Jinsiy a’zolar tizimi
Jinsiy tizimi erkak va aellar jinsiy a’zolaridan iborat. Asosiy a’zolardan ikkala jins uchun jinsiy bezlari: erkaklarga moyaklar, aellarga tuxumdonlar xosdir. Jinsiy bezlari ikki xil muxim vazifani bajaradi: a) generativ funktsiyasi tufayli jinsiy xujayralarni ya’ni tuxum xujayralarni va spermatozoidlarni yetilishi ta’minlanadi.
b) endokrin funktsiyasi - bu xar bir jinsga xos jinsiy gormonlarni ishlab chikarish. Generativ va endokrin funktsiyalari bir-biri bilan boglik bulib, gormonlar ta’sirida individual tarakkiet davrida nafakat ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bulishi idora etiladi, balki organizmni kupayishi uchun zarur sharoitlar xam vujudga keladi.
Erkak jinsiy tizimi.
Erkaklar jinsiy tizimiga moyaklar va ularning ortigi, urug chikarish yo’llari, urug, pufakchalari, prostata bezi, Kuper bezlari va tashki tanosil a’zolari kiradi. Ochilgan aloxida moyak preparatida moyak paradalarini va a’zoni xosil bulish xususiyatlari kurasatiladi. Erkak tosining sagittal kesmasida urug chikarish yo’llarini, urug pufakchalarini, prostata joylashishi xususiyatlariga axamiyat beriladi. Prostata bezini siydik qopi, tugri ichak va siydik chikarish kanali bilan bulgan topografik munosabatlariga studentlar dikkatini aloxida jalb etish lozim. Rasm №
Moyaklar - erkak jinsiy bezlar bulib, ikki xil funktsiyani bajaradi. Generativ funktsiyasi jinsiy xujayralar - spermatozoidlar ishlab chikarishdan iborat. Gormonal funktsiyasi esa - erkak jinsiy gormoni - testesteron ishlab chikarishdan iborat. Testosteron gormoni erkaklar ikkilamchi jinsiy belgilarni xosil bulishini ifodalaydi.
Moyaklar bir nechta pardalar bilan uralgan bulib, uning xususiy moddasini urab turgan parda - oksil parda deyiladi. Oksil parda moyakning orka kirgogida kalinlashib, oralikni xosil kiladi. Moyak oraligidan ichki tukima ichiga biriktiruvchi tukimali tusiklar kirib, moyakni bir nechta bulakchalarga ajratadi. Bulakchalarni soni 250-350 ga teng. Xar bir bulakcha ichida 1-2 egri-bugri kanalchalar joylashgan. Xar bitta kanalchani uzunligi 50-80 sm, xamma kanalchalarning umumiy uzunligi 300-400 m teng. Egri- bugri kanalchalar moyak oraligi soxasida tugrilanadi va tugri kanalchalarga aylanadi. Tugri kanalchalar oralik ichiga kirganda bir-biri betartib tursimon tutashib ketadilar va natijada moyak turi xosil kiladi. Turdan 12-18 chikarish kanalchalari chikib, moyak ortigiga kiradi. Moyak ortigi konus shaklida burilib, ortig yo’lini xosil kiladi. Ortig yo’lining davomi urug chikarish yo’li deb ataladi va uzunligi 40-45 sm. ga teng. Urug chikarish yo’liga tos bushligida urug pufakchalari ochiladi. Urug pufakchalari ishkoriy sekret ishlab chikarib, spermatozoidlarni xarakatchangligini oshiradi. Urug chikarish yo’li prostata bezidan utadi. Rasm №
Prostata bezi siydik chikarish kanalining boshlangich kismida, kovukning tagida turadi. Prostata bu bez- muskulli a’zo bulib, spermatozoidlarni aktivlovchi moddalar ishlab chikaradi. Tashki tanosil a’zolarga erkak olati va yorgok kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |