Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик



Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/80
Sana10.02.2023
Hajmi1,7 Mb.
#909789
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80
Bog'liq
F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik

Axborotlashgan jamiyatga doir nazariyalar
. D.Bell fikricha, axborot asriga 
asosan yangi aloqa vositalarining rivoj topishi va ulardan iqtisodiyot, madaniyat va 
ijtimoiy hayotda faol ravishda foydalanilishi xosdir. “Sanoatlashuvdan keyingi 
jamiyatning vujudga kelishi” (ruschasi: “Stanovlenie postindustiralnogo obhestva”), 
“Kapitalizmning madaniy ziddiyatlari” (“Kulturno’e protivorechiya kapitalizma”), 
“Ikkinchi jahon urushidan keyin ijtimoiy fanlar” (“Obhestvenno’e nauki posle vtoroy 
mirovoy voyno’”) uning asosiy asarlaridir. 
Axborot ta’sirining o’sib borishi “axborot” tushunchasining o’ziga hamda uning 
ta’sirida yuz berayotgan jarayonlarga bag’ishlangan ko’plab tadqiqotlar, nazariyalar va 
taxminlar vujudga kelishini taqozo etdi. Mutaxassislar yuz berayotgan ijtimoiy 
o’zgarishlarni tahlil etishga, ularning xarakterini aniqlashga va jamiyatlar istiqbolini 
taxmin qilishga intildilar. Yangi axborotlashgan jamiyatning vujudga kelish g’oyasini 
ishlab chiqqan va himoya qilgan olimlar orasida eng mashhuri Deniel Belldir. 
Sanoatlashuvdan keyingi (postindustrial) jamiyat nazariyasini yaratgan bu olim axborot 
asriga ayni shu (postindustrial jamiyat - PIJ) nomni nisbat beradi,
“postindustrializm”ga esa u ko’pincha axborotlashgan jamiyat sifatida qaraydi. Bu 
istilohni Bell 1950- yillar oxirida muomalaga kiritdi, lekin 1980- yillar boshiga kelib uni
“axborot”, “bilim” so’zlari bilan almashtira boshladi. Hozirgi paytda 
“postindustrializm” hamda “axborotlashgan jamiyat” atamalari sinonim sifatida - bir xil 
ma’noda ishlatib kelinadi.
Bell va uning tarafdorlari sanoatlashgan jamiyatdan sanoatlashuvdan keyingi 
jamiyat sari harakatni asosan bandlik sohasidagi o’zgarishlar, xizmat ko’rsatish 
jamiyatiga o’tilishi va axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan izohlasalar, boshqa 
tadqiqotchilar unga o’zgacha nisbat beradilar. Masalan, uni zamonaviy (modern) 
jamiyatdan zamonaviylikni ortda qoldirgan (postmodern) jamiyatga o’tish, jipslashgan 
jamiyatdan boshboshdoq kapitalizm sari harakatlanish, shuningdek kasod bo’lgan 


20 
jamoaviy tajriba ustidan bozor iqtisodiyotining to’liq g’alabasi tomon burilish sifatida 
ta’riflaydilar. 
“Boshqarish maktabi” (“Shkola regulirovaniya”) nazariyasini yoqlovchi bir qator 
olimlar hozirgi taraqqiyotni fordcha jamiyatdan fordchilikni ortda qoldirgan jamiyatga 
yoxud ommaviy ishlab chiqarish jamiyatidan epchil ixtisoslashuv jamiyatiga o’tish 
nuqtai nazaridan tushuntiradilar. Bir guruh frantsuz tadqiqotchilari (Mishel Aletta, Alen 
Lipits) shu nazariyaning asoschilari bo’ldilar. Ijtimoiy munosabatlarga tarixiy-bosqichli 
(xolistik) qarashga ega ushbu maktab vakillari har bir tarixiy davrning umumiy 
xarakterini aniqlashga harakat qilishadi. Ularni muayyan bir davrdagi jamg’arish tartibi, 
ishlab chiqarishni boshqarib turish, daromadlarni taqsimlash va iste’mol usullari 
qiziqtiradi. Boshqaruv ular uchun “me’yorlar, odatlar, huquqni, boshqarib turuvchi 
tarmoqlarni”, ya’ni jamg’arish jarayoniga xizmat qiluvchi hamma narsani qamrab 
oluvchi “o’yin qoidalari”ni o’ziga xos ravishda egallashdan iborat. Ular e’tiborni 
nafaqat texnologiyalar va yangiliklarga, balki davlatning roliga, uning manfaatlari
ijtimoiy tarkibi, korporativ mayllari, iste’mol modellari, gender munosabatlari, jamiyat 
qadriyatlariga qaratadilar. 
G’arblik olimlar 1945-1975 yillardagi davrni fordchilik-keynschilik asri sifatida 
ta’riflashadi. Iqtisodchi bo’lgan Keyns o’z strategiyasida hukumatning iqtisodiyotdagi 
roliga urg’u berdi. Ishlab chiqarish bilan iste’mol muvozanat holatida bo’lganligi bu 
davrning o’ziga xos xususiyati edi. Iqtisodiyotda ishtirok etuvchi davlat esa bu 
mutanosiblikni qo’llab-quvvatlab, ijtimoiy ta’minotga, barqarorlikka ta’sir ko’rsatardi. 
O’sha davrda rejalashtirish ham dolzarblik kasb etib, uning yordamida “umumiy 
farovonlik davlati”ni bunyod etish ko’zda tutilgandi. Rejalashtirish ham davlatning 
iqtisodiyotga aralashuvini (ya’ni keynscha siyosat yuritilishini) oqlash uchun qulay asos 
berardi.
Henri Ford o’z ishlab chiqarishiga 1920 yillarda asos solgan edi, “fordizm” 
atamasi esa siyosiy va jamoat arbobi Antonio Gramshi tomonidan muomalaga kiritildi. 
Ford tovarlarni iste’molchiga maqbul narxda ommaviy ravishda ishlab chiqarish 
imkonini beradigan usul tashkilotchisi bo’ldiki, bu ommaviy iste’molni rag’batlantirar 
edi. U birinchilardan bo’lib yuqori darajada ish haqi bera boshlarkan, bu ham ishlab 
chiqarishni ko’paytirishga yordamlashdi. Shu boisdan butun iqtisodiyot va umuman 
tadbirkorlik ishini olib borish uning nomi bilan ataladigan bo’ldi. Fordchilik rivojining 
cho’qqisi Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrga to’g’ri keldi. 
Ushbu jarayonning F.Uebster tomonidan amalga oshirilgan tahliliga ko’ra, 
fordchilik-keynschilik davrida iqtisodiy faoliyat davlatlar ichida rivojlanib, turli 
sohalarda yirik milliy korporatsiyalar (oligopoliyalar) guruhi hukmronlik qilardi. 
Mahalliy kompaniyalar ichki bozorni o’z nazoratida saqlab turishardi. Sanoatning har 
qanday tarmog’ida – elektronika, kiyim-kechak ishlab chiqarish, chakana savdo yoki 
mashinasozlikda uch-to’rtta korporatsiya ustuvor edi. Masalan, 1963 yilda Angliyada 
savdoning har qaysi sohasida savdo-sotiqning qariyb 60 % beshta etakchi kompaniya 
hissasiga to’g’ri kelardi, peshdor 100 ta kompaniya 1960 yilda mamlakatdagi butun 
sanoat mahsulotining uchdan bir qismini ishlab chiqarardi. 
Biroq 1970- yillarning o’rtalarida retsessiya va neft narxining keskin ko’tarilishi 
boshlanib, shok holatini va iqtisodiyotda o’zgarishlarni keltirib chiqardi. Boshqarish 
maktabi olimlari o’sha paytdan buyon doimiy bo’hron – retsessiya, ishsizlik, bankrotlik, 
mehnat sohasida qoida buzilishlar davom qilib kelayotganini qayd etadilar. Shiddatli 
o’zgarishlar – ishchi kuchining odatiy ma’nodagi juda katta ortiqchaligi, yangi kasb 


21 
turlarining paydo bo’lishi, texnologiyalar bosimi, valyuta kursidagi keskin tebranishlar 
butunlay yangi zamon bo’y ko’rsatayotganligidan dalolat berardi. Amalda ishlab 
chiqarish usulidan tortib shaxsni yangicha tushunishgacha barcha o’zgarishlar fordcha 
asr bilan xayrlashuv payti kelganligini anglatardi. Ayrim tadqiqotchilar (Krishnan 
Kumar) fordchilikdan keyingi davrni “sanoatlashuvdan keyingi jamiyat nazariyasining 
versiyasi”
1
sifatida ko’rishdi. Natijada fordcha tartibni qo’llab-quvvatlashda davom 
etishdan foyda yo’qligini e’tirof qilishga to’g’ri keldi; shu tariqa fordchilikdan keyingi 
davr boshlandi va izlash hamda axborot bilan ishlashning tezkor usullari ana shu 
o’zgarishlar markazida bo’lib qoldi. 
1980-yillarda bo’hron holati jamg’arishning yangi tartibini o’rnatish, nazorat 
qilishning boshqa mexanizmlarini joriy etish hisobiga engib o’tildi. Masalan, Buyuk 
Britaniyada bu Margaret Tetcherning (mamlakatning 1979-1991 yillardagi bosh vaziri) 
leyboristlarga nisbatan qat’iy harakatlari, maktab va oliy o’quv yurtlaridagi ta’lim tizimi 
kontseptsiyalari va o’quv rejalarini tubdan qayta ko’rib chiqish, ularni ishlab 
chiqarishning zamonaviy talablariga yaqinlashtirish bilan nishonlandi. Globallashuv 
fordchilik kuyoshining botishida eng muhim omil bo’lib xizmat qildi. 1970-yillardan 
buyon globallashuv jarayoni ancha jadallashgan bo’lsa-da, hali poyoniga etganicha 
yo’q. 

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish