1. Burun bo’shlig’i va uning togaylari.
2. Hiqildoq va uning tog’aylari, bo’g’imlari, muskullari. Hiqildoqning tovush hosil qilishi
Kekirdak joylashishi va tuzilishi.
Bronxlar tuzilishi va joylashishi.
O’pka tuzilishi va joylashishi.
O’pkada qon bilan ta’minlanishi va gaz almashinuvi.
Tayanch iboralar: nafas olish, burun bo’shlig’i, burun-halqum, hiqildoq, kekirdak, bronxlar, bronxiolalar, atsenus, alveolalar, o’pkalar, o’pka darvozasi, gaz almashinuv jarayoni.
Har bir organizmning xayot faoliyati uchun nafas olish protsessi muhim axamiyatga ega. Nafas olinganda upkaga kislorod xavodan konga utib, barcha xujayralarga yetkaziladi. Nafas chikarilganda karbonat angidrid va boshka kerak bulmagan gazsimon birikmalar nafas olish organlari orkali tashkariga chikadi.
Nafas olish organlari xavo o’tkazuvchi yo’llar va gazlar almashidigan a’zo - upkalarga bulinadi. Xavo o’tkazuvchi yo’llarga burun bo’shlig’i, Xiqildoq, kekirdak, traxeya va bronxlar va bronxiolalar kiradi. Upkalarda esa kon bilan kislorod orasida gazlar almashinishi ruy beradi. Yukori sut emizuvchilarda nafas olish a’zosidan Xiqildoq ikkita funktsiyani bajaradi: xavo o’tkazuvchi va tovush chikaruvchi. To’g’ri nafas olish burun bo’shlig’i orqali ruy beradi.
Burun bo’shlig’ining xosil bulishda bir juft burun suyagi, galvirsimon suyakning tik plastinkasi, burun tusigining togayi, yon devorlarining va kanotlarining togaylari ishtirok etadi. Togaylar tufayli burun teshiklari ochik va bir-biridan ajralib turadi. Burunning bitta tok togayi bulib, galvirsimon suyakning tik plastinkasi bilan orka va yukoridan, dimog suyagi, oldingi burun usigi bilan tutashib, burun tusigini xosil kiladi. Juft togaylar burun kanotlarining yen tomonlarini va asoslarini xosil kiladi. Burun bo’shlig’ining atrofida joylashgan peshona suyagi, yukori jag va ponasimon suyak ichida bushliklar bulib, ular burun bo’shlig’i bilan tutashgan. Bular yordamchi suyak kavaklari deb nomlanadi va burun ichiga kirgan xavoning shillik kavatiga tuknashish yuzasini oshiradi. Yerdamchi suyak kavaklari urnashgan joyiga karab 3 guruxga bulinadi:
a) yukori jag ichida joylashgan kavak gaymor bo’shlig’i deyiladi va o’rta burun yo’liga ochiladi.
b) peshona suyak bo’shlig’i - bu xam o’rta burun teshigiga ochiladi.
v) ponasimon suyak bo’shlig’i yukori burun bo’shlig’iga ochiladi.
Tashki burun teshiklari va ichki teshiklar - xoanalar farklanadi. Xoanalar xalkum bo’shlig’ini o’rta quloq bo’shlig’i bilan tutashib turuvchi joyiga kelib ochiladi. Xavo burun xalkumdan xalkumning ogiz kismiga kiradi, sung esa kekirdakka utadi.
Burunning yukorigi, o’rta va pastki chiganoklari farklanadi. Uchta burun chiganogi burun bo’shlig’ining umumiy yuzasini oshiradi. CHiganoklarning medial yuzalari bilan burun tusigi orasida umumiy burun yo’li utadi. CHiganoklar ostida esa pastki, o’rta va yukorigi burun yo’llari joylashgan. Yukorigi chiganoklarda xidlash soxasi joylashgan. Bu yerda xidlash analizatorinining periferik kismi joylashgan bulib, maxsus xid sezuvchi neyrosensor xujayralaridan tashkil topgan. Rasm №
Burun bo’shlig’ining butun ichki yuzasi shillik parda bilan qoplangan. Bu parda xilpilovchi kiprikli epiteliy bilan qoplangan. SHillik bezlar kadaxsimon xujayralardan tarkib topib, shillik moddalar ishlab chikaradi. Epiteliy kipriklari xavo tarkibidagi changni ushlab koladi. SHillik osti kavatida joylashgan kon kapillyarlari orkali xavo iliydi va iligan xolda xavo upkaga utadi. Nixoyat shillik bezlarning sekreti yordamida xavo namlanadi.
Xiqildoq xavo o’tkazuvchi yo’llarning bir kismi bulishi bilan tovush chikarishda xam ishtirok etadi.
Xiqildoq buyinning oldingi kismida IY-YI buyin umurtkalari soxasida joylashgan. Til osti - kalkonsimon membrana orkali Xiqildoq til osti suyagiga osilib turadi. Xiqildoq old tomonidan teri, buyin muskullari va fastsiyalar joylashgan. Orka tomondan esa buyindan utuvchi kon tomirlar va nervlar utadi. Xiqildoq pastki kismi bilan traxeyaga tutashgan.
Xiqildoq skeleti juft va tok togaylardan iborat. Tok togaylarga kalkonsimon togay va Xiqildoq usti togay va uzuksimon togay kiradi. Juft togaylarga chumichsimon togaylar, shoxsimon togaylar va ponasimon togaylar kiradi. Rasm №
Do'stlaringiz bilan baham: |