13-maьruza. Boshqarilmaydigan to‘g‘rilagichlar.
Reja:
1.Tug‘rilagichning tuzilish sxemasi.
2.YArim o‘tkazgichli ventillar va ularning parametrlari.
3.Bir fazali bir taktli tug‘rilash sxemasi.
4.Kupriksimoi tug‘rilash sxemasi
Tayanch so‘z va iboralar: transformator, ventillar, bir fazali bitta yarim davrli tugrilash, o‘zgaruvchan tok, o‘zgarmas tok.
To‘g‘rilagichning tuzilish sxemasi
Respublikamizda elektr energiyasi 50 Gs chastotali o‘zgaruvchan tokda tarqatiladi, bu bilan birga telekommunikatsiya apparaturalarining ko‘p qismi turli nominallardagi o‘zgarmas tok bilan ta’minlanishi sababli o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka o‘zgartirish zarurati tug‘iladi. Buning uchun tug‘rilagichlar ishlatiladi. Tug‘rilagich deb o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokga aylantiruvchi qurilmaga aytiladi.
Umumiy kurinishda tug‘rilagich 4 ta asosiy qismlardan iborat bo‘ladi (15.1-rasm).
Transformator o‘zgaruvchan tok tarmog‘i kuchlanishini tug‘rilovchi element kirishida talab qilinadigan qiymatga o‘zgartiradi.
15.1-rasm. Bir kanalli tug‘rilagichning tuzilish sxemasi
Ventillar bir tamonlama o‘tkazuvchanlikka ega va o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka o‘zgartirishni amalga oshiradi. Tug‘rilagichda ularning soni tug‘rilash sxemasiga bog‘ik bo‘ladi. Tug‘rilagichning har bir fazasi kamida bitta ventilь zvenosiga ega bo‘ladi. Lekin ko‘p hollarda talab qilinadigan tok va kuchlanish qiymatini olish uchun har bir ventilь zvenosida bir necha ventillar bo‘lishi mumkin. Ventillar ketma-ket, parallel va murakkab guruhlarda ulanishi mumkin.
Tug‘rilagichdan keyin kuchlanish yoki tok pulьslanuvchan bo‘ladi. Uni o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tashkil etuvchilardan iborat deb tasavvur qilish mumkin. Telekommunikatsiya apparaturalari pulьslanuvchan o‘zgarmas tok bilan ta’minlanganda aloqa signallarini uzatishda jiddiy xalaqitlar yuzaga kelishi mumkin. Bunga ruxsat etilmaydi va pulьsatsiyani kamaytirish choralari ko‘riladi. Buning uchun ventillar va ta’minlanadigan apparaturalar orasiga silliqlovchi filьtr qo‘yiladi. To‘g‘rilagichning chiqish kuchlanishi 10... 15 foizga o‘zgarishi mumkin bo‘lgan ta’minot o‘zgaruvchan kuchlanish qiymatiga bog‘lik. Telekommunikatsiya apparaturalarida ko‘pincha bunday sezilarli tebranishga ruxsat berilmaydi. SHuning uchun zamonaviy tug‘rilagichlarda filьtrdan keyin tok va kuchlanish stabilizatorlari qo‘yiladi. Bu zvenodan tashqari tug‘rilash qurilmasida kommutatsiyalash apparaturasi, himoyalash zanjiri va boshqalar bulishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |