CHiganokli labirint eshitish analizatorining periferik kismi bulib, ichida eshitish a’zosi joylashgan. Daxlizning chiganok ichidagi va uchi berk bulgan burtmasiga chiganok yo’li deyiladi. CHiganok yo’li uzunligi 3,5 sm teng bulgan biriktiruvchi tukimali qop bulib, ichida endolimfa buladi. CHiganok yo’li suyakli spiral kanalini uch kismga bulib, uzi o’rta kismini egalaydi. Yukorigi kismini - daxliz narvoni, pastki kismini - nogora narvoni tashkil etadi.CHiganokning kubbasida ikkala narvon chiganok teshigi orkali bir biri bilan tutashadi. Nogora narvon chiganokning asosigacha yetib, chiganokning yumolok darchasi yenida tugallanadi. Yumalok darcha ikkilamchi nogora parda bilan yepilgan. Daxliz narvoni daxlizning perilimfatik bushligi bilan tutashadi.
CHiganok yo’li kundalang kesmada uch burchak shaklga ega. CHiganok yo’lining yukorigi daxlizli devori daxliz narvoniga karagan, ichki yuzasi bir kavatli yassi epiteliy bilan, tashki yuzasini - endoteliy qoplaydi. Epiteliy va endoteliy orasida yupka biriktiruvchi tukimali kavat joylashgan. CHiganok yo’lining tashki devori suyakli chiganokning suyak usti pardasi bilan kushilib ketgan va xar chiganokning uramalarida joylashgan spiral boylamlariBoylam yuzasida tomirli tasmacha bulib, uning tarkibida kapillyarlar endolimfani xosil kiluvchi kubsimon xyjayralar joylashgan. Ostki devori yeki nogora devor, nogora narvoniga karagan va juda murakkab tuzilgan. Bazilyar membrana ustida tovushlarni kabul kilish vazifasini bajaradigan Korti a’zosi joylashgan. Bazilyar membrana bir uchi bilan spiralsimon suyak plastinkaga, karama karshi uchi bilan spiral boylamga birikadi. Membrana nozik radial yunalishda joylashgan 24 ming yakin kollagen tolalardan tashkil topgan.Bazilyar membrana ustida tashki va ichki tayanch xujayralari joylashgan bulib, ularni ustida esa retseptor tukli xujayralar joylashgan va ular bazal membranagacha yetmaydi.Tashki tayanch xujayralari spiralsimonsuyak plastinkani chetidan uzokrok, ichkisi esa yakinrok joylashadi. Retseptor xujayralari xam ikki xilga bulinadi: ichkisi kolbasimon shaklda, tashkisi - tsilindrsimon shaklga ega. Ichki va tashki tayanch xujayralari utkir burchak ostida tutashadi, natijada uch burchakli kanal yeki ichki korti tunneli xosil buladi. Korti kanali Korti a’zosidan spiralsimon utib, ichida endolimfa buladi.Tunnelь ichida spiral nerv tugunidan chikuvchi mielinsiz nerv tolalari joylashgan. Retseptor xujayralarning ustki yuzasida tukchalar-mikrovorsinkalar bilan qoplangan. Tukli xujayralar ustidan qoplovchi membrana joylashadi. Uni bir uchi suyak spiralsimon plastinkaga birikadi, ikkinchi uchi esa chiganok yo’lining bushligida erkin osilgan xolda tugallanadi.
Afferent neyronlarning tanalari (I neyronlar) spiralsimon plastinka ichidagi spiral tugunida joylashgan. Tashki retseptor tukli xujayralar ichki tukli xujayralarga nisbatan baland tovushlarga sezgir buladi. Baland tovushlar chiganokning pastki urama soxasida joylashgan xujayralarni ko’zgotadi. Past tovushlarni asosan chiganokning kubbasi soxasidagi xujayralar kabul kiladi.
Quloq analizatorining funktsiyasi. Eshituv jarayonida quloq suprasi deyarli axamiyatga ega emas. Tovush tulkinlari tashki eshitish yo’li orkali nogora pardaga uzatiladi va unda mexanik tebranishini uygotadi. Nogora pardaning mexanik tebranishlari bir-biri bilan ketma-ket boglangan eshitish suyakchalari orkali daxliz darchasining pardasiga uzatiladi. Daxliz pardasiga boglangan uzangisimon suyakchaning tebranishlari tufayli daxliz narvoni ichidagi perilimfaning tebranishlari vujudga keladi xamda chiganok uchidagi teshikcha orkali bu tebranish nogora narvondagi perilimfaga, u orkali esa chiganok darchasiga uzatiladi. Perilimfa tebranishlari endolimfaga uzatiladi. Endolimfaning tebranishlari natijasida bazilyar membrana tovush kuchi va amplitudasiga kura tulkinsimon, butun uzunasi buylab, tebrana boshlaydi. SHu tebranishlar tufayli qoplovchi membrana tukli retseptor xujayralari orasida kontakt vujudga keladi va xujayralar ichida nerv impulьslari xosil buladi. Bu impulьslar spiral tugunda joylashgan neyronlarning dendritlari orkali bazal membranaga uzatiladi, aksonlari esa daxliz-chiganok nervi chiganokli kismi tarkibida uzunchok miyaning rombsimon chukurchasi soxasida joylashgan ventral yadrolarda (II neyronlarda) tugallanadi. Bu yadrolar tarkibidagi ikkinchi neyronlar aksonlari yukorigi oliva soxasida karama - karshi tomondan kelaetgan xuddi shunday tolalar bilan kesishib, lateral kovko’zlok tarkibiga kushiladi. Sung lateral kovuzlok ichidagi eshitish yo’li tolalari turt tepalikning ostki tepaliklarida va medial tizzasimon tanada tugallanadi va bu yerda joylashgan III neyronlari bilan sinapslar xosil kiladi. Turt tepalikning ostki tepaliklaridan va medial tizzasimon tanalardan boshlangan III neyron aksonlari ichki kapsuladan utib, miya pustlogidagi yukorigi chakka pushtasida tugallanadi. Demak, eshituv analizatorining pustlok markazi - miya pustlogining yukorigi chakka pushtasida joylashgan.