4. Axborotning xavf tashish xususiyati va undan himoyalanish zarurligi
Axborot tahdidlari va milliy hamda axborot xavfsizligi strategiyasi.
Axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari axborot olish va almashish, jamiyatning ahvoli hamda
31
xalqaro munosabatlarga uning ta’sir ko’rsatishi borasida keng imkoniyatlar ochadi. XXI
asr – globallashuv asri, jahon hamjamiyatida ulug’ o’zgarishlar davri, shu bilan birga
yangi xavf-xatarlar va qarshi harakatlar davri. Ko’plab davlatlar axborot muhitiga
tobora ko’proq bog’lanib qolmoqdalar, milliy, xalqaro barqarorlik va xavfsizlik esa ko’p
jihatdan ob’ektiv va tezkor ravishda axborot almashish, axborot-telekommunikatsiya
tizimlarining rivojlanish darajasi bilan belgilanadigan bo’lib bormoqda. Lekin axborot
oqimidan inson ongini chalg’itish, ijtimoiy muhit barqarorligini buzish maqsadida ham
foydalanilishi mumkin. Shuning uchun ham axborot, ommaviy axborot tizimlari
xodimlarining o’zlari taqdim etadigan mahsulot uchun mas’uliyati mislsiz ravishda
oshib borayotir.
Sanoatning jadal rivojlanishi ekologiyaga xavf tug’dirgani, yadro fizikasi
muvaffaqiyatlari yadro urushi xatarini vujudga keltirgani singari jamiyatning barcha
sohalari, ayniqsa, ishlab chiqarish va boshqaruvning axborotlashuvi sayyoraviy
miqyosda bir qator jiddiy muammolar manbai bo’lib qolmog’i ehtimoldir. Aloqa
texnologiyalari OAVdan o’z faoliyatlarida samarali foydalanadigan terroristlar uchun
qudratli qurol bo’lib qoldi. Deyarli har kuni biz dahshatli terroristik qo’poruvchiliklar
to’g’risida ma’lumotlar olib turamiz. Ba’zi siyosatshunoslar fikricha, bu xunrezliklardan
maqsad qurbonlardan ko’ra ko’proq OAVning ularga bildiradigan munosabatlari bo’lib,
bu terrorchilarga ijtimoiy fikrga va mamlakatdagi ishlar ahvoliga ta’sir ko’rsatish
imkonini beradi. Boshqa tomondan, ilmiy-texnik imkoniyatlar va aholi turli
qatlamlarining madaniy-bilim darajasi yuksak bo’lgandagina tobora rivoj topib
borayotgan jahon maydonida to’laqonli ishtirokchi bo’lish mumkin. Bunday zaminga
ega bo’lmagan davlatlar borgan sari ijtimoiy va texnik taraqqiyotdan chetga chiqib
qolib, go’yoki “tsivilizatsiyadan abadiy chetda turuvchilar” bo’lib qoladilar.
Taraqqiyotdagi bunday notekislik
rivojlangan mamlakatlar bilan qolgan dunyo
o’rtasida o’zaro qarama-qarshi turishga, “raqamli ajralish”, nobarqarorlik, yangi
urushlar va nizolarga sabab bo’lishi bilan xatarlidir. Axboriy xavfsizlik sohasi
mutaxassislari
jahon
axborot
maydoni
axborotlashgan
jamiyatning
barcha
sub’ekt-mamlakatlari axborot va aloqa texnologiyalarini bir xillashtirishni talab qiladi,
deb hisoblaydilar.
G’arb etakchilari jahon telekommunikatsiya tarmoqlari, ommaviy axborot
vositalari
orqali
amalga
oshirayotgan
axboriy-madaniy,
axborot-mafkuraviy
bosqinchilik ham tashvishga soladi. Mamlakatlar bunday aralashuvga, begona axborot
ta’siriga qarshi turish uchun milliy madaniy boyligini himoya qilishga qaratilgan
maxsus chora-tadbirlarni ko’rishga majburdirlar. Jahon axborot tarmoqlarida davlatlar
o’rtasidagi siyosiy, iqtisodiy qarama-qarshilik, bo’hron holatlari o’z aksini topishini
hisobga olgan holda, milliy axborot resurslarini va dunyodagi ochiq tarmoqlar orqali
axborot almashuvi maxfiyligini himoya qilish vazifasi ko’ndalang turmoqda.
O’zbekiston Respublikasi xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmni ham qo’shib
hisoblaganda, bunday qarshi harakatlar bilan ko’p martalab to’qnash keldi. O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov bu muammoning muhimligini ko’rsatib, shunday
ta’kidlaydi: “Aftidan, bugungi kunda xavfsizlik va barqarorlik yo’lida paydo
bo’layotgan tahdidlarga tegishli munosabatda bo’la olishning o’zigina etarli emas.
Mavjud xavf-xatarlarning tabiatini to’g’ri tushunib etishimiz kerak. Ularning manbalari
va o’zaro aloqalarini vaqtida aniqlashimiz darkor. Jamiyatda barqarorlikni saqlash
shart-sharoitlarini belgilab olishimiz va ulardan samarali foydalanishimiz zarur.
32
O’zbekiston Respublikasining barqaror va sobitqadamlik bilan rivojlanishi shularga
bog’liqdir”
1
.
Milliy xafvsizlik ham, xalqaro xavfsizlik ham ichki va tashqi xatarlar oldida
ancha zaif bo’lib qoldi. Inson dunyosi, uning hayoti ham yildan-yilga axborotga,
axborot texnologiyalari va resurslariga bog’liq bo’lib borayotir. OAV va kompyuter
o’yinlari orqali shafqatsizlik, zo’ravonlikni ulug’lashning, pornografiyaning tarqatilishi
o’smirlar va yoshlarda bunga ongsiz ravishda taqlid qilish istagi tug’ilishiga olib boradi,
ularning odatlari va turmush tarzida yurish-turishning nomaqbul andazalarini
mustahkamlaydi, ko’p hollarda esa huquqbuzarlikni rag’batlantiradi.
Mediazo’ravonlikning taniqli tadqiqotchisi, pedagogika fanlari doktori, Rossiya
kino ta’limi va media pedagogikasi Uyushmasi prezidenti A.V.Fedorov OAV
materiallarida mavjud zo’ravonlik ko’rinishlarining yoshlar va bolalar auditoriyasiga
salbiy ta’siri oshishining o’ziga xos xususiyatlariga ishora qiladi. Shubhasizki, deb
ta’kidlaydi u, masalan, zo’ravonlik sahnasi bo’lgan kompyuter o’yinlarining ta’sirini
uzil-kesil faqat xarakterda salbiy xususiyatlarni shakllantiruvchi sifatida baholab
bo’lmaydi. O’yin o’ynash va hayotda zo’ravonlik qilish – bir qarashda boshqa-boshqa
narsalar. Biroq shu bilan bir paytda zo’ravonlik jarayoniga interfaol ravishda daxldor
bo’lish unga albatta ko’nikib qolishga, birovning dardiga sherik bo’lish, o’zgaga
achinish tuyg’usi o’tmaslashuviga olib keladi. Zero, virtual olamda insonni
to’pponchadan yoki avtomatdan otib tashlash, granata bilan portlatish, elektr arra bilan
bo’laklab, bomba yordamida parcha-parcha qilib tashlash hech gap emas. O’tgan
asrning 90-yillari marrasida ijtimoiy-madaniy vaziyatning keskin o’zgarishi gumanitar
fanlarda shunchalik ko’p “oq dog’lar”ni oshkor qildiki, deb qayd qiladi tadqiqotchi,
audiovideo axborotiga nisbatan bola huquqi muammosi ham ilmiy jamoatchilikning
e’tibor doirasidan chetda qoldi. Faqat keyingi yillardagina o’sib kelayotgan yosh
avlodga ekran zo’ravonligidek favqulodda hodisaning ta’sirini muayyan darajada
o’rganishga harakat qilgan rossiyalik olimlar tadqiqotlarining natijalari e’lon qilina
boshladi
1
.
Mediamadaniyat
va
mediata’lim muammolari YuNESKOning xalqaro
konferentsiyalarida (Parij, 1997, Vena, 1999), San-Paulodagi konferentsiya va
sammitda (1998), Evropa Kengashi eshituvlarida (Strasburg, 2002) muhokama mavzusi
bo’ldi. Umuman, chet ellik olimlarning aksariyati zo’ravonlik ko’rinishlari nazoratsiz
oqimining yoshlarga salbiy ta’sirini baholashda yakdildirlar va bu sohada puxta
o’ylangan yagona davlat siyosati yaratilishini qo’llab-quvvatlaydilar.
Axborot olish imkoni va axborotlashuv jarayonlari rivojlanishini tartibga
solishning mustahkam huquqiy bazasini shakllantirish shaxs, jamiyat, davlatning
axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlashning muhim omilidir. Shu boisdan ko’pgina
hukumatlar axborotlashuv davrining turli xil da’vatlariga qarshi choralar ko’rish uchun
muhim xalqaro hujjatlarni imzolamoqdalar, faol nuqtai nazarlarini bildirmoqdalar.
Rossiya Prezidentining Farmoni bilan Rossiyaning axborot xavfsizligi Doktrinasi qabul
qilindi. Axborot sohasi jamiyat hayotini tizimga soluvchi omil bo’lib, Rossiyaning
siyosiy, mudofaa ahvoliga va boshqa tomonlariga faol ta’sir ko’rsatadi, deyiladi unda.
Jenevada (2003 yil, dekabr) o’tkazilgan global axborot jamiyatiga doir
umumjahon uchrashuvida xalqaro axborot maydonining amal qilish uchun
1
Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт
кафолатлари. – Т.: “Ўзбекистон” , 1997. – Б. 10-11.
1
Федоров А.В. Насилие на экране. // “Человек”. 2004, №5.
33
mutanosiblashtirilgan shart-sharoitlar yaratish borasida asosiy printsiplar va yo’nalishlar
belgilab olindi. Axborot infratuzilmasidan BMT Nizomiga xilof keladigan maqsadlarda
foydalanilgan hollarda, bu tahdidlarga qarshilik ko’rsatish chora-tadbirlari ko’rilishi
zarur. Insonning xatti-harakatini chalg’itish, axborot infrastrukturasining barqaror
faoliyatiga putur etkazish, qonun bilan mudofaa qilinadigan axborotga jinoiy
tashkilotlarning ruxsatsiz yo’l topishi, «axborot qurolidan “ foydalanish va bu sohada
qurollanish poygasini avj oldirish shunday tahdidlar jumlasiga kiradi. Rossiya
doktrinasida,
shuningdek,
axborot-aloqa
texnologiyalarining
gurkirab
rivojlanayotganligi muqarrar ravishda davlatning ichki siyosatini shakllantirishga ham
ta’sir o’tkazishi, mavjud davlat va jamoat tashkilotlarining ana shu yangiliklarga doimiy
moslashib borishini talab qilishi qayd etiladi.
Amerika Qo’shma Shtatlarining 2002 yilda qabul qilingan Milliy xavfsizlik
strategiyasi boshqa mamlakatlarning ana shunday hujjatlari bilan qiyoslaganda o’z
mazmuni va g’oyaviy yo’nalishi bilan ancha hujumkor va birmuncha jangovar
xarakterga ega. AQSh terrorizmga qarshi, erkin savdo, tadbirkorlik, o’zaro hamkorlik va
demokratiyaga to’sqinlik qiluvchi turli shakldagi totalitar tuzumlarga qarshi
chora-tadbirlar ishlab chiqishga asosiy urg’u beradi. To’qqiz bo’limdan iborat
strategiyada “Insonlarning o’z qadr-qimmati hurmat qilinishi ta’minlanishiga
intilishini qo’llab-quvvatlash” , “Global terrorizmga zarba berish maqsadida ittifoqlarni
mustahkamlash hamda bizga va bizning do’stlarimizga qarshi agressiya oldini olish
chora-tadbirlari”, “Rivojlanish yo’liga turgan mamlakatlarga jamiyatlari ko’proq
ochiqlikka erishishlarida va demokratiya infrastrukturasini yaratishda yordam berib,
ular doirasini kengaytirish”, “Global ta’sir ko’rsatishning boshqa asosiy markazlari
bilan hamkorlikda harakat qilish rejalarini tuzish”, “Amerika institutlarini milliy
xavfsizlik sohasida XXI asr vazifalari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda
o’zgartirish” va boshqa shu singari mavzu yoki yo’nalishlar belgilab olingan.
Ushbu Milliy xavfsizlik strategiyasi kontseptsiyasida AQShning axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari sohasida etakchi davlat ekanligi o’z aksini topganligini
ta’kidlamaslik mumkin emas. Unda ko’proq global darajada tashqi dunyoga, turli
sohalarda hamkorlikka chiqish vazifasi qo’yilgan. Aftidan, bu ilg’or texnologiyaga ega
bo’lgan va o’zining ta’sir ko’rsatish rejalarini amalga oshirish va ta’sir samaradorligini
yuksaltirishga intilayotgan mamlakatlarning rivojlanishini va hayotiy barqarorligini
ta’minlashning qonuniy yo’lidir. Biroq hatto rivojlangan mamlakatlar ham hozirgi
davrning global qarshiliklarini yakka holda enga olmaydilar. Texnologiya va iktisodiy
taraqqiyot bobida turlicha darajada bo’lgan davlatlarning kuch-g’ayratlarini
birlashtirgan taqdirdagina jahon axborot maydonidan madaniy yo’sinda foydalanishni
ta’minlash mumkin bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |