Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик



Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/80
Sana10.02.2023
Hajmi1,7 Mb.
#909789
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   80
Bog'liq
F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik

afzalliklari
quyidagilardan iborat: 
1.
Axborotning o’ta tezligi. 
2.
Tsenzuraning yo’qligi. 
3.
Demokratikligi. 
4.
Universalligi. 
5.
Axborotni cheksiz joylashtirish imkoniyatlari. 
6.
Tarmoqning interaktiv xarakteri. 
7.
Foydalanuvchilar uchun qulayligi. 
8.
Arzonligi. 
9.
Materialni e’lon qilishda byurokratik to’siqlardan xoliligi (imzolar yig’ish 
shart emasligi). 


40 
10.
Hokimiyat tomonidan nazorat yo’qligi (ayrim saytlar bundan mustasno). 
11.
Ommaviy kommunikatsiya vositalari konvergentsiyasi. 
Internetning ommaviy axborot vositasi sifatidagi 
kamchiliklari

1.
Internetni boshqaradigan yagona xalqaro markaz yo’qligi. Bunday idorani 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshida ochish mumkin bo’lardi. 
2.
Virtual axborotni tartiblashtirish uchun xalqaro miqyosda yagona huquqiy 
baza mavjud emasligi. 
3.
Axborot tarqatish axloqining tez-tez buzilib turilishi. Tarmoqdan 
foydalanuvchilarning yagona xalqaro axloqiy kodeksi yo’qligi. 
4.
Tekshirilmagan, haqiqiy bo’lmagan axborotning haddan tashqari ko’pligi. 
5.
Virtual dunyo kengliklarida texnologik jihatdan kuchli davlatlar 
hukmronligi. Buning oqibatida xato-kamchiliklar, ishonchsizlik va begonalashishning 
kelib chiqishi. 
6.
Pornografiya, nomunosib latifalar va boshqa shu kabi g’ayriijtimoiy 
axborotning ko’pligi.
7.
SPAM – keraksiz, ortiqcha axborot, ya’ni axboriy ahlatning bisyorligi. 
8.
Axborot manbalarining haddan tashqari ko’pligi, ularning betartibligi, 
aralashib ketganligi. 
9.
Saytlarni qidirish va ochish uchun juda ko’p vaqt sarflanishi. 
10.
Internetdan terroristik, qo’poruvchilik va boshqa g’ayrifuqaroviy 
maqsadlarda foydalanilishi. 
Har qaysi jamiyatning axboriy informatuzilmasi ikkita asosiy mezondan – ilg’or 
axborot texnologiyalariga ega bo’lish zarurligidan va mamlakatning milliy 
xususiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi. Texnologiyalar boshqa mamlakatlar 
tomonidan zudlik bilan (“nemis mo’’jizasi” deb atalib, Evropada katta tezlikda 
tarqalgan kitob bosmasiga o’xshab) o’zlashtiriladi, lekin milliy xususiyatlar borasida 
bunday hodisa yuz berishi juda qiyin, albatta.
Umuman olganda, axborot infratuzilmasi ommaviy axborot tarqatuvchi sub’ektlar 
va texnik vositalardan tashkil topib, unga axborot agentliklari, televizion va 
radiokompaniyalar hamda studiyalar, respublika, viloyat, shahar va tuman gazetalari, 
Internet sektorlari, portallari va saytlari kiradi. Shu bilan bir qatorda axborot 
infratuzilmasi tarkibida davlat va nodavlat tashkilotlar, ijodiy uyushmalar ham bor. 
Signallarni tarqatuvchi tashkilotlar – Aloqa va axborot agentligi, teleradiokompaniyalar 
va bosma ommaviy kommunikatsiya vositalarining tegishli xizmatlari uning texnik 
bo’linmalarini tashkil qiladi. 
Ommaviy kommunikatsiya vositalari tizimi – bu jonli, doimo yangilanib turuvchi 
organizm bo’lib, uning ayrim qismlari vaqti kelganda faoliyat ko’rsatishga boshlasa, 
boshqalari faoliyatini to’xtatadi, uchinchilari o’z shaklini o’zgartiradi va h.k. Har bir 
mamlakat qanchalik ko’p axborot imkoniyatlari va texnologiyalariga ega bo’lsa, shu 
qadar kuchli bo’ladi. Axborot imkoniyatlariga hukumat, vazirlik, qo’mitalarning rasmiy 
materiallari, kutubxonalar, axborot va tahlil markazlari, mamlakat, tashkilotlar, 
muassasalar va OKV tahririyatlarining arxivlari, axborotlar banklari va bazalari, 
kataloglar, ma’lumotnomalar va boshqalar kiradi. Axborot texnologiyalari – bu sun’iy 
yo’ldosh va kabel orqali bog’lanishlar, kompyuter tarmoqlari, zamonaviy 
bosmaxonalar, raqamli videokameralar, fotoapparatlar, diktofonlar demakdir. Bularning 
hammasi jam bo’lib ommaviy kommunikatsiya vositalarining baza va majmuasini 
tashkil etadi. 


41 
Axborot infratuzilmasi doimo jamiyat rivojiga mos ravishda yangilanib turadi - 
o’zgarishlarga javob tariqasida bosma nashrlar, teleradiokanallar va dasturlar, Internet 
saytlarining sonlari ham ko’payib boradi. Boshqacha aytganda, mazkur infratuzilma har 
bir fuqaroga etib borish maqsadida uzluksiz kengayib, chuqurlashib, tabaqalashib 
boraveradi. O’zbekiston axborot asriga qadam quyishi bilan bu tabiiy jarayon yanada 
kuchaydi.
Milliy axborot markazlari deb, mamlakat ichida faoliyat ko’rsatadigan axborot 
markazlariga aytiladi. Ular ko’p va turli darajada: umummilliy, milliy-sohaviy, 
ommaviy kommunikatsiya vositalarining turlari, faoliyat yo’nalishlari bo’yicha, 
viloyat, shahar hamda tuman miqyosida va h.k. bo’lishi mumkin. OKV jumlasiga 
matbuot xizmatlari, axborot va tahlil markazlari, bo’limlari va guruhlari, matbuot 
kotiblari ham qo’shilsa, mantiqan to’g’ri bo’ladi.
Xalqaro markazlar to’g’risida shuni aytish zarurki, milliy markazlarga nisbatan 
yuqoriroq mavqega ega bo’lganliklari sababli ular o’z faoliyatlari uchun ham ko’proq 
mas’uldirlar. O’zbekiston miqyosida bunday mavqega Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi
“Jahon” axborot agentligi, “Uzbekistan Today“ gazetasi kabi axborot manbalari egadir. 
Kuchli xalqaro markazlar jumlasiga yirik axborot agentliklarini (Assoshieyted 
Press, Yunayted Press Interneshnl, Reyter, Frans Press, ITAR-TASS va boshq.), 
dunyoda peshqadam teleradiokompaniyalarni (Si-en-en, Bi-bi-si, TV-5, “Al-Jazira”, 
transmilliy televidenie va radio) kiritishimiz mumkin. Aynan shular xalqaro maydonda 
axborot tarqatuvchi asosiy sub’ektlardir. Ayrim tadqiqotchilar (E.L.Vartanova) 
ta’kidlaganlaridek, dunyoda etakchilik qilayotgan teleradiokompaniyalar butun er yuzi 
bo’ylab axborot tarqatsalar-da, ularning ma’lumotlari o’zlari mansub bo’lgan 
mamlakatlarning yagona umumdavlat axborot strategiyasi doirasida ishlab chiqiladi va 
eng avvalo, o’sha mamlakatlar manfaatlarini himoya qiladi. Bunday agentliklar va 
OAVni jahonda axborot ta’sirini ko’rsatishning asosiy markazlari deb atasak, 
yanglishmaymiz. 
Bir qarashda, mazkur markazlar tarqatadigan axborot guyoki bezarardek tuyuladi, 
chunki ularning xabarlari asosan yangiliklardan iborat. Lekin bunday yangiliklar 
g’arbcha turmush tarzini kundan-kunga, oydan-oyga, yildan-yilga bir zaylda ko’klarga 
ko’tarib maqtashda davom qilarkan, bu neyrolingvistik dasturlash xarakterini kasb etib, 
tomoshabin, tinglovchi va gazetxonning ostki ongiga kirib boradi va shu bilan 
odamlarni axborot manipulyatsiyalari ob’ektiga aylantiradi. Bunday holda auditoriya 
ongida beixtiyor sayyoramizda qaerlardir (masalan, AQSh, Buyuk Britaniya) 
haqiqatdan ham shunday jannatmonand diyorlar ekan degan tasavvur shakllanadi. 
Aslida esa bunday “jannat”lardagi ijtimoiy, ekologik va boshqa muammolar boshqa 
mamlakatlarnikidan kam emas.
Matbuot, radio, televidenie va, ayniqsa, Internet o’z tabiatiga ko’ra ochiq axborot 
tizimlaridir. Ular auditoriyani mo’ljallab faoliyat yuritishadi, unga ta’sir qiladi va 
kerakli samaradorlikka erishadi ham. Ammo auditoriya – murakkab birlik. Uning 
qaysidir bir qismi axborot manbaiga e’tibor bersa, boshqa bo’lagi axborotni umuman 
tinglamaydi yoki unga nisbatan befarqligicha qoladi. Auditoriyaning aksariyat qismi, 
odatda, ko’rsatuv yoki eshittirish to’xtatilgan zahotiyoq etkazilgan ma’lumotni esdan 
chiqaradi.
Tabiiyki, tahririyatlar o’z faoliyatining samaradorligini oshirish borasida betinim
ish olib borishadi. Ushbu maqsadga erishishning yo’llaridan bittasi ommaviy 
kommunikatsiya vositalarining ochiq xarakteri bilan bog’liq. Bu erda biz auditoriya 


42 
bilan ommaviy kommunikatsiya vositasi o’rtasidagi interfaollik jarayonini nazarda 
tutmoqdamiz. Matbuot nashrlari o’z muxlislariga murojaat qilib, ularning xatlarini chop 
etadi. Radio va televidenie auditoriya bilan bevosita efir rejimida tez-tez bog’lanib 
turadi. Bu esa ikki karra, ya’ni OKVdan auditoriyaga qarab va auditoriyadan OKV 
tomon ochiqlikdir. 
OKVning o’z muxlislari bilan bog’lanish usullari ko’p – tahririyatlar shahar va 
qishloqlarga chiqib, mushtariylari bilan uchrashuvlar uyushtiradi, ular bilan anjumanlar, 
tanlovlar, viktorinalar, suhbat va baxslar o’tkazadi va h.k. 
Muayyan jamiyat axborot infratuzilmasi modelining belgilanishi tasnif uchun 
qanday asos tanlanishiga bog’liq. Masalan, agar shunday mezon sifatida biror OKV 
turini oladigan bo’lsak, birinchi modelga qarashli mamlakatlar uchun Internet, ikkinchi 
modelga mansublari uchun televidenie, uchinchilari uchun radio, to’rtinchilari uchun 
matbuot ustunlik qiluvchi bo’lib chiqadi. Bu holda dunyodagi mamlakatlarning 
aksariyati (jumladan, O’zbekiston ham) ikkinchi - televizion modelga mansub ekanligi 
ma’lum bo’ladi.
Biroq agar real hayotga yaqinroq turmoqchi bo’lsak, axborot davrida mamlakatlar 
tasnifi uchun ikkinchi asosni, ya’ni davlatning axborot-texnologik ta’minotini 
tanlashimiz zarur. Masalan, AQSh dunyoda nafaqat Internet, shu bilan bir qatorda 
televidenie va radio sohasida ham etakchilik qilmoqda. Tasniflashga shu tarzda 
yondashilganida, rivojlangan davlatlar jahonda axborot ishlab chiqarish bobida 
peshqadamlik qilayotganliklari yaqqol ko’zga tashlanadi. 
Konvergentsiya ommaviy kommunikatsiya vositalari zamonaviy rivojlanishining 
muhim mayliga aylandi. OKV tarixan doimo matbuot, radio va televideniega bo’linib 
keldi. Har qaysisi o’z original xususiyatlariga ega bu vositalar jamiyatda bir vaqtning 
o’zida mavjud bo’lib, o’zaro raqobatlashib faoliyat ko’rsatishardi. OKVning onlayn 
rejimidagi konvergentsiyasi ilk bor to’la ravishda Internetda mujassam ifodasini 
toparkan, gazeta ovoz va tasvirga, radio va televidenie esa – bosma matnga ega bo’ldi. 
Bundan tashqari barcha ommaviy kommunikatsiya vositalari auditoriyaning har bir 
vakili foydalana oladigan o’z arxivini vujudga keltirdi. Natijada konvergentsiya OKV 
uchun juda katta imkoniyat yaratdi, chunki undan foydalanuchi endi bir manbadan 
(masalan, gazeta saytidan) birdaniga uch xil axborotni: mantiqiy (matn), tovushli 
(audio) va tasvirli (video) axborotni olish imkoniyatiga ega bo’ldi. 

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish