50
Ko’rayapmizki, bu o’rinda urush bo’lmagan, faqat siyosat voqe bo’lgan, xolos. Va u
axborot-psixologik vositalar bilan amalga oshirilgan.
Axborot-psixologik ta’sir kutilgan natijani bermagan hollarda, bosqinchi o’z
maqsadini “olovli” urush usullari vositasida amalga oshirishga kirishgan. Biroq,
qadimgi xitoy mutafakkiri Sun Tszi aytganidek, raqibni jangsiz
taslim etish jangovor
san’atning gultoji hisoblanadi. Albatta, u axborot urushi usullarini ishlatib
qozoniladigan g’alabani nazarda tutgan.
Oddiy urush bilan axborot urushi mutlaqo farqli tashqi belgilarga ega. Ularning
birinchisida o’qlar yog’ilib, zambaraklar portlaydi, imoratlar vayron bo’lib,
odamlar
o’ladi. Bunday urushning shu singari ochiq-oydin oqibatlari uning jahon hamjamiyati
tomonidan qoralanishiga olib keladi. Axborot urushi jarayonida ko’zga tashlanadigan
oqibatlar bo’lmay, o’zgarishlar faqat odamlar ongida yuz beradi. Lekin uning
vayronavorlik natijasi oddiy urushnikidan qolishmaydi. Bunday urush izlarini ko’rish,
ta’rif-tavsif etish va tasniflash hamda baholash mushkul. Uni tashkil etuvchilarga esa bu
juda qo’l keladi.
Buning ustiga, oddiy va buzg’unchi axborot o’rtasidagi, shunchaki ta’sir
bilan
axborot bosqinchiligi orasidagi chegaraning o’zini aniqlash nihoyatda qiyin. Qisqacha
aytish mumkinki, muntazam ravishda ta’sir o’tkazib turish ba’zan bosqinchilikka o’tib
ketadi, yopirilma bosqinchilik ayni axborot tajovuzi bo’lib, uning oliy ko’rinishi
axborot-psixologik urush hisoblanadi. Biroq murakkablik shundaki,
har doim ham
bunday o’zgarishlar amalga oshirilavermaydi, shunchaki ta’sir ko’rsatishdan axborot
bosqinchiligiga, tajovuzkorlikka yoki urushga o’tilgan paytni ko’pincha payqab
bo’lmay qoladi.
Shu narsa haqida to’xtalish zarurki, oxir-oqibatda urushga
aylanib ketadigan turli
xil nizolar paydo bo’lishining potentsial imkoniyatlari aslida insoniy munosabatlar
tabiatining o’zida yashiringan. Buning ildizlari manfaatlar mos tushmasligi, raqobat,
konkurentsiya, ziddiyat,
qarshi turish, qarshi kurash, to’qnashuv, ixtilof va boshqa shu
singari tushunchalarga borib bog’lanadi. Ziddiyatlar tabiatining o’zi ziddiyatli – ular
har doim faqat o’zaro mos kelmagan nuqtai nazarlar mohiyatini aniqlash uslubigina
bo’lib qolmasdan, taraqqiyot sharti ham bo’lib kelgan. Qarama-qarshiliklar yagona bir
narsa doirasida vujudga keladi va rivojlanadi. Mashhur qarama-qarshiliklar birligi va
kurash qonunining mohiyati ham shundan iborat.
Biroq har qanday ziddiyat ham qarshi turish yoki kurashga o’sib o’tavermaydi.
Buning uchun u eng kichik farqlardan tortib jiddiy tafovutlar va qarama -qarshilik orqali
to kurashgacha bir necha bosqichlarni bosib o’tishi kerak.
Nizolarning turlicha tasnifi mavjud.
Shaxslararo, guruhlararo, institutsional va
davlatlararo, shuningdek bevosita va bilvosita mojarolar eng keng tarqalgan nizo turlari
hisoblanadi.
Axborot ixtilofi unda qatnashuvchi tomonlarning yangi kuchlarni jalb qilishi bilan
avj olib, mavjud ziddiyatlar chuqurlashadi va kengayadi,
nizoga kirishganlarning
faollik darajasi oshadi, oxir-oqibatda bularning hammasi ochiqdan-ochiq axborot
qarama-qarshiligi, kurash va urush bilan yakun topadi.
Axborot-psixologik urushi ta’rifiga o’taylik. Mutaxassislarning fikricha,
Do'stlaringiz bilan baham: