Ocr document


-§. YUZ YILLIK URUSHNING BOSHLANISНI VА UNING DASTLABKI DАVRI



Download 0,78 Mb.
bet28/50
Sana29.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#418413
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50
Bog'liq
7-JAHON KONS

24-§. YUZ YILLIK URUSHNING BOSHLANISНI VА UNING DASTLABKI DАVRI
Yuz yillik urush va uning bos­qichlari. Urushning sabablari. Angliya va Fransiya o`rtasida XIV asrning 30-­yillari boshlangan urushlar (1337-­1453) tanaffuslar bilan yuz yildan ortiq davom etib, tarixda "yuz yillik urush" nomini olgan. Filipp IV ning o`limidan ko`p o`tmay taxtga da`vogar erkak zurriyot qolmaydi. Х asrdan buyon davom etayotgan Kapetinglar vorisi deb Valualar oilasi tan olinadi. Аmmо inglizlar qiroli Eduard III Filipp IV ning qizidan nabirasi o`zini har qanday valualardan taxtga haqliroq deb e`lon qiladi. Ingliz qiroli talabini rad etish uchun fransuz huquqshunoslari Xlodvig davridagi "Sali haqiqati"dan yerni meros bо`yiсha ayоl kishiga o`tishi mumkin emasligi haqidagi qonunni topishadi. Нuquqshunoslar bu qonunni qirollik ham yer-mulk ekanligi, demak Eduard III ning onasi Filipp IV ning qizi o`g`liga Fransiya taxtiga o`tirish huquqini bеr­ishi mumkin emasligi haqida qaror chiqarishadi. Vorislik haqidagi bahs qurol yordamida yechila boshlanadi. Fransiya qiroli 1337-yili inglizlarning mamlakatning janubi-g`arbidagi Akvitaniya yerlarini o`z e`tirofiga olganini e`lon qiladi. Bunga javoban Eduard III Fransiyaga qarshi urush boshlaydi. Urushning borishi. Angliya va Fransiya urushi tez orada umumyevro­рa mojarosiga aylanadi. Shotlandiya va Kastiliya Fransiyani, Portugaliya esa Angliyani qo`llaydi. Yevropaning barcha hududlaridan ritsarlar kelib yо inglizlar, yoki fransuzlar xizmatiga o`ta boshlaydilar. Inglizlar 1340-yili Fransiya dengiz flotini yengib, quruklikda hujumga o`tadilar. Dastlabki yirik jang 1346-yil Kresi yaqinida bо`lib, unda fransiya­liklar qo`shini mag`lubiyatga uchraydi. Ingliz qo`shinlarining intizomi, son ji­hatidan ustun bo`lishi, puxta tay­yorgarligi urushning dastlabki davrida­yoq Angliya ustunligini ta`minlaydi. Еrkin dehqonlardan tuzilgan kamon­chilar bo`linmasi ham g`alaba omil­laridan biri bo`ladi. lnglizlar qo`shini qiroldan maosh olgan harbiy bosh­liqlar buyrug`ini so`zsiz bajargan. Fransiya qo`shini alohida ritsarlik bo`linmalaridan tashkil topgan bо`lib, har bir ritsar mustaqil harakat qilgan. Qo`shinda yagona boshqaruv va harbiy intizom bo`lmagan. Kale portini olgan ingliz qo`shinlari 1347-yili Akvitaniyaga yurish boshlaydi. 1356-yili Fransiyaning son jihatidan ikki barayar katta qo`shini shahzoda Eduard bo`linmasini ta`qib etib, unga Puate yaqinida yetib oladi. Eduard fransuzlar uni o`tkazib yuborishi hisobiga barcha o`lja va asirlarni, qo`lga kiritgan hamma qal`a va qasrlarini berishga tayyоr ekanli­gini bildiradi. Lekin Fransiya qiroli shahzodani o`z a`yonlari bilan asirlikka tushib qamoqqa olinishiga rozi bo`lishini talab qiladi. Natijada Eduard jang qilishdan boshqa chora qolmaganiga ishonch hosil qiladi. Jang davomida fransuzlar yana birikmay harakat qilishi ularning eng sara ritsarlarini halokatiga sabab bo`ladi. Fransiya qiroli Ioaan Sahiy va o`g`li Filipp asirga tushadi. Jangdan so`ng inglizlarga ularning Fransiya­dagi ko`plab yer-mulklari qaytariladi. Urush esa fransuzlar uchun xavfli tus ola boshlaydi. Jakeriya qo`zg`oloni. Yuz yillik urush davomida soliqlardan, ayniqsa dehqonlar aziyat chekkanlar. Yevropaga, jumladan Fransiyada XIV asrning o`rtalarida tar­qalgan vabо - "qora o`lat"dan aholining deyarli yarmi qirilib ketgan. Аmmо xo`jayinlar "Sodda Jakning yelkasi keng, u hammo og`irlikni ko`taradil`, deyishgan. Od­diy dehqonga nisbatan ishlatiladigan laqab "Jak", keyinchalik qo`zg`olonning nomiga aylanadi. Fransiyaning Воvе okrugida, 1358-yil may oyida boshlangan dehqonlar qo`zg`oloni tarixda "Jakeriya" nomini oladi. Qo`shni viloyatlarga ham tarqalgan qo`zg`olonda yuz mingga yaqin kishi qat­nashgan. Qo`zg`olonchilarning shiori "barcha zodagonlarni bitta ham qoldirmay qirib tashlash" edi. Bunga ularning dehqonlarga o`tkazgan og`ir zulmi sabab bo`lgan. Qo`zg`olonchilar feodallar qal`alarini talab, soliq hujjatlarini, ro`yxatlarini yondirib yuboradilar. Аmmо, odil qirolga ishongan dehqonlar bayroqlariga qirol gerbidagi - oq nilufar tasviri tushirilgan. Kо`р o`tmay feodallar birlashib Gilom Kal boshchiligidagi qo`zg`olonni bostiradi. Qo`zg`olonning yana takrorlanishidan qo`rqqan feodallar dehqonlarni to`lov evaziga shaxsiy qaramlikdan ozod еtislmi tezlatadilar, ular qo`zg`olondan keyin o`z xo`jaliklarini nisbatan muvaf­faqiyatliroq rivojlantirish imkoniga ega bo`ladilar.



Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish