Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик


 O’zbekiston ommaviy axborot vositalari rivojlanish yo’lida



Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/80
Sana10.02.2023
Hajmi1,7 Mb.
#909789
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80
Bog'liq
F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik

2. O’zbekiston ommaviy axborot vositalari rivojlanish yo’lida 
Endilikda axborot sohasida havfsizlikni ta’minlash milliy va halqaro xavfsizlik 
mazmunini belgilaydigan bo’lib qoldi.
Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari 
jamiyatimiz axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlashning bir qator vazifalarini hal 
qilishga da’vat etilgan. Ularning hozirgi texnik-texnologik va son jihatdan rivojlanishi 
mamlakatimiz axborot maydonini o’z mahsulotlarimiz bilan to’ldirish imkonini beradi. 
1994 yilda O’zbekistonda 445ta ommaviy axborot vositasi faoliyat ko’rsatgan
bo’lsa, 1999 yilda ular soni 652 taga, 2004 yilda 880 taga etdi. 2008 yilda esa ular 
1100tani tashkil qilib, 289 tasi gazeta, 222 tasi jurnal, 50dan ortig’i byulleten, 
axborotnoma, almanax, radio, televidenie, axborot agentliklari va Internetdan iborat 
bo’ldi. 2012 yilda esa ularning umumiy soni 1250dan oshib ketdi. Jamoatchilik
tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslar ularning ta’sischilaridirlar. 
Xavfsizlikni ta’minlashning asosiy yo’llaridan biri – OAV bozorini 
monopollashtirishga yo’l qo’ymaslik. O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 15 
yanvardagi O’RQ-78 son bilan tasdiqlangan “Ommaviy axborot vositalari to’g’risida 
(yangi tahriri)” Qonunining 30-moddasida shunday deyilgan: “Bironta ham yuridik yoki 
jismoniy shaxs ommaviy axborot vositalarining tegishli markaziy yoki mahalliy 
bozoriga chiqariladigan ommaviy axborot vositalarining yigirma bez foizidan ortig’iga 
muassis (hammuassis) bo’lishga va (yoki) ularni shuncha miqdorda o’z mulkida, 
egaligida, foydalanishida, tasarrufida, yurituvida yoxud boshqaruvida (bevosita yoki 
affillangan shaxslar orqali) saqlashga haqli emas”
1
.
1
Засурский Я.Н. Информационная безопасность России и средства массовой информации. http: //emag. iis ru / arc/ 
infosoc/ imag. nsf /BPA/ 5b 9c 943f 52706569 c3256 c 4e 00495e 6a.
1
1
“Оммавий ахборот воситалари тўғрисида” Ўзбекистон Республикасининг Қонуни (янги таҳрири). 15.01.2007. № 
ЎРҚ-78. // Оммавий ахборот воситалари фаолияти соҳасидаги меъёрий-ҳуқуқий ҳужжатлар тўплами. – Т.: “Ishonch 
Markas Servis”, 2009. – Б. 15. 


104 
Nashr turiga ko’ra gazetalar tonggi va kechki; kundalik va haftalik; maqomiga
ko’ra respublika, viloyat, tuman, shahar; ixtisoslashuvi bo’yicha ijtimoiy-siyosiy, 
partiyaviy, sohaviy, diniy-ma’rifiy, axborot-ko’ngilochar, axboriy-ma’rifiy, reklama va 
ba’zi boshqa gazetalarga ajraladi. Davriyligini istisno etganda, mazkur tasnif 
jurnallarga ham hosdir. Ularni chiqish muddatiga qarab haftalik, oylik, uch oylik, yarim 
yillikka ajratish mumkin. 
Mamlakatimiz televideniesi bugungi kunda aholining 97-98 % ini qamrab olgan 
va 60dan ortiq kanalga ega. 
O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (O’zMTRK) sun’iy yo’ldosh orqali 
“O’zbekiston” telekanalining kecha-kunduzlik ko’rsatuvlarini yo’lga qo’ygan. Uning 
tarkibiga “Yoshlar”, “Toshkent”, “Sport” kanallari ham kiradi. Bundan tashqari 
respublikada davlat tasarrufida bo’lmagan 30ta telekompaniya efirga ko’rsatuvlar 
uzatadi, shuningdek kabel televideniesining 28ta stantsiyasi ishlab turibdi, ular 
O’zbekiston elektron OAV Milliy assotsiatsiyasi (O’zEOAVMA) tarkibiga kiradi. 
O’zEOAVMA va 18ta mintaqaviy teleradiokompaniya muassisligida 2004 yil 4 
noyabrda yagona efir tarmog’i – O’zNTT yaratildi. Uning kundalik eshittirish va 
ko’rsatuvlari 6 soatdan ko’p. 
O’zMTRK tarkibida 4ta radiostantsiya – “O’zbekiston”, “Yoshlar”, “Mash’al”, 
“Toshkent”lar faoliyat ko’rsatishayapti. Birinchi uchtasi o’z eshittirishlari bilan 
mamlakatimiz hududini deyarli to’liq qamrab olgan. 
Hozirgi paytda xususiy va tarmoq radiokanallar sonining oshib borishi 
kuzatilmoqda. Masalan, Toshkent shahrida davlat tasarrufida bo’lmagan 15ta FM – 
radiostantsiya ishlab turibdi. 
Keyingi bir necha yil ichida O’zbekiston Internet jurnalistikasi jadal rivojlanib 
borayapti. 2000 yilga nisbatan 2008 yilda Internetga kirish manzillarining soni 30 
baravar ko’paydi, undan foydalanuvchilar soni 15 baravar oshdi, umumjahon tarmoqqa 
ulangan davlat boshqaruv organlari 7 marta ko’paydi, UZ zonasida yangi veb-saytlar 
soni 10 marta oshdi. Shu bilan birga global tarmoqqa ulanish narxi arzonlashdi. 
Keyingi bir necha yilda Internetga kirish narxi 1 soat uchun 5 barobardan ko’proq 
pasaydi. 
Yuqoridagi 
vaziyatlar 
Internet-kontent 
va 
O’zbekistondagi
Internet-jurnalistika rivojiga keng imkoniyatlar beradi. 
Xususiy yangiliklar Internet portali – UZ Peport.com O’zbekistonda to’ng’ich 
hisolanadi. U 1999 yilda ochilgan bo’lib, hozir 3 tilda (o’zbek, ingliz, rus) faoliyat olib 
boradi va respublika hayotining turli sohalariga – jamiyat hayoti, siyosat, biznes, 
moliya, sug’urta, birja, qimmatbaho qog’ozlar bozori, madaniyat va sportga oid 
xabarlarni o’zida jamlaydi. Bu saytda har kuni 100 ga yaqin axboriy material 
joylashtiriladi, shuningdek turli press-relizlar va birinchi manbadan olingan boshqa 
matnlar ham kiritiladi. Bugunga kelib sayt 100dan ortiq mamlakatdan minglab 
kiruvchilarga xizmat ko’rsatadi. 
Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini 
qo’llab-quvvatlash hamda rivojlantirish jamoatchilik jamg’armasi granti bo’yicha 
asosan mintaqada nashr etiladigan gazeta va jurnallarning tahririyatlari uchun 65 veb–
sayt barpo etildi. Hozir an’anaviy OAVning 87 veb–sayti mavjud, ular Internet 
tarmog’ida o’z vakolatxonasiga ega .
O’zbekistonda O’zA, “Jahon”, “Turkiston-press” axborot agentliklari faoliyat 
ko’rsatayapti. Respublikamizda va undan tashqarida ommaviy axborotni yig’ish va 
OAV tahririyatlari, davlat idoralari, jamoatchilik birlashmalari va yakka shaxslarga 


105 
tarqatish O’zAning bosh vazifasi hisoblanadi. Agentlik o’z faoliyatini siyosiy va
ijtimoiy tashkilotlardan mustaqil ravishda olib boradi, ishidagi tashkiliy masalalarni
tasarrufidagi vositalar yordamida o’zi hal etadi. O’zA axborot ayrboshlash haqida bir 
qator xorijiy axborot agentliklari bilan ikki tomonlama shartnoma tuzgan. 
“Jahon” axborot agentligi 1995 yilda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar 
vazirligi huzurida tashkil etilgan. Xorijiy mamlakatlarni O’zbekistonning siyosiy, 
ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqidagi axborot bilan tezkor ta’minlash, chet ellarda axborot 
byulletenlari, ma’lumotnomalar, kataloglar, gazetalar, jurnallar va boshqa bosma, 
kompyuter, foto, audiovideo mahsulotlarni nashr qilish, tarqatish uchun milliy axborot 
agentliklari va halqaro axborot tarmoqlari bilan doimiy aloqani ta’minlab turish uning 
asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Mazkur materiallar O’zbekistonning halqaro 
hamkorlik imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Bundan tashqari 
agentlik 
halqaro 
tashkilotlar 
uchun 
respublika 
ichida 
iqtisodiy 
faoliyat
shart-sharoitlariga oid ma’lumotlarni to’playdi va tarqatadi.
Tijoriy asosda faoliyat ko’rsatuvchi “Turkiston-press” nodavlat axborot agentligi 
ommaviy axborot vositalari tahririyatlari uchun jurnalistika materiallari tayyorlashga 
ixtisoslashgan. 
OAVning bu keng tarmoqli tizimi mustaqillik yillarida deyarli yangidan tashkil 
etildi. Ushbu tizim jamiyatdagi turli guruhlar va tabaqalarni nazarda tutgan holda 
faoliyat olib boradi. U hukmron mafkuradan, davlatning yalpi hukmronligidan xoli. 
Yaqin o’tmishda - sobiq sho’rolar tuzumi davrida barcha ommaviy axborot 
vositalari davlat tomonidan mablag’ bilan ta’minlanar va shunga yarasha partiya-
hukumat qarorlariga so’zsiz itoat qilar edi. Tabiiyki, bunday sharoitda hech bir nashr 
kommunistik mafkura tizimiga to’g’ri kelmaydigan yo’lni tutishni tasavvur ham qila 
olmasdi. Bugunga kelib mustaqillik sharofati ila mafkuraviy tazyiq barham topdi, 
endilikda matbuotni avvalgidek boshqarish mumkin bo’lmay qoldi. Jamiyatning milliy
manfaatlari, davlat manfaatlari, fikrlar va nuqtai nazarlar xilma-xilligi mavjud vaziyatda 
ijtimoiy rivojlanishning hayotiy muhim masalalari yuzasidan o’zaro murosaga erishish 
zarurdir. Ayonki, jamotchilikning totuvligisiz bunga erishib bo’lmaydi. Totuvlikni qaror 
toptirishga esa ham “yuqoridagilar”, ham “quyidagilar” birdek intilishlari kerak. 
Mazkur ishda ommaviy axborot vositalari asosiy vosita, qurol hisoblanadi. Bu 
o’rinda gap ommaviy axborot vositalariaro yoki ular ichidagi yakdillik haqida emas, 
balki ularning jamiyat manfaatlari, millatning ahilligi, istiqboli, jamiyat va davlatning 
gullab-yashnashi uchun xizmat qilishi to’g’risida bormoqda. Mamlakatda barqarorlik 
saqlanishi ham bunga sabab bo’ladi. Shuning uchun matbuot, bir tomondan, davlat va 
jamiyat, ikkinchi tomondan, shaxs manfaatlarini mutanosiblashtirishda muhim rol 
o’ynamog’i kerak. O’z g’oya va manfaatlarini yoqlagan holda, faoliyat bobida 
konstitutsiyaviy tuzum va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish 
zaruriyatidan kelib chiqib ish ko’rishi lozim. Bu esa jamiyat manfaatlarini 
ta’minlashning muhim shartidir. 
Jurnalistlar, media-biznes va hokimiyat tuzilmalarining milliy manfaatlarni 
ifodalashdagi hamfikrligi jamiyatda totuvlikni saqlashda o’ta muhim hisoblanadi. Biroq 
o’zaro murosaga erishish yo’lidagi intilishni aslo murosasozlik deb tushunmaslik kerak. 
Ya’ni ommaviy axborot vositalari tinchlik va barqarorlikka erishish bahonasida 
demokratik qadriyatlardan yuz o’girmasliklari lozim. Ular insonlarni va jamiyatni 
bezovta qilayotgan keskin, dolzarb masalalarni jamoatchilik e’tiboriga etkazishlari, 
muhim mavzularga qo’l urishlari kerak. 


106 
Lekin bu holda jurnalistdan butunlay boshqacha, yuqori darajasi kasbiy 
madaniyat talab etiladi. Ommaviy axborot vositalari hammani qiziqtiradigan, fikrlashga 
majbur etadigan masalalarni ko’tarish va ularni hal qilish yo’llarini taklif etish bilan 
birga o’zlari tayanadigan tamoyilni – jamiyatda tinchlik-totuvlikka erishish tamoyilini 
unutib qo’ymasliklari kerak. O’z navbatida, bu borada jamiyatdan ham, amaldorlardan 
ham o’zgacha, yuksak darajadagi madaniyat talab etiladi. Ular o’rinli tanqidni jazavaga 
tushmasdan, ortiqcha his-hayajonga berilmasdan, og’ir-vazminlik bilan qabul qilishga 
o’rganishlari darkor. Asosli tanqidning yoki kamchiliklar fosh etilishining, ular qaerda 
bo’lmasin, olg’a intilish va shunga qo’shilgan hissa deb qabul qilinishi barcha uchun 
manfaatlidir. Ommaviy axborot vositalarining tanqidiy chiqishlari aslo u yoki bu 
jurnalistni yoki OAV kanalini dushman sifatida qarashga sabab bo’lmasligi kerak. 
Tomonlar asrlar davomida shakllanib kelgan an’analar, ezgu niyatlar, intilishlar 
va maqsadlarga, bugun jamiyat oldida turgan ulug’vor vazifalarga asoslanib ish 
ko’rishlari lozim. Ommaviy axborot vositalari axborot-psixologik xavfsizlik haqida 
qayg’urishlari bilan birga butun xalqni buyuk maqsadlarni amalga oshirishga da’vat 
etishlari darkor. 
O’sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik, o’z xalqiga sadoqat ruhida 
tarbiyalashga, unga insonparvarlik, inson qadrini ulug’lash g’oyalarini singdirishga 
alohida e’tibor berish lozim. Shularga ko’ra jurnalistikamiz uchun xalqning an’anaviy 
turmush tarzi va mentalitetini hisobga olishdek yana bir o’ziga xos muhim vazifa kelib 
chiqadi.
O’zbekiston ommaviy axborot vositalari o’z faoliyatida yangi ijtimoiy-siyosiy 
tizim kontseptsiyasidan kelib chiqqan holda, xalqning tarixiy xotirasini ham esdan 
chiqarmasliklari kerak. 

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish