101
atigi 2,8 % ga teng
2
. G’arbiy Evropa axborot industriyasida esa 70 % dan 75 % gacha
aholi band
3
.
Axborotlashgan jamiyat yangicha fikrlashni, muloqotning yangicha shakllarini
yuzaga chiqaradi, shunga muvofiq ravishda yangicha
ijtimoiy va psixologik
munosabatlar paydo bo’ladi. Bu insonning hayotiy faoliyati sifat jihatdan yangi
bosqichga ko’tariladi deganidir.
Bredford universiteti (Buyuk Britaniya) professori D. Layon fikricha,
axborotlashgan jamiyatga quyidagilar xosdir:
- texnika sohasida – axborot texnologiyalarining ishlab chiqarish, iqtisodiy va
amaliy hayotning barcha sohalariga, shuningdek ta’lim tizimiga va maishiy turmushga
tatbiq etilishi;
- ijtimoiy sohada - axborot ta’sirida yangi axboriy ong shakllanishi, hayotning sifat
jihatidan o’zgarishi;
- iqtisodiy sohada - axborot tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning
asosiy omiliga aylanishi, qo’shilgan qiymat va bandlik manbai bo’lishi;
- siyosiy sohada - fikrlar xilma-xilligi va demokratiya tamoyillarini amalga
oshirishni ta’minlovchi siyosiy jarayonning asosi hisoblanmish ma’lumotlarni qo’lga
kiritish erkinligi;
- madaniy sohada – har qaysi individning rivojlanish
ehtiyojlariga javob bera
oladigan tegishli me’yor va qadriyatlarning shakllantirilishi.
Ta’lim, fan, ommaviy muloqot, axborot xizmatlari va axborot qurilmalariga xizmat
ko’rsatish axboriy faoliyatning muhim sohalari hisoblanadi
1
.
Mutaxassislar aholi turmush farovonligi yuksalgan, mamlakat samarali rivojlangan
iqtisodga ega bo’lgan, shuningdek jamiyat amalda insonparvarlik tabiatini kasb etgan va
demokratlashgan holdagina, axborotlashgan jamiyatni barpo etish mumkin, deb
hisoblaydilar. Boshqaruvning tadbirkorlik va raqobat erkinligini monopoliyadan xalos
qilish uchun, axborot ishlab chiqish va tarqatish, qarorlar qabul qilishda fuqarolar
qatnashuvi uchun siyosiy va huquqiy kafolatlarni ta’minlovchi demokratik
mexanizmlari
bunga yordam beradi
1
.
“Axborotlashgan jamiyat” atamasi dastlab o’tgan asrning 60-yillari ikkinchi
yarmida Yaponiyada qo’llana boshladi, axborotlashgan jamiyat yaratish g’oyasi esa
1971 yilda ishlab chiqildi. “Axborotlashgan jamiyat barpo etish rejasi - 2000 yilga
mo’ljallangan milliy maqsad” deb nomlangan hujjatda mazkur g’oya aniqlashtirib
berildi. Uning asosini shunday fikr tashkil etdiki, ijtimoiy evolyutsiyaning pirovard
maqsadi, birinchi navbatda, insonning mo’l-ko’l moddiy ne’matlarga egaligini emas,
balki uning aqliy imkoniyatlari to’liq namoyon bo’lishini ta’minlovchi jamiyat bo’lishi
lozim.
Aqliy
qobiliyatni
rivojlantirish
texnologiyalarni
sifat
jihatdan
takomillashtirishga
olib kelib, pirovard natijada moddiy ne’matlar mo’l–ko’lligini
ta’minlashi kerak.
Global axborotlashgan jamiyat haqidagi g’oya D. Bell, I. Ma’sudiy, T. Stouner, P.
Draker, M. Kastels, N. Moiseev asarlarida yanada rivojlantirildi. Ular ham o’z ishlarida
sanoatlashuvdan keyingi davrda band bo’lgan xodimlar soni jihatdan etakchi o’rinni
2
Перспективы информационного общества. Рефератлар тўплами. – М.: 1990. – Б. 9-11.
3
Ракитов А. И. Философия компьютерной революции. – М.: 1991. – Б. 227.
1
Лайон Д. Информационное общество. Проблемы и иллюзии. – М.: 1989. – 4-б.
1
Грабельников А.А. Массовая информация в России: от первой газеты до информационного общества. – М.: 2001.
– 292-б.
102
egallaydigan axborot jabhasi iqtisodiyotning muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishini
kafolatlovchi omil bo’lishi haqidagi fikrni asoslab berdilar.
Biroq axborotlashgan jamiyatning shakllanish jarayoni turli mamlakatlarda
turlicha amalga oshirilmoqda. Bu iqtisodni shunday darajaga ko’tarish bilan bog’liqki,
toki u, masalan, qishloq ho’jaligida bo’lganidek, sohada aholining bir necha foizgina
bandligi holda, barchani o’ mahsulotlari bilan ta’minlay oladigan bo’lsin. Demak,
moddiy-texnik negiz yaratmay turib axborotlashgan jamiyat barpo etish imkonsizdir.
Shunga ko’ra hozir dunyoda axborotlashgan jamiyatga o’tishning ikki modeli
mavjud bo’lib, birinchisi – sharqiy, ikkinchisi - g’arbiy model hisoblanadi. G’arb
modelida asosiy e’tibor axborot xizmati ko’rsatish bozorini erkinlashtirishga va bu
xizmatning har tomonlama (universal) bo’lishiga qaratiladi. Sharqiy model esa mazkur
sohada davlatlar va bozorlar hamkorligiga katta e’tibor berilishi bilan tavsiflanadi.
Global axborotlashgan jamiyat qaror topishida an’anaviy madaniy qadriyatlar bilan
yuzaga keladigan ijtimoiy o’zgarishlar o’rtasida aloqa o’rnatishga intilish kuzatiladi.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, unga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
axborot – o’zida dalil va fikrlardan tashqari, almashish jarayonida insonning ichki
ehtiyoji tarzidagi muloqotini ta’minlovchi xabardir. Inson
hamisha jamiyatning bir
zarrasi, bo’lagi bo’lganligidan va unga hayotning ijtimoiy shart-sharoitlari muhri
bosilganligidan, shunga muvofiq ravishda jurnalistika axborotining asosini uning
ijtimoiy ahamiyati tashkil etadi. Undagi fakt-dalillar mazmuniga ularning ijtimoiy
hayot uchun qanchalik ahamiyatli ekanligi nuqtai nazaridan qaralishi kerak.
Demak, jurnalistika axboroti hamisha ijtimoiy mazmunga ega, ya’ni ijtimoiy
yo’naltirilgan bo’ladi. Har qanday ijtimoiy tabaqalangan hodisa esa bir xil mazmunda
bo’lavermaydi. U kimningdir manfaatlari, ko’rsatmalari, nuqtai nazari va hokazolarni
o’z ichiga oladi. Shuning uchun ham ob’ektiv holda noto’liq, yolg’on, chalg’ituvchi,
chalkashtiruvchi yoxud ishonarli, dolzarb, hujjatli va hokazo bo’lishi mumkin.
Boshqacha aytganda, u keng omma – auditoriya foydasiga
xizmat qilishga yoki unga
zarar etkazishga qodirdir. Xullas, jurnalistik axborot hamisha jamoatchilik fikrini
shakllantirishga qaratilgan bo’ladi.
Jamoatchilik fikri deganda nimani tushunish kerak? Bu – turmushning ayni
zamondagi dolzarb muammolariga insonlar munosabatida namoyon bo’ladigan ijtimoiy
ong shaklidir. Ongning tabiatan harakatchan ushbu shakli jamiyatdagi turli
institutlarning sezilarli darajadagi ta’siriga uchrab turadi, binobarin, chalg’ituvchi
ta’sirga ham duchor bo’lishi ehtimol. Uni chalg’itish muayyan maqsadni ko’zlab
amalga oshirilishi mumkin. Lekin shuni unutmaslik kerakki, “chalg’itish” tushunchasi
shartlidir, chunki tomonlardan istalgan biri jamoatchilik fikriga har qanday ta’sirni
chalg’ituvchi deb baholash ehtimoldan xoli emas.
Shuni ta’kidlash muhimki, hozirgi jamiyatda jamoatchilikda yagona fikr yo’q va
bo’lishi ham mumkin emas. Bu demokratiyaning asoslaridan biri hisoblanadi.
O’z navbatida, ijtimoiy ong omma,
ayrim ijtimoiy guruh, butun jamiyat ongida
jamiyat turmushining aks etish shakli sanaladi. Siyosiy g’oyalar, huquq, falsafa, ahloq,
din, fan, estetika va boshqalar ijtimoiy ongning mavjud bo’lib turish shakllari sirasiga
kiradi. Ma’lumotnoma adabiyotlarda, afsuski, ijtimoiy ongga urf-odatlar, an’analar,
udumlar, umuman, turmush tarzi yoki, boshqacha aytganda, oqibat natijada u yoki bu
inson, elat, halq, millat mentalitetini belgilovchi ma’naviy qadriyatlarning butun
majmui katta ta’sir o’tkazishi haqida hech nima deyilmaydi.
103
Hozirgi davrda shuni unutmaslik kerakki, deydi professor Ya.N. Zasurskiy,
axborotlashgan jamiyat sarhadlari chegara ustunlari bo’ylabgina o’tmaydi, balki
axborot maydoni, axboriy mazmun (kontent) uzra ham o’tadi
1
. Bugun u yoki bu
mamlakat aholisi boshqa bir mamlakat ommaviy axborot kanallari ta’siri ostida qolar
ekan, hodisalarni o’sha o’zga mamlakat talqinida qabul qiladi. Olim ta’kidlashicha, bu
“xorijlik tadbirkorlar, ishchilar va boshqalarning bostirib kirishidan ko’ra davlat uchun
ancha jiddiyroq xavfdir”
1
.
XXI asrda ommaviy
axborot vositalari bosma, ko’rish, eshitish tarzida bo’lib,
insonga, uning ongi, ruhiyati, his-tuyg’ulariga atroflicha ta’sir ko’rsatish imkoniga ega.
Ular ko’p jihatdan turli milliy, shaxsiy, ijtimoiy va davlat manfaatlari hamda
intilishlarining shakllanishini belgilab beradi.
Shuning uchun ham ommaviy axborot vositalari har qaysi davlat va halq hayotida
muhim o’rin tutadi. Jamiyatning axboriy–ruhiy havfsizligi ko’p jihatdan ular
faoliyatining sifatiga bog’liq. Bu esa bugungi kunda har bir mamlakat uchun jiddiy
muammo bo’lib turibdi. Davlatlarning ko’pchiligi ommaviy axborot vositalari barqaror
iqtisodiy o’sishni ta’minlashga, jamiyat faravonligini oshirishga, millatlararo murosani
saqlashga, demokratiya va barqarorlikni mustahkamlashga to’liqroq xizmat qilishlari
uchun o’z milliy manfaatlarini ularning infratuzilmalarini rivojlantirish, bu sohaga
zamonaviy axborot texnologiyalarini tatbiq etish bilan chambarchas bog’laydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: