijasida xosil bulgan atsetonli birikmalar, sut, sirka kislotalari, tuzlar, endogen va ekzogen zaxarli moddalar suvda erigan xolda aososan buyraklar orkali organizmdan chikariladi. Buyraklar upkalar va teri bilan bir katorda modda almashinish natijasida organizmda xosil bulgan oxirgi toksik ta’sirotga ega bulgan keraksiz moddalarni chikarish uchun xizmat kiladigan asosiy a’zodir. Buyrakning ajoyib tuzilishi shundan iboratki, uning biologik membranalari orkali siydik chikaruv yo’llariga fakat keraksiz moddalar chikarib tashlaydi.
Buyraklar korin bushligi orka devorining ichki yuzasida, umurtka pogonasining XII kukrak va I - II bel umurtkalarining ikki yenida joylashgan. Ung va chap buyrak bir tekis darajada turmaydi, chap buyrak ung buyrakga nisbatan 1-1.5 sm yukorirok turadi. Katta kishilarda buyrak uzunligi 10-12 sm, kengligi 5-6sm, ogirligi 120-200g. Embrional tarakkiet davrida xomilada buyraklar bulakchalarga ajralgan buladi, ammo bola tugilgandan sung bulakchalar orasidagi chegaralari yukolib ketadi. Yangi tugilgan bolalarda buyrak qopkasi xali shakllanmagan buladi va joylashuvi xam katta kishilarga nisbatan pastrokda, ya’ni ikkinchi bel karshisida turadi. Qopka 15 yoshda shakllanib, uz joyini egallaydi.
Buyraklar juft a’zolar bulib, shakli loviyaga uxshaydi. Uning tashki kirgogi kavarik, ichki kirgogi botik buladi. Ichki botik kirgogida chukurcha bulib, ana shu yerda buyrak darvozasi shakllanadi. Buyrak darvozasiga buyrak arteriya va nerv kiradi va undan vena, limfa tomirlari va siydik yo’li chikadi. Buyrak darvozasi soxasida bushlik xosil buladi va buyrak kavagi deyiladi. Siydik kabul kilib oladigan kismlar - chunonchi, buyrak kosachalari, buyrak jomi xam shu yerdan boshlanib siydik olib ketuvchi yo’llarga ochiladi. Buyrakning tashki va ichki yuzalari, kuyi va yukorigi kutblari tafovut kilinadi. Tashki yuzasi orka yuzaga karaganda kavarik buladi. Uning yukori kutbi kuyi kutbiga nisbatan uchlangan bulib, yuzasida buyrak usti bezlari urnashgan. Rasm №
Buyrak biriktiruvchi tukimali kapsula, yog kapsula va seroz parda bilan uralgan. Kapsula buyrak moddasiga bushgina birikkan buladi va undan oson ajralib ketadi. Buyrakni kesib oddiy ko’z bilan yoki mikroskopda karaganda, bunda pust va magiz moddasi deb nom olgan ikki kismdan iborat ekanligi kurinadi. Pust modda tuk kizil rangli bulib, donador xolatda kurinadi va kapsula ostida kalin kavat xolida yotadi. Magiz moddasi sarigishrok bulib, bulakchalarga - piramidalarga bulinadi. Buyrakdagi piramidalar soni 8-12 ta buladi. Piramidalarning keng asosi pust moddaga, uchi esa buyrak kavagiga karatilgan buladi. 2-3 piramidalarni uchi kushilishidan surgich shakllanadi. Xar bitta surgichning uchida 10-20 gacha surgich teshiklari ochiladi. 1-3 surgichlar uchi kichik buyrak kosachasini bushligiga karatilgan. Kichik kosachalarni soni 7-8 buladi. Bir nechta kichik kosachalar 3-5 katta kosachalar ichiga ochiladi. Katta kosachalar bir-biri bilan kushilib bitta umumiy bushlikni - buyrak jomini xosil etadi. Buyrak jomi asta-sekin torayib, siydik yo’liga utadi.Siydik surgichlar teshiklaridan avval kichik kosachalarga, keyin katta kosachalarga, buyrak jomiga va u yerdan siydik yo’liga tushadi.
Pust va magiz moddalar orasida keskin chegarasi bulmaydi. Magiz moddaning piramidalari oraligiga pust moddani bir kismi ustunchalar xolida kiradi. Pust moddaning ana shu kismi buyrak ustunchalari - Bertini ustunchalari deb ataladi. Magiz moddasi esa uz navbatida ingichka nurlarga uxshab pust moddasiga kiradi va Ferreyn nurlari deb ataladigan magiz nurlarini xosil kiladi. Pust va magiz moddani xosil bulishida kon tomirlari va siydik kanalchalari ishtirok etadi. Buyrakni tuzilishini va funktsiyasini tassavur kilish uchun uning kon bilan ta’minlanish xususiyatlarini bilish lozim. Bir sutka davomida buyrak arteriyasidan va buyraklardan 1500l kon utadi. Diametri 7-9 mm teng bulgan buyrak arteriyasi korin aortasidan boshlanib, buyrak darvozasi soxasida 5-6 shoxlarga tarmoklanib ketadi. SHoxlangan kon tomirlar buyrakni yukorigi, kuyi kutblariga va markaziy kismlarga karab yunaladi.Segmentar arteriyalar pallalararo arteriyalarga ajraladi. Pallalararo arteriyalar piramidalar orasiga utib, piramidalarni asoslarida yeysimon arteriyalar bilan tugallanadi. Yeysimon arteriyalar pust va magiz modda chegarasida joylashib, uzidan ikki xil tomirlarni xosil kiladi: birinchi xili pust moddasiga bulakchalararo arteriyalar bulib kiradi, ikkinchisi esa magiz moddasiga utib kon kapillyarlariga tarmoklanib ketadi. Bulakchalararo arteriyalar kon olib keluvchi arteriyalarga tarmoklanib ketadi. Kon olib keluvchi arteriyalar esa uz navbatda tomirlar qoptokchasining kapillyarlariga tarmoklanadi.Tomirli qoptokcha uziga xos xususiyatlarga ega: a) qoptokcha kapillyarlari modda almashinuvida ishtirok etmasdan, chikindi moddalarni filьtrlashda ishtirok etadilar. b) qoptokchadagi kapillyarlar tizimi ikkita arterial tomirlar orasida xosil buladi. Qoptokcha kapillyarlari kayta yigilib, kon olib ketuvchi arteriolani xosil kiladi. Kon olib ketuvchi arteriolani diametri kon olib keluvchi arteriolaga karaganda kichik buladi. Ikkita arteriola diametrlari orasidagi fark qoptokcha kapillyarlarida 70mm rt.st.teng kon bosimini saklanib turishini ta’minlaydi va shu bosim tufayli siydik xosil bulish jaraeni ruy beradi. Kon olib ketuvchi arteriola nefronning kanalchali kismida ikkilamchi kon kapillyarlariga tarmoklanib ketadi. Kon kapillyarlar turini bir joyda ikki martaba xosil bulishi fakat buyrakga xos bulib, bu xodisani mujizali kapillyarlar turi deyiladi. Ikkilamchi kapillyar turidan kon venulalarga yigiladi, sung uni davomi bulgan bulalaklararo venalarga, ulardan kon yeysimon keyin pallalararo venalarga kuyiladi. Oxirgi kursatilgan venalar bir-biri bilan kushilib buyrak venasini xosil kiladilar.
Buyrak parenximasi epitelial kanalchalar tizimidan iborat bulib, ular bir-biri bilan kushilib nefronlar xosil kiladi. Nefronlarning mikdori buyrakda 1mln. buladi.
Nefron - buyrakning struktur va funktsional birligidir. Rasm №
Nefron tugri va egri - bugri kanalchalar tizimidan iborat. Xar bir nefronda qoptokchali va kanalchali kismlar farklanadi. Qoptokchali kism yoki Malьpigi tanachasi uz navbatda tomirli qoptokcha kapillyarlaridan va Boumen - SHumlyanskiy kapsulasidan iborat. Tomirli qoptokcha 50 taga yakin kapillyarlar kovuzlogidan iborat. SHumlyanskiy kapsulasi kosachaga uxshash bulib, tashki va ichki varaklardan iborat, orasida esa yoriksimon bushlik joylashgan. Tomirli qoptokchani SHumlyanskiy kapsulasi urab turadi. Bu yerda siydik xosil bulishning birinchi boskichi - filьtratsiya jaraeni ruy beradi. Natijada kondan birlamchi siydik xosil buladi. 1 sutka davomida birlamchi siydikning umumiy mikdori 60-80 litrni tashkil etadi. Bunday siydikning tarkibida zararli moddalardan tashkari, organizmga zarur bulgan moddalar kup mikdorda buladi. Bularga oksillar, glyukoza, alьbuminlar, tuzlar va suv kiradi.
Nefronnning ikkinchi kismi - kanalchali kism bulib, kuyidagi bulimlardan iborat: proksimal bulim, Genle kovuzlogi ( pastga tushuvchi va yukoriga kutariluvchi kismlardan iborat), distal bulim va yiguvchi naychadan. Nefronning proksimal va distal bulimlari I va II tartibli egri-bugri kanalchalar deb ataladi. Genle kovuzlogining naychalari va yigiluvchi naycha tugri kanalchalardan tashkil topgan. Kanalchalarni devori bir kavatli epiteliydan tuzilgan. Kanalchali kismida siydik xosil bulishining ikkinchi boskichi - reabsorbtsiya yoki kayta surish jaraeni ruy beradi. Kanalchalar devorining epiteliy xujayralari birlamchi siydikdan natriy, kaliy ionlarini va suvni kayta suradi.. Natijada, ikkilamchi siydik xosil buladi. Uning umumiy mikdori 1-1,5 litrni tashkil etadi.
SHunday kilib, nefronda siydik xosil bulish jaraeni ikki boskichdan iborat: filьtratsiya va reabsorbtsiyadan. Filьtratsiya jaraeni qoptokchali kismida utib, natijada birlamchi siydik 60-80l mikdorda xosil buladi. Reabsorbtsiya jaraeni kanalchali kismida utib, natijada ikkilamchi siydik 1-1.5 l mikdorda xosil buladi.
Buyraklar nafakat ajratishda ishtirok etuvchi a’zolardir, ularni bajaradigan boshka funktsiyalariga kura ichki sekretsiya bezi deb ko’rish mumkin. Nefrondagi Genle kovuzlogining yukoriga kutariluvchi kanalchasini distal bulimiga utish joyida kup mikdordagi yadrolar tudasini ko’rish mumkin, bazal membranasi bulmaydi. Distal bulimining bu kismi zich dog deb nom olgan. Kon olib keluvchi va kon olib ketuvchi arteriyalarning zich dogga tegib turadigan devorida, endoteliotsitlar tagida yukstaglomerulyar xujayralari joylashadi. Bu xujayralar kon bosimini idora etadigan renin oksilini va buyrak eritropoetik faktorini ishlab chikaradi. Buyrak eritropoetik faktori eritrotsitopoez yeki eritrotsitlarni rivojlanishini tezlashtiradigan moddalarni ishlab chikaradi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish