36
4.
Ommaviy axborotni jurnalistikaning barcha turlari orqali:
matbuot
(“Interneshnl herald tribyun”, “Faynenshl tayms”), televidenie (Si-en-en, Bi-bi-si),
radio (“Amerika ovozi”, “Mayak”) yoki Internet yordamida tarqatish.
5.
Axborot olishning arzonligi: 500-1000 so’m (15-30 tsent)ga internet-kafeda
katta hajmdagi ma’lumotlarni yozib olish mumkin. Keyingi o’n yil mobaynida axborot
narxi yuzlab marotaba arzonlashdi.
6.
Auditoriyaning turli qatlamlariga aynan zarur bo’lgan, ixtisoslashtirilgan
axborotni etkazish, ushbu qatlamlarni bevosita o’zlariga kerakli ma’lumotlar bilan
ta’minlash.
7.
Axborot hech qanday chegara
va bojxonalarni tan olmaydi, barcha
mamlakatlar hududiga ruxsat so’ramasdan kirib boraveradi.
Axborot bobida globallashuvni keltirib chiqarayotgan omillar sifatida quyidagilarni
sanab o’tish mumkin:
1.
Dunyo bo’yicha kompyuter texnikasi, sun’iy yo’ldoshli antennalar va
qo’ldagi telefonlar sonining ko’payishi, Internetga kirishning osonlashgani.
2.
Axborot olish imkoniyatlari tobora osonlashib borayotgani, ko’p
hollarda
axborot iste’molchining bevosita uyigacha etkazilishi.
3.
Sayyoramiz aholisi orasida dunyoviy tillarni egallaganlar soni ko’payib
borishi, ko’pgina odamlar bir nechta dunyo tillarini o’rganganligi.
4.
Televizion va kino obrazlari baynalmilal xarakterga ega bo’lib, tarjimaga
muhtoj emasligi va h.k.
XX asr oxiri – XXI asr boshi dunyoda demokratik jarayonlarning kuchayishi bilan
nishonlandi. Shaxs va xalqlar huquqlarining obro’yi oshishi, bir tomondan, diktaturalar
va o’ta markazlashgan davlatlar tarqalib ketishiga (Sovet Ittifoqi, Yugoslaviya),
ikkinchi tomondan esa – ularning o’zaro manfaatli asosda birlashuviga (Evropa Ittifoqi,
Shanxay Hamkorligi Tashkiloti) olib keldi.
Globallashuv jarayoni axborot va tovarlarning shu qadar keng ko’lamli va qudratli
oqimidirki, u yo’lida uchragan to’siqlarni supirib tashlab, barcha xalqlar va
mamlakatlarni o’z domiga tortishga qodirdir. Bugungi axborot
davrida globallashuv
dunyo xalqlari turmush tarzini belgilab beruvchi asosiy omilga aylandi. Uning mayllari
ta’sirida hatto davlatlarning qonunlari va jamiyatlarning urf-odatlari o’zgarib bormoqda.
Shu bilan bir qatorda globallashuv jarayonida uning faollari tomonidan boshqa
mamlakatlarga etkazib turiladigan ma’lumotlar o’z-o’zidan o’sha davlatlar uchun tahdid
sifatida namoyon bo’lishini ta’kidlash joizdir. Chunki bu jarayon peshqadamlari boshqa
davlatlar xududida o’z axboroti, moliyasi, tovarlari va xarbiy qurollarini tarqatar
ekanlar, ma’lum darajada ularning suverenligini poymol etadilar.
Globallashuvning bosh xususiyatlaridan biri – uning
uzluksiz ravishda kengayib
va chuqurlashib borishidir. Turli mamlakatlarda yashaydigan xalqlar va shaxslarning
doimiy ravishda yangiliklardan xabardor bo’lishga, ularni o’z hayotlariga tatbiq etishga
kuchli intilishlari globallashuvga asos bo’lib xizmat qiladi. O’z navbatida, har bir
davlat, jamiyat va shaxs psixologik jihatdan axborotni qabul qilish uchun ochiq tizim
ekanligi bunda bosh sabab vazifasini o’taydi.
O’zbekiston uchun globallashuvning zamonaviy (va,
aytish mumkinki, asosiy)
bosqichi 1996 yil may oyidan boshlandi. O’sha paytda O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti devonining Axborot markazi tashabbusi bilan O’zPAK deb nomlangan milliy
provayder tashkil etildi. O’zPAK O’zbekiston Axborot agentligi, gazeta va jurnallar
tahririyatlarini, mamlakat radio va televideniesini Internet tarmog’iga ulab berdi. Davriy