Odam anatomiyasi


JINSIY BEZLARNING ENDOKRIN QISMLARI



Download 0,71 Mb.
bet71/113
Sana19.01.2023
Hajmi0,71 Mb.
#900533
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   113
Bog'liq
Odam anatomiyasi

JINSIY BEZLARNING ENDOKRIN QISMLARI
Erkaklar urug'i bezi (moyak) dagi urug' ishlab chiqaradigan kanalchalar oralig'ida joylashgan alohida hujayralarda testosteron va androsteron gormoni (androgenlar) ishlab chiqaradigan hujayralar bo'ladi. Testosteron gormoni erkaklarda ikkilamchi jinsiy belgilaming paydo bo'lishi (soqol-mo'ylov o'sishi, muskullaming rivojlanishi)ni ta’minlaydi va ularning erkaklarga xos qiyofaga kirishiga yordam beradi. Agar urug'donlar olib tashlansa (bichilsa), yuqorida keltirilgan erkaklik belgilari o'zgarib, soqol-mo'ylov o'smaydi. O'sgan bo'lsa tushib ketadi. Ovoz zaiflashib, ayol organizmiga o'xshab qoladi. Gormonlar jinsiy a’zolaming, ikkilamchi jinsiy belgilaming rivojlanishini ta’minlaydi. Gormon yetishmasa, yuqorida ko'rsatilgan xususiyatlar yaxshi rivojlanmaydi. Bu vaqtda androgenlar berilsa, jinsiy a’zolar va ikkilamchi jinsiy belgilar takomil etadi.Androgenlar spermatozoidlarning normal yetilishini ta’minlaydi. Aks holda yetilgan va harakatchan spermatozoidlar rivojlanmaydi.Androgenlar to'qimalarda, ayniqsa muskullarda oqsil hosil bo'lishini ta’minlaydi, organizmda yog'ni kamaytiradi, markaziy nerv sistemasiga ta’sir etadi, tormozlanish jarayonini normal holda saqlaydi. Bezdan ajralgan ikkinchi gormon prostata bezining rivojlanishini tartibga soladi.Ayollarda esa tuxumdondagi follikulalarda turli gormonlar ishlanadi va follikulin deb ataladi. Follikulin jinsiy a’zolarning normal rivojlanishini, ikkilamchi jinsiy belgilar hosil bo'lishini va nerv sistemasi qo'zg'alishini ta’minlaydi.
Ma’lumki, tuxumdonda yetilgan tuxum tuxumdon pardasini yorib tashqariga chiqadi va bachadon naychasining kipriklari yordamida naychaning ichiga o'tadi (tuxumdonanatomiyasiga qaralsin). Tuxumdon pardasining yirtilgan joyida chandiq—sariq tana paydo bo'ladi. U ikki xil: biri chin (haqiqiy) sariq tana deyilsa, ikkinchisi soxta tana bo'ladi. Chin sariq tana tuxum otalanib, homiladorlik boshlangan paytda tuxumdon pardasining yirtilgan joyida paydo bo'lib, otalangan tuxumning bachadon shilliq pardasiga cho'kib, ushlanishiga imkoniyat tug'diradi, bachadon muskul qavatining qisqarishiga qarshilik qiladi, sut bezlarining o'sishini ta’minlaydi. Aksincha, yetilib chiqqan tuxum otalanmasa, paydo bo'lgan soxta sariq tana shimilib, progesteron gormonini ajratadi. Bu gormon navbatdagi follikulaning rivojlanishiga ta’sir etadi. Bulardan tashqari, bo'rtgan bachadon shilliq qavati ko'chib, qon tomirlar shikastlanadi (ayollar hayz ko'radi). Chin sariq tana butun homiladorlik davrida (9 oygacha) saqlanadi va undan chiqqan gormon homilaning normal rivojlanishini ta’minlab, yangi tuxum hujayra yetilishini to'xtatadi va sut bezlarini rivojlantiradi. Homiladorlik vaqtida chin sariq tana olib tashlansa, homila takomili to'xtaydi. Soxta sariq tanada ishlangan gormon esa yangi tuxum hujayraning yetilishiga ta’sir etadi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish