§. Zahiriddin Muhammad Bobur — buyuk
davlat arbobi va mutafakkir
Bobur Mirzoning Shaybo- Shayboniyxon 1500- yilda Samarqand-
niyxonga qarshi kurashi ni egallagach, Bobur Mirzo unga qar-
shi yurish boshladi. Bu paytda Shay-
boniyxon Samarqanddan tashqarida edi. Bobur Mirzo qo‘shini
shiddat bilan hujum qilib, Shayboniyxonning bu yerda qoldirib
ketgan 600 kishilik askarini mag‘lubiyatga uchratdi va Bobur
Mirzo Samarqand taxtini ikkinchi marta egalladi.
Shayboniyxon bu orada chekindi va boMajak hal qiluvchi
jangga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. 1501- yil aprelida Zarafshon
bo‘yidagi bo‘lib o‘tgan og‘ir jangda Bobur Mirzo yengiladi va
Samarqandga chekinadi. G‘olib Shayboniyxon Samarqandni
qamal qilib, Bobur Mirzoga sulh taklif qildi. Sulh shartlari Bo-
bur Mirzo uchun juda haqoratli bo‘lsa-da, unga rozi bo‘l-
maslikdan boshqa chorasi yo‘q edi.
Og‘ir va nochor ahvolga tushib qolgan Bobur sulhga binoan
Samarqandni tark etib, o‘zga yurtlarga ketishga majbur bo‘ldi.
Bobur Mirzo Kobulga borib, bu yerda 1504-yilda hoki-
miyatni qo‘lga kiritdi.
1510-yili Shayboniyxon halok bo‘lgach, Bobur Mirzo shoh
Ismoil yordamida Movarounnahrni shayboniylardan qaytarib
olish uchun kurash boshladi va
nihoyat, 1511-yilning kuzida Sa-
marqandni uchinchi marta qo‘lga
kiritdi. Bobur Samarqandni egal-
lagach, noilojlikdan islomning
shiyalik yo‘nalishiga e’tiqod qiluvchi
shoh Ismoilni oliy hukmdor deb
e’lon qildi. Bu esa Samarqand xalqi-
ning Bobur Mirzodan yuz o‘gi-
rishiga sabab bo‘ldi. Chunki Mova-
rounnahr aholisi, Boburning o‘zi
ham islomning sunniylik yo‘nalishiga
e’tiqod qilganlar. Shayboniylar ham
shu yo‘nalishda edilar. 1512- yilning
aprel va noyabr oylarida Shayboniy-
xonning ukasi Mahmud Sultonning
Zahiriddin Muhammad
Bobur.
14
o‘g‘li Ubaydulla Sulton boshchiligidagi shayboniylar qo‘sliini bilan bo‘lib o‘tgan har ikki jangda Bobur Mirzo qo‘shini mag‘lubiyatga uchradi. Noyabr oyidagi jangda shayboniylar shoh Ismoilning Bobur Mirzoga yordam uchun yuborgan qo‘shinini ham mag‘lub etdilar.
Bobur endi Movarounnahrdan tamoman umidini uzib, yana Kobulga qaytdi va 1526-yilga qadar Kobulni idora qildi. So‘ngra Kobulni ikkinchi o‘g‘li Komron Mirzoga qoldirib, o‘zi Hindiston sari yurish boshladi. Hindistonda qudratli va shavkatli saltanat egasi bo‘lganida ham Vatan xayoli, ayriliq alami Bobur Mirzoni aslo tark etmagan va u quyidagi hasratli satrlarni bitgan edi:
Tole yo‘qki jonimga balolig‘ bojdi, Har ishniki ayladim xatolig‘ bo‘ldi.
O ‘z yerni qo ‘yib, Hind sori yuzlandim, Yo rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |