Salomatlik 20: 54



Download 8,9 Kb.
Sana27.01.2022
Hajmi8,9 Kb.
#412790
Bog'liq
2wwwwwww


Daryo
+15°C


Toshkent

Salomatlik 20:54, 12.08.2020 20209


Avitaminozning oldini olish uchun organizmni kuzga qanday tayyorlash kerak?
Turli kasalliklar va mavsumga xos avitaminoz, ya’ni organizmda vitamin yetishmasligi kuzatiladigan kuz fasli ham eshik qoqib turgan bir vaqtda salomatlik bilan bog‘liq muammolarning oldini olish kerak. Inson organizmi va sog‘lig‘i uchun muhim rol o‘ynaydigan vitaminlarning yetishmasligi turli xastaliklarga sabab bo‘ladi. Uning oldini olish uchun esa mutaxassis ko‘rsatmalariga amal qilish zarur hisoblanadi. Harper’s Bazaar nashri yozdan keyin tana va ruhiyat tetikligini saqlash uchun nimalarga amal qilish kerakligi haqida shifokor-terapevt Yekaterina Serebryakova tavsiyalari bilan bo‘lishdi.

Foto: Good Fon

Allergologga murojaat qiling

Kunlar isishi bilan allergik kasallik kuzatiladigan insonlar kuz faslining ilk oyida havo harorati yuqori, tabiatga xos allergenlar mo‘l bo‘lishi, gul va o‘simliklar ochilib changlanishda, iste’molidan keyin qichish va qizarishlar kuzatiladigan mevalar pishishda chaqqanidan keyin allergik reaksiya keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan hasharotlar faol ekanini inobatga olishi lozim. Bundan tashqari havoda allergik reaksiyani qo‘zg‘atadigan mog‘or zamburug‘i bo‘lishini ham unutmaslik kerak. Agar ushbu faslda sizda allergiyaga xos alomatlar, belgilar kuzatiladigan bo‘lsa, ularga befarq bo‘lish, o‘zini o‘zi davolash bilan cheklanish tavsiya qilinmaydi. Chunki O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiya) bilan allergiyaning simptomlari bir-biriga o‘xshab ketadi va aniq tashxisni bilmagan odam yanglishib noto‘g‘ri davo qo‘llashi va bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu bois ham allergologga murojaat qiling va ko‘rsatmalarga asosan davolash choralarini olib boring.

Reklamani yopish
Emlanish

Kasalliklarga qarshi emlanish kerak yoki kerakmasligi haqida turli bahsli qarashlar mavjud bo‘lishiga qaramay, agar siz emlashga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lsangiz, shifokorlar ushbu muolajani necha yosh bo‘lishingizdan qat’i nazar, kuzda amalga oshirishni tavsiya qiladi. Ayniqsa, qish kelishi bilan pnevmokok infeksiya va gripp kasalliklari ko‘p uchrashi, ularga qarshi emlangandan keyin organizmda patogen (kasallik qo‘zg‘atuvchisi)ga qarshi immunitet hosil bo‘lishi uchun vaqt kerakligi bois ham ushbu faslda emlanish maqsadga muvofiq.

Psixoterapevt qabuliga yoziling

Kuz kelishi bilan kunlarning qisqarishi inson kayfiyati va organizmiga ta’sir etmay qolmaydi. Bosim, havo harorati hamda iqlimdagi o‘zgarishlar ruhiy tushkunlikka olib kelishi, biologik ritm va gormonal o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin. Kunlar sovishi bilan kayfiyatingiz hamda o‘zingizni his qilishingiz yomonlasha boshlashi kuzatilsa, psixoterapevt qabuliga yoziling.

Nevrolog tavsiyalariga amal qiling

Havo haroratining keskin o‘zgarishi bilan yurak-qon tomir kasalliklaridan aziyat chekadiganlarda bosh og‘rig‘i, holsizlik, surunkali charchoq va qon bosimi bilan bog‘liq muammolar kuzatilishi mumkin. Shu kabi simptomlar sizda kuzatiladigan bo‘lsa, aniq tashxis va individual davo uchun nevrologga murojaat qiling. Uqalash, sport bilan shug‘ullanish va dori vositalarini qabul qilish mavsumga xos sog‘liq bilan bog‘liq muammolarni bartaraf qilishi mumkin.



Qaysi shifokorga birinchi borgan ma’qul?

Agar siz shifokorlardan qay biriga birinchi bo‘lib murojaat qilish haqida bosh qotirayotgan bo‘lsangiz, yaxshisi terapevtga uchrang. Umumiy tekshiruvlar o‘tkazilganidan keyin terapevtning o‘zi qaysi shifokor qabuliga yozilish kerakligini ma’​lum qiladi. Asosiysi, o‘zboshimcha tashxis qo‘yish va bilib-bilmas davolanishdan qoching. Sog‘lig‘ingizga befarq bo‘lmang.
Download 8,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish