23
ya’ni nazariy umumlashtirishning, tahliliy ramzning o’sishi ishlab chiqarish, korxonalar
foydasi
oshishining
asosiy
omili
bo’lib qoladi. Uning e’tirof etishicha,
“axborotlashuvchi (informatsionalno’y) kapitalizm “bu –
kapitalizmning ayniqsa
shafqatsiz, tajovuzkor shaklidir, chunki tarmoqli aloqa tufayli u o’zida hamma joyda
(global) hoziru nozir turish bilan aql bovar qilmaydigan darajadagi epchillikni o’zida
uyg’unlashtirganki, bunaqasi ilgarigi jamiyatlarda kuzatilmagan edi
2
. Yangi sharoitlarda
raqobat ham rahmsiz bo’lib qoldi. Misol uchun, muayyan bir bozorda ma’lum muddat
milliy oligopoliya hukmronlik qilib turgan bo’lsa, vaqti kelib u qoloqlar safiga o’tib
qolishi mumkin. Biroq ayni bir paytda energetika sohasidagi milliy korporatsiyalar,
masalan, boshqa bozorlarni egallash uchun mamlakat tashqarisiga ham chiqa oladilar.
Bu yangi o’yinchilar o’zlari uchun global hozirlikni ta’minlay borib, har qachongidan
yirikroq mavqega ega bo’lishlari yoki zaiflashib qolishlari ham ehtimol.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining takomillashtirilishi va birja
bozorlarining tartibga solinmay qo’yilishi aktsiyalar, valyuta
hamda obligatsiyalar
savdosida butun kecha-kunduz davomida qatnashish uchun real vaqt rejimida moliyaviy
axborot doimiy kelib turishiga imkoniyat yaratadi. Bu axborot oqimlarining ko’lami va
tezligi aqlni lol qoldiradi. Shu narsa qayd qilinmoqdaki, endilikda valyuta
almashtirishlar aylanmasi milliy iqtisodlar miqyosidan ustun bo’lib, savdo-sotiq
oqimlarini, ya’ni milliy iqtisodiy faollikni import bilan eksport nisbati orqali
aniqlashdek an’anaviy uslubni birmuncha pasaytirib qo’yadi. Kastels aloqa
texnologiyalarining ta’sir ko’rsatishi natijasida iqtisodiyotda yuz berayotgan
o’zgarishlarni chuqur tahlil qiladi. Yangi shart-sharoitlar ko’p narsalarni o’zgartirib
yuboradi. Ba’zi olimlar globallashuv milliylik chegaralarini yo’q qilib, barchaning
baravarlashtirilishiga, davlatning roli pasayishiga
olib kelishi ehtimol, bu, ayniqsa,
muayyan bir mamlakatga bozor, ishlab chiqarish va umuman axborot oqimi to’siqsiz
kirib kelishida seziladi, deb hisoblaydilar. Kastels esa aksincha, “axborotlashuvchi
kapitalizmning harakatchan tizimi”da davlatning roli ancha oshishini uqtiradi.
Dunyodagi axborotlashuv jarayonlarini tahlil qilganda, ayrim mamlakatlar va
mintaqalarning boshqa, rivojlangan mamlakatlarga nisbatan himoyasiz ekanligini
sezmaslik mumkin emas. Globallashish mayli barcha ishtirokchilarni maksimal darajada
moslashuvchan bo’lishga majbur qiladi, milliy hukumatlar
zimmasiga esa paydo
bo’layotgan imkoniyatlardan foydalanishda katta mas’uliyat tushadi. Korporatsiyalar
tarmoqda uddaburonlik, samaradorlik ko’rsatishlari, zarur bo’lganida “vertikal
integratsiyadan chiqib, gorizontal aloqalarga kirisha oladigan”
1
bo’lishlari lozim.
Hukumatning puxta o’ylanmasdan qo’ygan qadamlari zudlik bilan jahon iqtisodining
tegishli munosabatiga sabab bo’lishi mumkin. U yoki bu mamlakat, mintaqa tarixidagi
guvohliklar ham bunga isbot bo’la oladi. “Evropa – Osiyoning kichik bir orolchasi”,
deya ta’kidlagan edi frantsuz shoiri Pol Valeri. Bu ifodada chuqur ma’no yashiringan.
Evropa tarixan Osiyodan keyin rivojlangan; tsivilizatsiya bobidagi umuminsoniy
yutuqlar nuqtai nazaridan Evropa va Osiyo yagona birlik sifatida qaralishi mumkin. Shu
bilan birga Kastels, Xitoy, Yaponiya, sobiq SSSR davlat
yo jamiyat taraqqiyotga
rag’bat berishga yoxud uni to’xtatib qo’yishga qodir ekanligining tarixiy sabog’idir, deb
uqtiradi.
2
Castells, Manuel. End of Millennium. Vol. 3 of Information Age: Economy, Society and Culture. Oxford: Blackwell.
1998. – Б. 338.
1
Сastells Manuel. The Rise of the Network Society // Vol. I of the Information Age. – Б. 193.
24
Xitoy dastlab o’z kashfiyotlari va ishlab chiqarishga joriy etgan yangiliklari bilan
Evropadan qolishmasdi, hatto undan ildam edi. Masalan, dengiz uzra kemada suzish
san’atini xitoyliklar evropaliklarga qaraganda oldin takomillashtirganlar. 960-yillar
atrofida xitoyliklar kompasni kashf qilishdi, XVI asrga kelib xitoy “jonka”lari dunyoda
okean osha uzoq safarlarga chidash bergan mukammal kemalar bo’ldi. Qog’oz ishlab
chiqarish Xitoyda G’arbdagidan 1000 yil ilgari o’zlashtirildi, kitob chop etishga esa VII
asrda kirishildi. XIV asrda Xitoy sanoatlashib ketishiga bir baxya qolgan edi.
Yakkalanganlik, O’rtaliq podsholigining dunyodan ajralib qolganligi mamlakatni texnik
jihatdan qoloqlikka olib keldi.
Yaponiya ham yakkalanib qolish davrlarini boshidan kechirganligiga
qaramasdan, deb yozadi Kastels, har holda u yangi paydo bo’ladigan jarayonlar uchun
ancha ochiq edi, shu boisdan ham bu erda o’zgarishlar Xitoydagiga qaraganda jadalroq
yuz berdi. Hukumatning yangilashga qaratilgan siyosiy yo’li tufayli Yaponiyada XIX
asrning so’nggi choragida elektronika va aloqa gurkirab rivojlandi, bu esa uning juda
qisqa muddatlarda texnologiya jihatidan yuksalib ketishiga sharoit yaratdi. Yaponiya
axborot texnologiyalari sohasida dunyoda etakchi davlatga aylanish namunasi bo’lsa,
sobiq SSSR texnologiya taraqqiyotiga o’tishda muvaffaqiyatsizlikka
uchragan
mamlakat misoli bo’ldi.
Ommaviy axborot vositalari tadqiqotchisi Rozalind Eynsli 1966 yildayoq chet el
kapitalining Afrika mamlakatlaridagi zo’ravonligi mahalliy matbuotning xorijiy OAV
bilan raqobatlashuviga yo’l qo’ymaydi, deb yozgan edi. U rivojlanayotgan
mamlakatlarda mahalliy matbuot nashrlariga nisbatan ko’proq Parij, London yoki
Nyu-Yorkda nashr etilayotgan gazetalar ommaviy ravishda tarqaladigan bo’lishini
taxmin qilgan edi. Ommaviy axborot vositalariga jamoatchilik foydalanadigan
korxonalar sifatida sarmoya qo’yiladimi yoki bu sohada xorijliklarning muqarrar
hukmronligi bilan murosa qilinadimi, Afrika shuni hoziroq tanlamog’i lozim, deya
uqtirgan edi u.
Texnikaviy omillar bilan bir qatorda bu mintaqaning milliy axborot organlariga
ayrim ijtimoiy hodisalar ham xavf tug’dirdi. YuNESKOning “Kurer” jurnalida (1988 yil
avgust) shunday deb qayd etilgan edi: “Bugungi kunda
Afrikada ming odamdan atigi
o’n besh kishigina kundalik gazeta olishi mumkin. Ayniqsa, aholining 80 %
yashaydigan va 800 so’zlashuv tili mavjud bo’lgan agrar hududlarda matbuotdan
ommaviy axborot vositasi sifatida foydalanish katta muammolarga duch kelmoqda”.
Global ravishda integratsiyalashgan dunyoda yutgan va yutqazganlarni
baholarkan, Kastels Lotin Amerikasi, sobiq sovet kengliklaridagi mamlakatlar va yangi
Janubiy Afrikadagi natijalarda farqni ko’radi. Va shundan kelib chiqib xulosa qiladi:
turli xil davlat strategiyalari turlicha natijalarga olib kelishi mumkin. Ancha samarador
hukumatlar Yaponiya va Singapur yo’lidan borishayapti, qoloqlar esa tarmoqli
jamiyatga nisbatan bir chekkada bo’lib qolmoqdalar va “tilanchilik siyosiy iqtisodi”
yo’lini tutganlar.
Kastels muomalaga kiritgan “axborotlashuvchi kapitalizm”, “tarmoq (tarmoqqa
bog’langan, ulangan) iqtisodiyot”, “tarmoq jamiyati” istilohlari, bir tomondan,
yangicha o’zaro munosabatlar vujudga kelayotganligiga, “tarmoq jamiyati”
o’rnatilganligidan tub-zaminli o’zgarishlar
yuz berayotganligiga, tarmoqlar bo’lajak
ijtimoiy tashkilot uchun zamin yaratayotganligiga e’tiborni qaratishga da’vat etilgan.
Ikkinchi tomondan, ular olimning kapitalizm – davrimizning eng asosiy ta’rif-tavsifi, u
– o’tmishdan kelib chiqqan va yashab qoldi ma’nosidagi
vorisiylikni; – kengaydi,
25
moslashdi va elektron tarmog’i orqali dunyoda o’z mavqeini mustahkamlamoqda
mazmunidagi porloq istiqbolni ifodalaydi,
degan fikrini aks ettiradi. Ayni bir paytda bu
tarmoqlar zamonaviy kapitalizm zaifligining sababi bo’lib xizmat qilarkan,
iqtisodiyotga o’z shartlarini, ish uslublarini o’tkazadi. Bu omilni hisobga olmaslik jadal
nobarqarorlikka, tadbirkorlik jarayonini barbod qilishga, uning vayron bo’lishi va
tanazzuliga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham axborotni olish, qayta ishlash va
tahlil etish vositasida ichki va tashqi muhitdagi ahvolni doimiy kuzatib borish
masalasining moslashuvchanligi va muhimligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: