To‘qimalar. Epiteliy to‘qimasi. Bezli epiteliy, bezlar. To‘qimalar ta’rifi,
klassifikatsiyasi. Epiteliy to‘qimasi, uning turlari, tuzilishi. Bir kavatli yassi
epiteliy. Bir kavatli kubsimon epiteliy.
Ma’ruza rejasi:
1. To‘qimalar haqida tushuncha.
2. To‘qimalarning tasnifi.
3. Epiteliy to‘qimasi. Umumiy tasnifi.
4. Topografiyasi.
5. Genetik va morfofunksional tavsifi.
6. Turli ko‘rinishdagi epiteliyning tuzilishi va vazifasi.
7. Bezli epiteliy. Ekzokrin bezlarning umumiy xarakteristikasi.
To‘qima haqida tushuncha.
To‘qima – filogenetik taraqqiyot davomida hosil bo‘lgan, ma’lum bir
tuzilishga va vazifaga ixtisoslashgan hujayralararo modda va undagi elementlar
kompleksiga aytiladi. To‘qimalarning asosiy elementi – xujayralardir,
ularning
hosilalariga esa xujayra mahsuloti va xujayralararo modda deyiladi. Hujayralarning
o‘zaro qo‘shilishidan hosil bo‘lgan – simplastlar (ko‘ndalang targ‘il mushak,
sinsitiotrofoblastlar) va sinsitiy – takomillashmagan hujayralarning kiprikchalar
orqali bog‘lanishi (emal a’zosining pulpasi, jinsiy hujayralar).
Hujayraning maxsulotiga ko‘ra trombotsitlar, epidermisning muguz qavati kiradi.
Hujayralararo modda – asosiy modda va tolalardan iborat.
Asosiy modda gel, zol
yoki minerallashgan ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Tolalar ichida kollagen,
elastik
va retikulyar turlari farqlanadi. Hujayralar hujayralararo moddada alohida, ma’lum
masofada (biriktiruvchi to‘qimada), o‘simtalar bilan bog‘langan (retikulyar
to‘qima) yoki hujayra plastlari xosil qilib joylashishi mumkin (masalan,
parenximatoz a’zolar, yurak mushagi).
Epiteliy, ichki muxit, mushak va nerv to‘qimalari farqlanadi. SHu
to‘qimalrdagi xar bir hujayra o‘zining ma’lum bir
strukturasi va funksional
belgilariga ega, ularni shu xususiyatlari bilan boshqa to‘qima hujayralaridan
farqlash mumkin. Hujayralararo moddalar ham turli tipdagi to‘qimalarda o‘ziga
xos tuzilgan. Ba’zida, alohida to‘qimalarning o‘zida
hujayralar va hujayralararo
moddalarning morfofunksional xususiyatlari turlicha bo‘lishi mumkin. SHuning
uchun ba’zi to‘qimalar tarkibi turli ko‘rinishlarga ajratiladi. Masalan,
ichki muhit
to‘qimasini qon va biriktiruvchi to‘qimaga ajralishi mumkin,
biriktiruvchi
to‘qimaning o‘zini esa yana bir qator ko‘rinishlari mavjud (siyrak, zich
biriktiruvchi to‘qima, suyak va tog‘ay to‘qimasi).
A’zolarning tarkibida xamma to‘qimalar bo‘ladi. Ularning ba’zilari a’zoning
asosini hosil qiladi (skelet), ularga stroma deb ataladi, boshqalari esa – parenxima
deyiladi. Parenxima a’zoning asosiy vazifasini bajaradi. Ko‘p hujayralar boshqa
to‘qimalardan bazal membrana (uglevod-oqsil-lipid komponentli)
bilan ajralib
turadi. Bazal membrana to‘siq va tuzilma xosil qilish vazifalarini bajaradi. U
matriks va IV tip kollagendan tuzilgan.