Muskullarining yordamchi apparati.
Muskullaring yordamchi apparatiga paylar, fastsiyalar, galtaklar, sinovial kinlari, sinovial xaltalar, sesasimon suyaklar kiradi:
Paylar - xar bir muskulning suyakka kelib birikuvchi mustaxkam payi buladi. Pay muskulning gushtdor kismidan uzining yaltirokligi, ok yoki sargish rangi bilan ajaralib turadi. Paylar paralel xolda joylashgan kollagen tolalaridan va ularning orasida tarkok xolda yetgan fibroblastlar va fibrotsitlardan tashkil topgan. Bir kancha paylar yigindisi 1 tartibli paylarni xosil kiladi va atrofdan zich tolali shakllanmagan biriktiruvchi tukimali parda – endotendiniy bilan uralgan. Bir kancha paylar guruxi peritediniy bilan qoplangan. Ba’zan pay muskullarning fakat birikish tomonidangina bulib, boshlanish kismida bulmaydi. Paylar chuzilishga juda chidamlidir. Masalan sonning turtboshli muskulining payi 600 kg., boldirning uchboshli muskulining Axill payi 400 kg. yukni kutarish kobiliyatiga ega.
Fastsiyalar - muskullarni biriktiruvchi tukimadan iborat bulgan parda chexol kabi urab turadi, u fastsiya deb ataladi. Fastsiya bir muskulni ikkinchi muskuldan ajratib turish, xar kaysi muskulning aloxida kiskarishini ta’minlash, muskullarning korinchalariga yeki tanalariga tayanch bulish, muskullarni bir-biriga nisbatan ishkalanish kuchini kamaytirish vazifalarini bajaradi.
Fastsiyalar kaysi kavatdagi muskullarni urab turishiga karab chuqur, o’rta va yuza fastsiyalarga bulinadi. Fastsiyalarni tuzilishi muskullarni bajaradigan ishiga va kuchiga boglik buladi. Agar muskullar yaxshi tarakkiy etgan bulsa, katta yuklamalar kutarish kobiliyatiga ega bulsa, ularni urab turuvchi fastsiyalar zich tolali biriktiruvchi tukimadan tuzilgan, ancha pishik buladi. Kichik yuklamalarni kutaradigan muskullar siyrak tolali biriktiruvchi tukimadan tuzilgan nozik fastsiyalardan tuzilgan.
Galtaklar - suyaklarda togaydan yoki zich biriktiruvchi tukimadan iborat dunglar buladi. Galtak muskulning kiskarish samarasini oshiradi. Muskul payi galtaklardan aylanib utgan joyda ularga mos arikchalar xosil buladi.
Sinovial kinlar – xarakatlanadigan paylarni xarakatsiz fibroz kin devorlaridan ajratib turadi. Sinovial kini - ma’lum mikdorda sinivial suyuklik bilan tulgan tor yeriksimon xalta bulib, parietal va vistseral varaklari bilan chegaralangan. Vistseral yeki ichki varak payni xamma tomondan urab oladi. Parietal yeki tashki varak fibroz kinning devorlarini qoplaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |